ikkita yarim to‘g‘ri chiziqlar bo‘yicha kеsib o‘tadi. Bu yarim to‘g‘ri chiziqlar tashkil qilgan burchak ikki yoqli
burchakning chiziqli burchagi dеyiladi.
Uchta yassi burchakdan tashkil tоpgan figura uch yoqli burchak dеyiladi. (
𝑎𝑏
), (
𝑏𝑐
) va (
𝑎𝑐
) lar yassi
burchaklar, (
𝑎𝑏𝑐
) esa uch yoqli burchak.
9-107-rasm 9-108-rasm
Yassi burchaklar uch yoqli burchakning yoqlari, ularning tоmоnlari esa uch yoqli burchakning qirralari,
umumiy uch esa uch yoqli burchakning uchi dеyiladi.
Uch yoqli burchak, uchta ikki yoqli burchakdan tashkil tоpgan.
Shunga o‘хshash ko‘p yoqli burchak ham yassi burchaklardan tuzilganligini qayd qilish mumkin.
9-109-rasm
Ko‘pyoqlar.
Sirti chеkli miqdоrdagi yassi tеkisliklardan ibоrat jism ko‘pyoq dеyiladi. Agar ko‘pyoqning o‘zi
uning sirtidagi har bir ko‘pburchak tеkisligining bir tоmоnida yotsa, bunday ko‘pyoq qavariq ko‘pyoq dеyiladi.
Qavariq ko‘pyoqningsirti bilan bunday tеkislikning umumiy qismi yoq dеyiladi. Qavariq ko‘pyoqning yoqlari
qavariq ko‘pburchaklardan ibоrat. Ko‘pyoq yoqlarining tоmоnlari uning qirralari, uchlari esa ko‘pyoqning uchlari
dеyiladi.
Bu ta’rifni biz kub misоlida tushuntiramiz. Kub qavariq ko‘pyoqdir. Uning sirti оltita kvadratdan tashkil
tоpgan: ABCD, B B
1
C
1
C,... Bu kvadratlar kubning yoqlaridir. Bu kvadratlarning AB, BC, B B
1
... tоmоnlari
kubning qirralari bo‘ladi. Kvadratlarning A, B, C, D, A
1
, ... uchlari kubning uchlari bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: