0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA
VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
Ta’lim tashkilotlarida 2022-2023-o‘quv yilining uchinchi choragida
o‘quv jarayonlarini tashkil etish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni
belgilash to‘g‘risida
Respublika bo‘yicha joriy yilning 10-yanvaridan boshlab havo
haroratining
keskin pasayishi davrida ta’lim tashkilotlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
issiqlik va elektr ta’minotidagi uzilishlami hamda ta’lim tashkilotlari
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilari o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin
ko‘payishini oldini olish, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2023-yil 5-yanvardagi 1-sonli bayonida belgilangan topshiriqlar
ijrosini ta’minlash maqsadida
buyuraman:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-yanvardagi
havo haroratini keskin sovishi natijasida ta’lim
tashkilotlari tarbiyalanuvchi,
o‘quvchi va talabalari ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish to‘g‘risidagi
1-sonli (5.01.2023-y. 1-07/1-2045-son) yig‘ilish bayonida (keyingi o‘rinlarda
- Bayon) belgilangan topshiriqlar ijro uchun qabul qilinsin.
2. Bayon bilan:
0 ‘zbekiston
Respublikasi
“Ta’lim
to‘g‘risida”gi
Qonunining
27-moddasida belgilangan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim
sohasidagi vakolatlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan maktabgacha,
umumta’lim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlarida qishki
ta’tilni uzaytirish;
hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda, zaruriyatga ko‘ra,
kichik yoshdagi bolalarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida
mavsumiy
gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘1 qo‘ymaslik
uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilish
vakolati berilganligi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan nodavlat umumta’lim tashkilotlariga
qishki ta’tilni uzaytirish hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga
navbatdan tashqari ta’til e’lon qilish tavsiya etilganligi;
beriladigan qo‘shimcha ta’til kunlari davomida ta’lim tashkilotlarida faoliyat
yuritayotgan rahbar xodimlar,
tarbiyachilar, pedagoglar va boshqa xodimlar,
jumladan, mehnatiga soatbay haq toTanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi
toTovlari saqlangan holda toTab borilishi inobatga olinsin.
3. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi
140-son qaroriga muvofiq, qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun
etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim
vazirlari, Toshkent shahar xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim bosh boshqarmalari,
viloyatlar xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshliqlari hamda
Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligining hududiy bo‘linmalari (keyingi
o‘rinlarda - hududiy boshqarmalar) rahbarlariga:
hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
qarori bilan umumta’lim maktablarida qishki ta’tilni uzaytirish, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til berish;
umumta’lim maktablarida qishki ta’til uzaytirilishi
munosabati bilan
rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda
tig‘izlashtirib o‘qitilishini ta’minlagan holda toTiq amalga oshirish;
beriladigan qo‘shimcha ta’til kunlari davomida ta’lim tashkilotlarida faoliyat
yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar va boshqa xodimlar,
jumladan, mehnatiga soatbay haq toTanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi
toTovlari
(shtatlar jadvali va tarifikatsiya ro ‘yxatida belgilangan barcha to ‘lovlar,
jumladan, q o ‘shimcha to ‘lov va ustama haqlar)
saqlangan holda toTab borilishini
ta’minlash;
oziq-ovqat ta’minoti mavjud ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan birgalikda
qo‘shimcha va navbatdan tashqari ta’til belgilanganligi
munosabati bilan oziq-ovqat
yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan mahsulotlar yetkazib berishni ushbu
tashkilotlarda ta’lim jarayonlari qayta yoTga qo‘yilgandan boshlab ta’minlab borish
vazifalari yuklatilsin.
5. A.Avloniy nomidagi pedagoglami kasbiy rivojlantirish va yangi
metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, Maktabgacha ta’lim muassasalari
rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti,
Pedagoglami yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari rahbarlari ob-havo
sharoitlarini inobatga olgan holda, zaruriyatga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori
bilan qishki
ta’til uzaytirilgan hududlarda tinglovchilaming sogTigini himoyalash maqsadida
maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi malaka oshirish kurslarini ta’til davri
tugaganidan so‘ng tashkil etsin.
6. Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish
boshqarmasi (A.Kamalov), Maktabdan tashqari ta’lim, sport va turizmni tashkil
etish boshqarmasi (S.Qirg‘izboyev), Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli
o‘quvchilar bilan ishlash departamenti (U.Raxmonov) hududiy boshqarmalar bilan
birgalikda qishki ta’til kunlari:
mamlakat ertangi kuni, uning egasi bo‘lmish yosh avlod ma’naviy olami,
rostgo‘ylik, mulohazakorlik, adolatpeshalik, mantiqiy
fikrlay olish fazilatlarini
rivojlantirish uchun kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish;
o‘quvchilar o‘rtasida “mening mahallam” video chellenjlarini tashkil etish;
fanlarga oid turli onlayn, intellektual viktorinalar o‘tkazish;
0 ‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining hududiy telekanallari bilan
hamkorlikda “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida onlayn ko‘rik tanlovlami
tashkil etish hamda mamlakatimiz mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblar
to‘g‘risida eshittirish, suhbat va ko‘rsatuvlami tashkil etish choralarini ko‘rsin.
7. Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boiimi
(L.Rustamova) ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til uzaytirilganligini ommaviy
axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda vazirlikning
rasmiy veb-sayti orqali
yoritib borsin.
8. Devonxona (D.Isxakova) ushbu buyruqni bir kun muddatda vazirlikning
markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy boshqarmalarga
yetkazilishini ta’minlasin.
9.
Mazkur buyruq qabul qilinishi munosabati bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 6-yanvardagi “Ta’lim
tashkilotlarida qishki ta’tilni uzaytirish to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘i o‘z kuchini
yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Vazir
X.Umarova
Toshkent sh.,
2023-yil “^ 0 ”
-^ c u i
-son