O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/42
tarix05.12.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#138262
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
avtomatika asoslari va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish

Sug’orish tizimlarini avtomatlashtirish va boshqaruvining usullari. 
Хo’jaliklararo sug’orish tizimini avtomatlashtirish masalalari xozirgi kunda yaxshi 
o’rganilgan suvni tortish va tarqatish jarayonlarini boshqarish va nazorat qilish ikki 
xil sxema asosida bajariladi. 
Birinchi sxema bo’yicha tizimning xo’jaliklararo qismidagi barcha 
rostlanuvchi qurilma va inshoatlarda markazlashgan boshqaruv nazorat va xisobga 
olish masalalari asosan joylarda doimiy xizmatchi xodimlar ishtirokisiz amalga 
oshirilishi ko’zda tutilgan. Buning uchun suv ko’tarish inshoatlari va 
uskunalarining barcha rostlanuvchi qismlari datchiklar va birlamchi o’lchov 
asboblari bilan ta’minlanadi va ular yordamida olingan nazorat qilinuvchi 
kattaliklar dispetcher punktiga uzatiladi. Тo’sqichlarni markazlashgan ravishda 
boshqarish uchun ijro mexanizmlaridan foydalaniladi. Boshqariluvchi va nazorat 
qilinuvchi kattaliklar haqidagi axborotni telemexanik vositalar yordamida qabul 
qilish ko’zda tutiladi.
Тizim tarkibidagi xizmat joylaridagi dispetcher aloqasi, ulardagi uskunalarni 
ta’mirlash, avariya xolatlarini oldini olish maqsadida ob’ektlariga jo’natiluvchi 
xizmatchi xodimlar umumiy boshqaruv tizimining tarkibiy qismi xisoblanadi. 
Bunday avtomatlashtirish sxemasida dispetcher operativ xodim sifatida 
dispetcher punkti orqali bevosita barcha rostlanuvchi inshoatlarni boshqaradi
ko’rsatuvchi asboblar yordamida suv tarqatish jarayonini nazorat qiladi va 
boshqaruvni yengillashtiruchi turli texnik vositalardan foydalanish imkoniyatiga 
ega bo’ladi (xisoblash texnikasi, kompyuterlashtirish). 
Ikkinchi sxema bo’yicha barcha rostlanuvchi qurilmalar (suv tortish, suv 
tarqatish, to’suvchi va boshqalar) belgilangan ish tartibini avtomatik ravishda 
rostlash maqsadida avtomatik rostlagichlar bilan ta’minlanadi. Dispetcher 
punktidan fakatgina avtomatik rostlagichlarning ish tartibini belgilovchi signallar 
uzatiladi, bu xolda dispetcher qurilmalarni boshqarish emas, ularni xolatini nazorat 
qilishni amalga oshiradi va faqat avariya xolatlaridagina operativ boshqaruvni 
bajarishi mumkin. Bu sxema birinchisiga qaraganda takomillashtirilgan, boshqaruv 
obektini doimo nazorat qilishi shart emas. Avariya xolatlarida agar telemexanika 
xonasi shikastlangan bo’lsa xam avtomatik rostlagich oldindan belgilangan ish 
tartibini saqlaydi. Dispetcher bajaruvchi boshkaruv funksiyasi soddalashadi. Zarur 
bo’lgan xolatlardagina u avtomatik rostlagichlarning joylashishini o’zgartirishi 
mumkin. Shuning uchun masofadan boshqarishda mahalliy avtomatlashtirish 
vositalarisiz faqat vaqtinchalik tadbir sifatida juda oddiy boshqaruv tizimlarida 
qo’llash mumkin. 
12.3. Gidrotexnika inshootlarini (GТI) avtomatlashtirish 
Suv tarqatishning rostlovchi GТI gidromeliorativ tizimlari kanallarining ish 
rejimlarini iste’molchiga uzatiluvchi suv srfini rostlashda qo’llaniladi. 
Suv olish inshooti (yoki bosh inshoot) sug’orish tormog’iga suv olishni 
rostlab turish uchun xizmat qiladi. Suv olish inshooti o’zi oqadigan va nasos orqali 


bo’ladi. Тarmoqdagi inshootlar kanallardagi suv sarfi va sathini hamda 
quvurlardagi bosimni murakkab relef sharoitida tarmoqning ayrim elementlari 
bir-biriga tutashishini suv chiqarishni rostlash uchun xizmat qiladi. 
Тarmoqdagi to’suvchi inshootlar magistral kanal bo’limlarida kerakli sathni 
ta’minlash va pastki tarmoqlarga suvni belgilangan aniqlikda yetkazib berishni 
amalga oshiradi. 
Suvni bo’lib beruvchi inshootlar ularga berilgan suvni belgilangan 
miqdorda ajratib bir necha kanallarga bo’lib beradi. 
Suvni tukish inshootlari kanallarda suv ko’payib ketganda ortikcha suvni 
chiqarib tashlash yoki sug’orish tarmog’ini to’liq bo’shatish yoki sug’orish 
tarmog’ini to’liq bo’shatish uchun qo’llaniladi. 
Тekis to’siqli GТI uzoq vaqtlardan boshlab qo’llab kelingan va ular xozirgi 
kunda ham keng tarqalgan. Shu bilan birga turli ko’rinishlarga ega bo’lgan 
tuskichlar ham qo’llab kelinyapti. Тuskichlarni tanlash asosan ularning asosiy
tavsifnomalari orqali amalga oshiriladi.
Avtomatlashtirilgan tizimlardagi tuskichlar mahsus rostlash xususiyatiga 
ega 
bo’lishi 
va 
ekspluatatsiya 
sharoitlariga 
javob 
berishi 
kerak. 
Avtomatlashtirilgan tuskich eng avval yuqori ishonchlilikka ega bo’lishi kerak. shu 
jumladan ular masofadan boshqariluvchi ko’tarish mexanizmlari va telemexanik 
boshqaruv, telenazorat, teleo’lchov vositalari bilan ta’minlashni zarur suvni 
xisobga olish uchun datchiklar va kontrol o’lchov asboblari o’rnatilishi kerak. 
GM tizimlarida 2 m/s gacha ish unumdorligiga ega bo’lgan tekis tuskichlar 
keng tarqalgan. Lekin bunday tuskichlarni elektirlashgan ko’tarma mexanizmlar 
bilan dispetcher boshqaruvi sharoitida qo’llash ularni yetarli darajada ishonchli 
emasligini ko’rsatadi. Buning sababi qurilishi montaj ishlarini olib borishda 
mexanizmlarga chetga chiqishlar yuzaga keladi. Bundan tashqari pazlarga turli 
suzuvchi predmetlar kirib qolishi xam ularga to’xtab qolishiga olib kelishi 
mumkiin. 
Shunday qilib ish sharoitiga ko’ra sirpanuvchi tuskichlar yuqori
ishonchlilikka ega emasligi ko’rinadi. Ularning o’rniga gildirakli tuskichlarni
qo’llash mumkin lekin bu holda ularning gildiraklarini ifloslanishdan ximoya 
qilish zarur ularning tayyorlash xam murakkabrok bo’lgani uchun qimmatroq 
turadi. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin