96
ta‘sir ko‘rsatadi. Agar ozuqa muhitiga birdaniga ko‘p
miqdorda ozuqa moddalari
solinsa, o‘sish sekinlashadi va bu hodisa ketabolitli repressiy deb ataladi.
Moddalarni sekin asta, doimiy ravishda berib turish orqali, mikroorganizmlarni
o‘sishini pasayishini oldini olish mumkin. Bunday usul mikroorganizmlarga siqilib
substrat (ozuqa) berish deb nom olgan. O‘stirish jarayonida qo‘shimsha
ozuqa
moddalari berib borish, ozuqa muhit hajmini oshirib yuboradi. Hajmni doimiy
ravishda ushlab turish maqsadida vaqti - vaqti
bilan kultural suyuqlik
(mikroorganizm o‘stirilgan ozuqa muhiti) dan olib turishni taqqazo etadi.
O‘stirishning bunday davriy jarayoni ―quyib olish - quyish‖ deb ataladi. qansha
miqdorda suyuqlikni quyib olinsa, shunsha miqdorda ozuqa muhiti o‘stirish
qurilmasiga quyiladi. Bu usulning
oldingisidan farqi shundaki, o‘stirilayotgan
mikroorganizmni bir qismi doimiy ravishda olib turiladi va uning o‘rniga yuqorida
ko‘rsatib o‘tilganidek, ozuqa moddasi quyiladi. Bu usulda - hajm, suyultirish
tezligi, suyultirma o‘sish tezligi kabi asosiy ko‘rsatkishlar doimiy bo‘lmaydi va
mikroorganizm kvazistasionar (mnimostasionar) holatda bo‘ladi.
qism-qism
qo‘shib o‘stirishning yna bir yo‘li substratni dializ membranasi orqali yuborib
turish. Agar, o‘stirish apparatiga faqatgina ma‘lum molekulyr og‘irlikka ega
bo‘lgan moddalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan membranalar o‘rnatilsa, eritma
erigan moddaning diffuziysi tufayli bu moddani miqdori
doimiy ravishda bir xil
ushlab turiladi. Bu usuldan biomassani ko‘paytirish yoki ozuqa modda miqdori
sheklangan mikroorganizmlarni o‘stirish ushun keng qo‘llaniladi. Bu usul
shuningdek, mikrooorganizm o‘sishini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan fazalardan
birida uzoqroq ushlab turish imkoniytini beradi.
Ammo bu usul hujayrani
fiziologik holatini vaqtdan tashqari mo‘‘tadillab turish imkoniytini bera olmaydi.
Dostları ilə paylaş: