Urganch davlat universiteti "pedagogika" fakulteti



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix03.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#138038
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
O‘zik meni qumitti 
Saqinch mena jumitti 
Ko‘nlum anar emitti, 
Juzum menin sarg’arur. 
Bu baytda shoir seviklimga bo‘lgan shavq va muhabbat meni hayajonga 
soldi. Qayg‘ular menga to‘plandi. Ko‘nglim unga moyil bo‘lgani uchun yuzim 
sarg‘aymoqda deya, o‘zining yor hajrida zabun bo‘lgan holatini she’riy misralar 
orqali tasvirlashga harakat qiladi. 
Aydum anar sevuk, 
Bizni taba ne eluk, 
Kechtin yazi kerek 
Qirlar eziz bezuk. 
Bu baytda esa Mahmud Koshg‘ariy seviklisini ko‘rish haqida 
aytadi:ey,seviklim, bizning tomonga qanday o‘tding-u, uzun cho‘llar,buyuk 


18 
qirlarni qanday kechding,dedim, deydi. Bu murojaat orqali, yoridan bu yerlarga 
qanday qilib kelib qolgani, mashaqqatlarni qanday yengib o‘tganini so‘raydi.
Igladi mening azaq, 
 Ko’rmazib o’g’ri tuzaq,
Ikladim andin uzaq,
Emlagil emdi tuzaq. 
Yashirin tuzoqni ko’rmay, mening oyog’im ilindi, uzoq vaqt qiynaldim, ey 
seviklim, endi o’zing davola. 
Yig‘lab uzu artadim, 
Bag‘rim bashin qartadim, 
Qachmish qutug‘ irtadim, 
Yag‘mur ko‘ni qan sachar. 
Shoir aytadiki:sevgilim orqasidan yig‘lab ishdan chiqa yozdim, bitib qolgan 
bag‘rim yarasini qaytadan tirnadim, ketgan baxtni qidirdim, ko‘zim yomg‘irday 
qon sochadi. Haqiqatdan hajr azobi oshiq uchun juda mashaqqatli bo‘lib, bu azobni 
yengish oshiqdan juda katta matonatni talab qiladi. Ishq yo‘li shunday uzoq va 
mashaqqatli yo‘lki, bu yo‘ldan faqat o‘ziga ishongan, qiyinchiliklardan 
qo‘rqmaydigan insonlargina eson-omon chiqishi va yor vasliga musharraf bo‘lishi 
mumkin. 
Biz “Devoni lug‘otit turk” asarida bu kabi ishq-muhabbat talqin qilingan 
she’rlarni juda ko‘plab uchratishimiz mumkin va ularning har biri katta e’tiborga 
molik she’rlardir , shu sabab bular Mahmud Koshg‘ariyning yetuk ijodkor 
ekanligidan dalolat beradi. 


19 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin