Ingenerlik geodeziyasi


 O`lchash xatoliklari va xatoliklar nazariyasi



Yüklə 4,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/88
tarix05.12.2023
ölçüsü4,35 Mb.
#138433
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88
Ingenerlik geodeziyasi

 
3.2.1. O`lchash xatoliklari va xatoliklar nazariyasi
 
Bir kattalikni ko`p marta o`lchash qanchalik tirishqoqlik bilan bajarilsa ham 
uning natijalari bir-birlaridan va bu kattalikning xaqiqiy o`lchamidan birmuncha farq 
qiladi. Agar o`lchash mukammalroq asboblar, usullarda, tajribali kuzatuvchilar 
tomonidan qulay tashqi muhitda bajarilsa, ularning izlanayotgan natijalari absolyut 
miqdori bo`yicha kichikroq xatoliklarga ega bo`ladi. Lekin bunday holda ham xatoliklar 
ta`siridan qugulish mumkin emas. Shu sababli o`lchashlar zaruriy aniqlikda bajarilishi 


7
1
kerak ortiqcha aniqlikka yerishish katta harajatlarga, etarli bo`lmagan aniqlik esa 
qutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. O`lchash natijasi l bilan o`lchangan 
kattalikning aniq (hakikiy) qiymati X orasidagi farq xatolik deyiladi.
(1)
U yoki bu kattalikning o`lchangan (hisoblangan) qiymatini nazariy qiymatdan 
farqi ham (1) formulada hisoblanadi, u holda natija bog`lanmaslik deyiladi. Masalan, 
kartada yassi uchburchak burchaklari o`lchanib, ularning yig`indisi 179°30' bo`lsa, 
uning nazariy qiymati
(X=180°) dan farqi bog`lanmaslik f= 179°30' 
-180° =-30'.
Xatoliklar kelib chiqishiga ko`ra qo`pol, muntazam va tasodifiy xatoliklarga bo`linadi.
Qo`pol xatolik deb 
xatoliklar qatorida absolyut qiymati bo`yicha boshqalardan 
katta farq qiladigan miqdorga aytiladi. Masalan, chiziqni o`lchashda lentani yotqizish 
sonini sanashda adashish yoki uning teskari tomonidan sanoq olish kabilar. Qo`pol 
xatolik o`lchovchi shaxsning o`z ishiga befarq qarashidan kelib chiqadi, qayta o`lchash 
orqali topiladi va to`zatiladi.
Muntazam xatolik deb
xatoliklar qatorida bir xil ishora va qiymatlar bilan 
takrorlanadigan xatoliklarga aytiladi. Muntazam xatoliklar o`lchayotgan shaxe, 
qo`llanilayotgan asbob va muhit xatoliklariga bo`linadi. Masalan, lentaning qabul 
qilingan (nominal) uzunligini haqiqiy uzunligidan farqi, lenta uzunligining xavo 
temperaturasiga qarab o`zgarishi, o`lchovchi shaxsni sanoqni oshirib yoki kamaytirib 
olishga odatlangani kabi xatoliklar bo`ladi. Demak bu xatoliklarni kelib chiqishi 
manbalari ma`lum qonuniyatlarga bo`ysunadi, shu sababli bunday xatoliklarning 
o`lchash natijasiga ta`sirini kamaytirish yoki yo`qotish mumkin.

Yüklə 4,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin