I. D. Boboev X. O. Abdullayev a. Sh. Otajonov amaliy algologiya fanidan amaliy mashg‘ulotlari uchun o‘quv uslubiy qo‘llanma Toshkent – 2021



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/77
tarix04.12.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#138076
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
Amaliy algologiya Amaliy mashg\'ulot

Chlorophyceae

Ularning eng xarakterli belgilari jinsiy ko‗paygan vaqtda ikki, to‗rt va ba‘zan ko‗p 
xivchinli izomorf (bir xil tuzilishli) sporalar hosil qiladi. Jinsiy ko‗payish 
izogamiya, geterogamiya, oogamiya tipida bo‗ladi.
2. Matashuvchisimonlar – 
Conjugatophyceae.
Bu sinfning xarakterli belgisi 
ularda xivchinli stadiyalar, jinssiz ko‗payish bo‗lmaydi. Jinsiy ko‗payish 
konyugatsiya bilan amalga oshadi.
3. Xarasimonlar sinfi – 
Charophyceae
. Bu sinfga tallomi ipsimon, morfologik 
jihatdan differensiyalangan suvo‗tlar kiradi. Jinsiy ko‗payish oogamiya yo‗li bilan 
boradi. Jinsiy organlari ko‗p hujayrali va murakkab tuzilishga ega. 
Tabiatda yashil suvo‗tlaridan 
Chlorella
,
Ankistrodesmus
,
 Scenedesmus
avlod 
vakillari tez-tez uchraydi. 
Yashil suvo‗tlarning bir hujayrali vakillari juda mayda, oddiy ko‗z bilan 
ko‗rib bo‗lmaydigan organizmlardir. Bir hujayrali yashil suvo‗tlarga Xlorella 
avlodiga kiruvchi 
Chlorella vulgaris 
ni misol qilish mumkin. Xlorella chuchuk 
suvlarda, daraxt po‗stloqlarida va boshqa substratlarda keng tarqalgan. Hujayrasi 
sharsimon yoki tuxumsimon, usti yupqa va mustahkam qobiq bilan o‗ralgan, bitta 
yadro va kosasimon xromotafori bor. U suvni ham, unda erigan karbonat angidrid 
va mineral tuzlarni ham po‗sti orqali shimib oladi. Xlorella asosan jinssiz 
hujayrasining bo‗linishi yo‗li bilan ko‗payadi. Bunda ona hujayra ichidagi tirik 
qismlar 4 yoki 8 teng bo‗lakka bo‗linadi va bu bo‗laklarning har biri alohida qobiq 
bilan o‗ralib, mayda hujayrachalarga aylanadi. Ular suvga chiqadi va o‗sib 
mustaqil yashovchi xlorellaga aylanadi. Chlorella juda tez ko‗payadi. Bitta xlorella 
avlodi bir oy ichida ko‗payib, bir necha millionga yetishi mumkin. Kuz kelishi 
bilan xlorella qalin, zich qobiqqa o‗ralib, sporaga aylanadi va shu holda qishlaydi. 
Xlorellaga yaqin bo‗lgan boshqa turlar, masalan, 
Ankistrodesmus
undan hujayra 
shakli bilan farq qiladi. 
Bir hujayrali yashil suvo‗tlari vakili 
Scenedesmus 
hujayrasi ellipssimon yoki 
urchuqsimon bo‗lib, yonlari bir-biriga yopishib ketgan. 
Scenedesmus
turkumining 
ko‗pchilik vakillarida hujayra devorining tuzilishi murakkab bo‗lib, xlorellaning 


45 
hujayra tuzilishini eslatadi. 
Scenedesmus 
ning hujayra devori uch qavatdan tashkil 
topgan: ichki qavat ancha qalin bo‗lib, sellulozali, o‗rta qismi yupqa, tarkibi 
sporopollenin moddasidan iborat va nihoyat, tashqi qavat pektindan tashkil topgan. 
Hujayra devorining pektin qavati murakkab tuzilishli: unda matriks bo‗lib, ustida 
olti qirrali to‗rcha joylashgan, har qaysi to‗rcha silindr shaklidagi ustunchalar bilan 
tutashgan. Bu ustunchalar sporopollenin qavatlar bilan bog‗langan. Hujayra 
devorida ikki xil tukchalar bor, bu tukchalar naychasimon ustunchalar bilan 
birikib, senobiyni harakatlantiradi. 
Scenedesmus 
ning jinsiy ko‗payishi izogamiya. 
Suv tarkibida azot miqdori kamaygan vaqtda, uning vegetativ hujayrasi 
gametangiyga aylanadi va undan 8 ta gameta hosil bo‗ladi. Hosil bo‗lgan 
gametalar bir-biri bilan qo‗shiladi.
Chlorococcum
turkumi turli substratlarda: chuchuk suvlarda, tuproqda
toshlarda, daraxt po‗stloqlarida, gul tuvaklarida o‗sib, unga och yashil rang beradi; 
zamburug‗lar bilan qo‗shilib, lishayniklarni hosil qiladi. Hujayrasi sharsimon 
shaklda bo‗ladi. Zoosporalari cho‗ziq, ikki xivchinli, ona hujayra ichida 8 tadan 32 
tagacha hosil bo‗ladi. Ular ona hujayra devorini yorib, suvga chiqadi, unda bir oz 
suzib, xivchinlarini tashlaydi va po‗st bilan o‗ralib, yangi sharsimon hujayraga
 
aylanadi (Л.Л.Великанов ва б.1995).. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin