80
Boshqa fizik-kimyoviy ko‗rsatkichlar qatori lipidlarning kislota sonini
aniqlash ham katta ahamiyatga ega.
Lipidlardagi erkin kislotalar miqdorini ifodalovchi ko‗rsatkich kislota soni
deb ataladi. 1 g lipiddagi erkin yog‗ kislotalarini neytrallash uchun sarf bo‗lgan
kaliy gidroksidining mg miqdori yog‗larning kislota sonini belgilaydi. Yog‗ning
kislota soni qancha yuqori bo‗lsa, sifati shuncha past bo‗ladi.
Yog‗larning kislota sonini aniqlashda, erkin yog‗ kislotalarini 0,1 n KOH
eritmasi bilan titrlashga asoslangan. Titrlash uchun albatta kaliy gidroksiddan
foydalanish kerak, chunki hosil bo‗ladigan kaliyli sovun tajriba sharoitida suvda
yaxshi eriydi.
Chlorella vulgaris sp
2
biomassasidan lipidlar fraksiyasi tarkibi va miqdorini
gazsuyuqlik xromatografiya (GSX) usuli yordamida aniqlandi.
Agilent Technologies 6890N tipli GJX (gazojidkostnoy xromatografiya) . GSX
ning ishlash sharoiti:
Harorat 60 dan 250 °C gacha;
Gaz-nositel – geliy 30 ml /min;
Namunaning quruq massaga nisbatan namligi - 13.9 %;
Umumiy lipidlar yig‗masi, xloroform:metanol (2:1 nisbatda) - 4.0 %.
Umumiy lipidlar yig‗masi silikagelli kolonkada xromatografiya qilinganda
ajratilgan.
a) Neytrallipidlar – 27.0 %.
b) Glikolipidlar + xlorofilli pigmentlar - 56.5 %.
v) Fosfolipidlar - 16.5 %.
Silufolli va silikagelli plastinkalarda, yupqa qatlamli xromatografiya usuli
yordamida - neytral lipidlar aralashmasida yuqori molekulali yog‗ kislotalarni
siklik spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efirlari va sirka kislotani triatsilglitseridi,
sterollar, triterpinollar, erkin yog‗ kislotalar, alifatik spirtlar va uglevodorodlar
borligi aniqlandi.
1. Glikolipidlarda: monogalaktozil – va digalaktozildiglitseridlar, sterolglikozidlar
va ularni efirlari.
2. Fosfolipidlarda: fosfatidilinozit, fosfatidilxolin va fosfatidiletanolamin.
Lipid tarkibidagi har-bir guruh yog‗ kislotalar metil-efir ko‗rinishda gazsuyuqlik
xromatografiya usuli yordamida aniqlandi (9-jadval).
9-jadval
Dostları ilə paylaş: