Ob’ektning akkumulyatorlik (to’plash) qobiliyati. Har qanday rostlash
ob’ektining texnikaviy jarayoni biror material muhitning yoki energiyaning kelishi,
sarflanishi, to’planishi va o’zgartirilishi va bilan bog’liq. Ko’pchilik ob’ektlar ish
jarayonida ish muhitini ob’ekt ichida to’plash qobiliyatiga ega. Masalan, suv
bosimi bakida suv to’planadi, ichki yonuv motorining aylanuvchi qismlarida
energiya to’plash uchun unga maxovik o’rnatilgan; issiqxonalarda issiqlik
sig’imiga ega bo’lgan barcha ob’ektlarda issiqlik to’planadi va hokazo.
Akkumulyatorlik qobiliyati ob’ektning rostlash xossalariga jiddiy ta’sir etadi.
Ob’ektning akkumulyatorlik xususiyati qancha kam bo’lsa, ish muhitining
(suvning) kelishi bilan sarflanishi o’rtasidagi balans buzilganda rostlanuvchi
miqdorning o’zgarish tezligi shuncha katta va binobarin rostlash shuncha
murakkab bo’ladi. Aksincha, ob’ekt qancha ko’p sig’imli bo’lsa, rostlash masalasi
shuncha yengil bo’ladi.
Ob’ektlar sig’imsiz, bir sig’imli va ko’p sig’imli bo’ladi. Sig’imlar soni
turlicha bo’lgan ob’ektlarga misollar 10.5-rasm, a, b, v da keltirilgan.
Ob’ektning akkumulyatorlik qobiliyatni tavsiflash uchun sig’im koeffitsiyenti S
tushunchasi kiritiladi. Bu koeffitsiyent ob’ekt sig’imi S ning rostlanuvchi miqdor
tegishli qiymatini u ga nisbati bilan ifodalanadi.
у
С
с
(10.5)
Sig’im koeffitsiyenti S kancha katta bo’lsa, ob’ektning galayonlarga
sezgirligi
shuncha kam bo’ladi; ob’ektning sezgirligi rostlanuvchi miqdor
o’zgarish tezligi dy/dt ning g’alayontiruvchi ta’sirning o’zgarishi
F ga nisbatan
bilan ifodalanadi:
F
dt
dy
/
(10.6)
Ob’ektning rostlanuvchi miqdorining vaqt ichida o’zgarishlari shig’ov
egrisi deyiladi. Bunday egri chiziq hosil qilish uchun ob’ektning kirishiga kirish
miqdori pog’onasimon kiritiladi va chiqish miqdorining turli momentlari uchun
o’zgarishlari yozib boriladi. 10.5-rasm, g da sig’imsiz (1 egri), bir sig’imli (2 egri)
va ko’p sig’imli (3 egri) ob’ekt uchun dinamik tavsifnomalar ko’rsatilgan.
Sig’imsiz ob’ektda kelish (keluvchi oqim) qancha o’zgarsa, sarflanish
(ketuvchi oqim) Q
2
ham darhol shuncha o’zgaradi. Agar sig’im mavjud bo’lsa,
ketuvchi oqim Q
2
oniy emas, balki vaqt ichida asta-sekin o’zgaradi. Ob’ekt sig’imi
qancha katta bo’lsa, bu ob’ektning shig’ov egrisi shuncha yotiq bo’ladi, chunki
sig’imda boshqaruvchi ko’rsatkich to’plana boradi.
Ob’ektning akkumulyatorlik qobiliyati rostlagichni tanlashda hisobga
olinadi.
10.5- rasm. Sig’imlar soni turlicha bo’lgan ob’ektlarga misollar: a-
sig’imsiz; b- sig’imli; v- ikki sig’imli; g- ob’ektning vaqt ichidagi o’zgarish egri
chizig’i.
Ob’ektning
o’z-o’zidan
tug’rilanish
xususiyati.
Ob’ektning
g’alayonlanish paydo bo’lganidan so’ng odam yoki avtomat rostlagich yordamisiz
yana muvozanat holatiga qaytish xususiyati o’z-o’zidan to’g’rilanish deyiladi. O’z-
o’zidan to’g’rilanishning sonli qiymati o’z-o’zidan tug’rilanish darajasi va
tarqalish tezligi orqali baholanadi.
O’z-o’zidan tug’rilanish darajasi
g’alayonlovchi ta’sirning shu ta’sir
natijasida sodir bo’ladigan rostlanuvchi kattalikning chetga chiqishiga bo’lgan
nisbatiga teng:
d
g
d
d
g
g
d
)
(
2
1
(10.7)
bunda g
1
- ob’ektdagi modda yoki energiyaning nisbiy qo’shilishi; g
2
- ob’ektdagi
modda yoki energiyaning nisbiy sarfi;
g - rostlanuvchi ob’ektdagi ko’rilayotgan
vaqt mobaynida modda yoki energiyaning qo’shilishi va sarfining nisbiy ayirmasi;
- rostlanuvchi ob’ektning nisbiy chetga chiqishi;
- o’z-o’zidan to’g’rilanish
darajasi - o’lchovsiz miqdor.
Chiziqli ob’ektlar uchun
=const. O’z-o’zidan to’g’rilanish koeffitsiyenti
kirish signalining ko’rilayotgan o’tish kanali bo’yicha ob’ektning kuchayish
koeffitsiyentiga teskari kattalikdir. Shuning uchun
qancha katta bo’lsa,
rostlanuvchi ob’ektning bir miqdorli g’alayonlovchi ta’sir kuchidagi qoldiqli
chetga chiqishi shuncha kichik bo’ladi.
O’z-o’zidan to’g’rilanish qobiliyatiga ega bo’lmagan (
=0) ob’ektlar
neytral yoki astatik deyiladi. G’alayonlovchi ta’sir bo’lmasa, bunday ob’ektlar
rostlanuvchi kattalikning istalgan qiymatida muvozanat holatda bo’ladi. Agar
muvozanat holati buzilsa, rostlanuvchi kattalikning o’zgarish tezligi g’alayonlash
kattaligiga to’g’ri proporsional bo’ladi. O’z–o’zidan to’g’rilanish holati bo’lmagan
ob’ektlarda rostlash jarayoni qiyinlashadi. O’z-o’zidan to’g’rilanish rostlanuvchi
ob’ektning kirishida ham chiqishida ham mavjud bo’lishi kerak. Nollik qiymatidan
tashqari, u musbat yoki manfiy bo’lishi mumkin. O’z-o’zidan to’g’rilanish ma’lum
(
=0) qiymatga ega bo’lgan ob’ektlar modda yoki energiyaning berilishi va
iste’moli o’rtasidagi tenglikni tiklash qobiliyatiga ega. Bunday ob’ektlar turg’un
yoki statik deyiladi. Agar o’z-o’zidan to’g’rilanish darajasi
=
bo’lsa, ob’ekt
ideal o’z-o’zidan to’g’rilanishga ega bo’ladi. Bu demak, ob’ekt o’zining
muvozanat holati va rostlanuvchi kattaligining o’zgarmas qiymatini har qanday
g’alayonlovchi ta’sirlar qiymatida ham saqlab qoladi. O’z-o’zidan to’g’rilanishi
(
<0) bo’lmagan ob’ektlarning statsionar rejimi muvozanat holati buzilganda qayta
tiklanmaydi. Bunday ob’ektlar noturg’un deyiladi. Ichki energiya manbaiga ega
bo’lgan sodda ob’ektlar odatda turg’un bo’ladi. Bunday manbalari bo’lgan
fizikaviy tizimlar (masalan, tizimda o’tayotgan jarayon ekzotermik reaksiya bilan
birgalikda ketishi mumkin) noturg’un bo’lishi mumkin. Bu kabi ob’ektlarni
rostlash qiyinlashadi, ayrim hollarda esa ularni avtomatlashtirish imkoni umuman
bo’lmaydi.
10.6-rasmda statik, astatik, noturg’un ob’ektlar va ideal o’z-o’zidan
to’g’rilanishli ob’ektning tarqalish egri chiziqlari keltirilgan. Shuni ham aytish
kerakki, o’z-o’zidan to’g’rilanishli ob’ektlar uchun avtomat rostlagichning hojati
yo’k. Lekin, ideal o’z-o’zidan to’g’rilanish qobiliyatiga ega bo’lgan asosiy
kattalikli ob’ektda texnologik jarayonni rostlash talablariga to’g’ri keladigan
yordamchi kattalikni tanlash kerak. Masalan, bir tarkibli suyuqlikning doimiy
bosimda qaynash jarayonini rostlash kerak. Apparatning moddani qaynatish uchun
yetarli bo’lgan issiqligi har qanday harorati doimiy bo’lgani uchun asosiy kattalik
hisoblangan qaynash haroratining rostlagichidan foydalanmaslikka to’g’ri keladi.
Bir tarkibli suyuqlikning qaynash intensivligini boshqarish uchun yordachi
rostlanuvchi kattalik sifatida (agar apparatning gidravlik qarshiligidan o’tadigan
bug’ tezligining o’zgarishi natijasida bosim deyarli o’zgarsa) bug’lanuvchi
suyuqlikning bug’ bosimi (agar suyuqlik bug’lanish tezligining doimiy kerak
bo’lsa), issiqlik tashuvchining apparatga uzatish harorati va tezligi yoki
(o’zgaruvchi yukli bug’latgichning ishini ta’minlash kerak bo’lsa) issiqlik
tashuvchining uzatish tezligi va qayta ishlanayotgan suyuqlik o’rtasidagi
munosabatlari tanlanadi. Тurli ob’ektlar uchun o’z-o’zidan to’g’rilanish
jarayonining o’tish vaqti turlicha bo’ladi.
3.8- rasm. Rostlash ob’ektlarining yugurish egri chiziqlari:
1- noturg’un ob’ekt; 2- neytral ob’ekt; 3- turg’un ob’ekt 4- ideal, o’z-o’zidan
to’g’rilanadigan ob’ekt;
- rostlanuvchi miqdorning nisbiy chetga chiqishi
Bu vaqt rostlanuvchi kattalik o’zgarish tezligining g’alayonlovchi ta’siri
qiymatiga bo’lgan nisbatidan iborat tarqalish tezligi orqali ta’riflanadi. Тarqalish
tezligini ba’zan rostlanuvchi ob’ektning sezgirligi deyiladi.
Bu ko’rsatkichning fizikaviy ma’nosi shundaki, u tarqalish vaqtiga teskari
qiymatli kattalikdir. Тarqalish vaqti deb, chiqish kattaligining modda yoki
energiyaning kirishi va chiqishi o’rtasidagi maksimal nobalanslik holatidagi noldan
o’zining nominal qiymatiga yetguncha o’zgarish vaqtiga aytiladi. Nazariy jihatdan
cheksizlikka teng tarqalish tezligi kirish kattaligining o’zgarish vaqtidan chiqish
kattaligining o’zgarishi bir onda sodir bo’lishini bildiradi.
10.2. Bir sig’imli va ko’p sig’imli ob’ektlar
Berilgan vaqtda ob’ekt ichidagi modda yoki energiyaning miqdori sig’im
deyiladi. Demak, sig’im ob’ektning yoki energiyaning yig’ish qobiliyati bo’lib
uning inersionligini ifodalaydi. Sig’im qancha katta bo’lsa, ob’ektga ko’rsatilgan
ta’sir natijasida rostlanuvchi kattalikning o’zgarishi shuncha past bo’ladi.
Sig’imlari katta bo’lgan ob’ektlar sig’imlari kichik bo’lgan ob’ektlarga nisbatan
turg’unroqdir.
Rostlanuvchi kattalikning qiymati o’zgarishi bilan ob’ekt sig’imi o’zgaradi.
Ob’ekt sig’imining rostlanuvchi kattalikka ko’rsatgan ta’sirini baholash uchun
sig’im koeffitsiyenti tushunchasi ishlatiladi. Sig’im koeffitsiyenti rostlanuvchi
kattalikni bir o’lchov birligiga o’zgartirish uchun ob’ektga qancha modda yoki
energiya kiritish yoki undan uzoqlashtirish kerakligini ko’rsatadi. Umuman,
rostlash jarayoni modda yoki energiyani ob’ektga yaqinlashishi va undan
uzoqlashishiga ta’sir ko’rsatish yo’li bilan rostlanuvchi kattalikni ma’lum bir
sathda ushlab turishdan iborat. Rostlanuvchi ob’ektga kelgan modda yoki energiya
miqdori
Q ni ob’ekt tashqi rejimining sonli parametri deb ataladi. Uning qiymati
modda va energiyaning yaqinlashish Q
ya
va uzoqlashish Q
u
qiymatlarining
ayirmasiga teng:
Q = Q
ya
- Q
u
.
(10.8)
Rostlanuvchi ob’ektning ichki rejimi sifatini ta’riflovchi ko’rsatkich odatda
rostlanuvchi kattalik
dan iborat. Ob’ektning muvozanat holatida Q
ya
=Q
u
bulib
sifat ko’rsatkichi vaqt mobaynida o’zgarmas qoladi. Agar muvozanat buzilsa
(
Dostları ilə paylaş: |