95
IV - faza
- o‘sishning sekinlashuv fazasi yoki o‘sish tezligining susayishi. Bu
fazada eksponensial fazadan farqli o‘laroq, hujayralar har xil bo‘lib qoladilar.
Bunga asosiy sabab turli xil noxush faktorlar ta‘siri (ozuqa moddalar miqdorining
kamayishi, metabolitlar miqdorining ko‘payishi va x.k.) ortib boradi. Bularning
barchasi nafaqat o‘sish tezligining pasayishiga, balki hujayralarning barbod
bo‘lishiga, hatto lizisga (erib ketish) olib keladi.
V - faza
- stasionar faza. Bu fazada mikrоsuvo‘tlarning biomassa hosil qilish
qobiliyti deyrli to‘xtaydi.
Shuni ham aytib o‘tish lozimki, ba‘zi bir (ko‘p bo‘lmagan) mikrоsuvo‘tlarni
ko‘payishi sekin davom etganligi sababli, bu fazada ham o‘ta sekinlik bilan
biomassaning to‘planishi kuzatilishi mumkin. Ammo, ko‘payish bilan o‘lish
jarayonlari tabora bir birlariga yaqinlashib borganligi sababli yuqoridagi tenglama
o‘z o‘rnini topadi. O‘sishning stasionar fazasiga etgan mikrоsuvo‘tlar eng ko‘p
miqdorda biomassa yoki hujayra to‘plagan bo‘ladi. Bu ko‘rsatkishlar hosildorlik
deb ataladi. Amaliyot nuqtai nazaridan, iqtisodiy koeffisent degan ibora katta
ahamiyt kasb etadi. Bu ko‘rsatkich hosil bo‘lgan mikrоsuvo‘tlar og‘irligi bilan
ishlatilgan substratlar miqdorini solishtirish imkonini beradi:
Stasionar fazaga hujayralarning xilma xilligi xarakterlidir. Bu davrda bir
necha ko‘payishga imkoniyt bor hujayralar qatori, ko‘payish xususiytini
yo‘qotgan, ammo hozircha tirik, shuningdek o‘lik va lizisga ushragan hujayralar
mavjud bo‘ladi.
VI - faza
-o‘lish yoki qirilish fazasi ham deb ataladi. Bu faza, o‘layotgan
hujayralar soni, ko‘payishga qodir hujayralar sonidan ortgan davrdan boshlanadi.
Hujayra yashashi uchun sharoit yo‘q, barcha zaxiradagi moddalar ishlatilib
bo‘lingan bo‘ladi. Mikrоsuvo‘tlarni davriy ko‘paytirish usuli, keyingi asosiy
fermentasiya qaysi usulda olib borilishidan qat‘iy nazar ekuv materiallari
tayyorlash uchun keng qo‘llaniladi. Doimiy ko‘paytirishning afzalliklaridan qat‘iy
nazar, ko‘pgina sanoat jarayonlari hanuzgacha davriy ko‘paytirish usulida olib
boriladi. Bunga asosiy sabab mikrоsuvo‘tlarni xususiytlarini o‘ta murakkab va tez
o‘zgaruvshanligidir. Shuning uchun ham mikroorganizmlarning ko‘payishi va
rivojlanish fazalarini yaxshi tahlil qilish, ular ishtirokidagi texnologik jarayonlarni
muvaffaqiytli olib borishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: