O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   156
jaxon adabiyati songisi

 
ruju
 
qo‘yishining kasriga oila a’zolari qoladi: xo
-
tini bevaqt vafot etadi, qizi o‘zi sevgan yigitga turmushga chiqmay 
baxtsiz bo‘ladi, Hindistonga jo‘natib yuborilgan jiyani Sharl Grande 
katta boylik to‘plab, ochko‘z va shafqatsiz korchalonga aylanadi. 
“Insoniyat komediyasi” ijodkorining kuchli organizmi nihoyat-
da zo‘r mehnatga dosh bera olmadi. Balzak tom ma’noda mehnat
-
da yonib ketdi va ellik yoshida vafot etdi, biroq undan “Insoniyat 
komediyasi”dek buyuk asar meros bo‘lib qoldi.
Prosper Merime
 (1803–1870) – 
fransuz tanqidiy realizmining 
yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib, uning ijodi romantizm harakati 
bilan hamohang rivojlandi. Bo‘lajak yozuvchi Parij shahrida, badav
-
lat oilada tavallud topdi. Litseyni tugatgach, Parij universitetining 
huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi. 
Yosh Merimening qiziqish doirasi va estetik qarashlari erta shak-
llandi. U yoshligidan katta qiziqish bilan Shekspir va Bayron asar
-
larini asliyatda o‘qidi. Stendal ijodi yosh Merime dunyoqarashining 
shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘n olti yoshida do‘sti Jak Lui 
Amper (buyuk fizik olimning o‘g‘li) bilan hamkorlikda ingliz pre
-
dromantizmining vakili D.Makfersonning “Ossianning qo‘shig‘i” 
asarini tarjima qildi. 


196
Prosper Merimening birinchi nashr qilingan asari – “Klara Gusel 
teatri” (1825) to‘plami bo‘lib, u san’atning yangi tamoyillarini joriy 
qilib, klassitsizm qonun-qoidalariga qarshi qaratilgan. U adabiyotga 
dramaturg sifatida kirib keldi va klassitsizm san’atining tayanchi 
bo‘lgan teatrga daxl qildi. “Klara Gusel teatri” – yozuvchi erkin ijod 
qilishi, turg‘un bo‘lib qolgan qoidalarga rioya qilmasligi mumkin-
ligini isbotlab berdi
P.Merimega dramaturgiyaning yangi turini yaratishda Uyg‘onish 
davri ispan teatri yordam berdi. “Ispanlar Daniyada” pyesasin
-
ing muqaddimasida personajlardan biri sifatida tasvirlangan Klara 
Gusel klassitsizmga istehzoli tavsif berib, “Pyesa haqida fikr yurit
-
ganda, ba’zilar suiqasd uyushtirish uchun, ba’zilar qotilning qo‘lida 
halok bo‘lish uchun, yana birlari kimningdir murdasi yonida o‘z jo-
niga qasd qilish uchun voqealar bir kunda sodir bo‘lyaptimi, barcha 
ishtirokchilar bitta joyda paydo bo‘lyaptimi, bularni bilish juda ham 
muhim emas”, – deydi. Shuning uchun to‘plamga kiritilgan pyesala
-
rda hech qanday birliklarga rioya qilinmagan, ularda na besh aktli 
kompozitsiyalar, va na ierarxiyaga rioya qilinadi. Pyesalarning erkin 
kompozitsion qurilishi klassitsizm dramalaridagi izchillikni buzdi; 
pyesalar she’rda emas, nasrda yozildi; personajlar mavhum ab
-
strakt nasihatgo‘ylik bilan shug‘ullanmay, tom ma’noda harakatda 
bo‘ldilar; komediyalarning syujeti taqdir o‘yini bilan emas, balki in
-
soniy his-tuyg‘ular, ular taqdirlarining to‘qnashuvi bilan belgilandi. 
1827-yili chop etilgan “Gyuzla, yoki Dalmatsiya, Bosniya, Xor
-
vatiya va Gersegovinada yozib olingan illiriy qo‘shiqlari to‘plami”da 
slavyan xalqlari hayoti haqqoniy yoritib berilgan. Bu kitob muallif
-
dan qunt bilan ishlashni, filologiya, tarix va etnografiyaga oid bilim
-
larni talab qildi. To‘plamga kiritilgan prozaik qo‘shiqlar katta shuh
-
rat qozondi. Ularning muallifi slavyan xalqlari ekaniga, Mitskevich 
va Pushkinlar ham ishonishdi (aslida qo‘shiqlarni Merimening o‘zi 
yozgan edi).
Tarix sinovlaridan mardonavor o‘tgan xalq mavzusiga yozuvchi 
“Jakeriya” (1828)
 
dramatik solnomasida ham murojaat qildi. Drama 


197
syujetiga 1358-yilgi dehqonlar qo‘zg‘aloni asos bo‘ldi. Drama shun-
day qurilganki, unda bir vaqtning o‘zida klassitsizm qoidalari bilan 
bahs-munozarani ham payqash mumkin (hodisalar joyi ko‘p marta 
o‘zgartiriladi: chuqur jarlik, gotika zali, qishloq maydoni, o‘rmon 
chetidagi yo‘llar, isyonchilarning ichkari hovlisi va h.k. va zamon 
va harakat birligining yo‘qligi, shuningdek zodagonlar oilasidan 
bo‘lgan ideal qahramonning bo‘lmasligi). 
Dramada romantik pyesalarda bo‘lgani kabi, o‘zining ichki va 
tashqi erki uchun kurashuvchi ideal qahramon yo‘q. Uni na de-
hqonlar va na oqsuyaklar orasidan topib bo‘lmaydi. Merimening 
dehqonlari – ijtimoiy munosabatlarda o‘z o‘rnini anglashga qodir 
bo‘lmagan johil odamlar. Albatta ular orasida ham jasur va oliyjanob 
odamlar topiladi, masalan, o‘z singlisining o‘limi uchun qasd olgan 
Reno, feodal Apremon garovga olgan begunoh odamlarni jazola
-
masligi uchun ixtiyoriy ravishda taslim bo‘ladi. 
Merime “Karl IX saltanatining yilnomasi”(1829) romanida yana 
bir bor fransuz milliy tarixidagi muhim davrga murojaat qiladi. 
Yozuvchi o‘zining asosiy vazifasi o‘tmish davr kishilarining xu-
susiy hayotini ko‘rsatish, “bu davrning xulq-atvori, urf-odatlarini 
haqqoniy, ishonarli qilib tasvirlashda”, deb hisoblaydi. Uning fikri
-
cha, Varfolomey tunida sodir etilgan dahshatli fojeaning ildizlarini, 
avvalo, diniy mutaassiblik ruhida tarbiyalangan parijliklarning aql 
yo‘nalishidan qidirish kerak. Muallifning ushbu konsepsiyasi asar 
personajlarini realistik tasvirlash, tarixiy manbani tanlash, roman
-
ning kompozitsion qurilishini belgilaydi. 
O‘z novellalarida Merime murakkab vazifani hal qiladi: birgina 
voqea orqali butun xalqning tarixini, o‘zga davrlarni ko‘rsatish. Un-
ing “Mateo Falkone” (1829) hikoyasi novellestik mahoratning shoh 
asari hisoblanadi. Novellaning markaziy voqeasi – sotqinlik qilgan 
o‘g‘ilning ota tomonidan o‘ldirilishi. Fortunatoga otasi tomonidan 
chiqarilgan hukm, Mateoning oila sha’ni haqidagi tasavvurining 
bo‘rttirib ko‘rsatilshi emas. Novellaning boshqa qahramonlari ham 
axloq qoidalarini shunday tushunishadi. Hattoki, qattiq qayg‘uga 


198
tushgan Fortunatoning onasi Juzeppa ham erini haq ekaniga is
-
honadi. Hikoyaning prozaik ohangi, korsikaliklarning urf-odatlari, 
irodali va jasur qahramonning fojeadan oldingi hayoti – bularning 
hammasi o‘ziga xos ma’naviy muhitni yaratadi. Korsikaliklar hayo-
tiga bag‘ishlangan “Kolomba” (1840) novellasida ham o‘z o‘lkasi 
va uning odatlari bilan aloqani uzmagan odamlar uchun vendetta 
(Korsika orolida qonga qon bilan o‘ch olish) bo‘lishi muqarrar va 
tabiiy tuyuladi. 
Sevish va nafratlanishni biluvchi, kuchli va irodali (Kolomba, 
Mateo Falkone) qahramonlar Merimega yaqin. U ularning shafqa
-
tsizligi, nodonligi, tiyiqsizligi, sho‘rtumshuqligini ko‘rsatishi 
mumkin, biroq qoralamaydi. O‘zlarini madaniyatdan bahramand 
bo‘lganmiz, deb hisoblaydigan qahramonlar esa, aksincha, joziba-
sini yo‘qotganday. “Tamango” (1829) novellasida ikki dunyo, ikki 
qahramon – qora tanli jangchi Tamango va kapitan Ledu qarama-
qarshi qo‘yiladi. Mohiyatan har ikkisi ham bir xil vazifa – “qora da
-
raxtni” sotish bilan shug‘ullanadi, biroq ularning obrazlari struktura 
jihatdan bir-biriga mos kelmaydi. Tamango o‘z qabiladoshlariga 
nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lsa-da, ular orasida qad-
imdan shakllangan urf-odatga mos keladi. Leduning xuddi shunday 
faoliyati esa axloq-odob doirasida “yuz chandon ortiqroq darajada 
jinoyatkorona”, chunki uning shafqatsizligi zamirida faqatgina mod-
diy manfaat yotadi. Kapitan Ledu haqida gapirganda, Merimening 
sokin hikoya qilish ohangida achchiq kinoya seziladi. Axir aynan 
kapitan qora tanlilar uchun birinchi bo‘lib qo‘lkishan va zanjirlarn
-
ing yangi sistemasini qo‘llaydi, u palubalar orasidagi xonalarni faqa
-
tgina bir maqsadda – qullarni ko‘proq joylashtirish uchun qayta jiho
-
zlaydi. Ledu boshqargan kemaning romantik nomlanishi (“Umid”), 
uning insonparvarlik haqidagi balandparvoz safsatasi uning portret 
chizgilariga yakun yasaydi. Ovrupa madaniyati “shak-shubhasiz 
ustunlikka” erishdi, chunki u qora tanlilarga bo‘yinbog‘ taqishni 
o‘rganib oldi, deb qayd qiladi Merime. 


199
Zodagonlarning ma’naviy qashshoq hayotiga bag‘ishlangan no-
vellalar orasida “Qo‘shaloq xato (1833)” va “Arsena Giyo” (1844) 
alohida ajralib turadi. So‘nggi novellada zodagon ayolga buzuq ayol-
ni qarama-qarshi qo‘yishga jur’at qiladi va Arsenaning ma’naviy af
-
zalligini ko‘rsatadi. 
1830-yilgi inqilobdan keyin Merimening badiiy ijodga bo‘lgan 
qiziqishi birmuncha so‘nadi. Bu davrda u asosan tarix, arxeologiya, 
san’atshunoslikka oid asarlar yaratadi. 1848-yil inqilobidan keyin 
esa, deyarli hech narsa yozmaydi. O‘limidan bir yil oldingina uning 
“Lokis” novellasi chop etildi. .
Yangi davr realizmining xususiyatlari atoqli yozuvchi 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin