20
Quyish
Muhitlar probirkalarga 3-5 ml yoki flakon, kolba, butilkalarga 10 ml hajmda
quyiladi, to‗latib yuborish mumkin emas. Chunki sterilizatsiya vaqtida qopqog‗i
namlanishi mumkin, bunda muhit sterilligini yo‗qotadi. 100°C dan yuqori
haroratda sterilizatsiya qilinadigan muhitlarni quruq, toza idishlarga quyish
mumkin. Pastroq haroratda sterilizatsiya qilinadigan muhitlarni, albatta, steril
idishlarga quyish lozim.
Muhitlarni voronka, uchi Mor qisqichi bilan qisilgan rezina naycha orqali
yoki o‗lchamli buretka, dozator, shpris-pipetka va boshqalar yordamida quyiladi.
Idishlar paxta-doka qopqoqlar bilan yopilib, ustidan qog‗oz qalpoqcha bilan
yopiladi.
Dostları ilə paylaş: