Ingenerlik geodeziyasi



Yüklə 4,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/88
tarix05.12.2023
ölçüsü4,35 Mb.
#138433
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88
Ingenerlik geodeziyasi

3.5.2.
 
Ko`rish trubasini ko`zga va narsaga to`g`rilash. 
Ko`zga to`g`rilash. Ko`rish trubasini ishlashdan oldin ko`zga to`g`rilash kerak. 
Kuzatuvchi trubani osmonga yoki ochiq devorga qaratganda to`r iplari ravshan va 
qoramtir bo`lib ko`rinmay, xira ko`rinsa, buni yaxshilash uchun okulyar trubkachasi 3 
(54-rasm) iplar yaqqol ko`ringuncha o`ng yoki chapga buraladi. Bu prostess trubani 
ko`zga to`g`rilash deyiladi. Yangi asboblarda okulyar trubkasi maxsus halqasimon 
moslamaga o`rnatiladi, bu moslama yordamida buralib ko`zga to`g`rilanadi; bu 
dioptriya halqa deyiladi.
Trubani narsaga to`g`rilash. Kuzatiladigan narsa asbobga nisbatan turli 
uzoqlikda bo`ladi, shunga ko`ra, uning tasviri fokusga yaqin bo`lmaganidan narsa 
tasviri xira ko`rinadi. Tasvirni ravshan qilish uchun kremaler vint 6 yoki ichki 
fokuslanadigan yangi asboblarda trubadagi kremaler halqa tasvir tiniq va ravshan 
bo`lguncha buraladi. Bu prostess trubani narsaga to`g`rilash yoki trubani fokuslash 
deyiladi.
Truba har nuqtaga qaratilganda fokuslanishi kerak. Trubani fokuslashda 
quyidagiga e`tibor berish lozim. Agar kuzatilgan narsa uzoqda bo`lsa, kremaler vint 
trubkasini (vintini) chapga (soat strelkasi yurishiga teskari), yaqinda bo`lsa, o`ngga 
(soat strelkasi yurishi tomoniga) burash kerak.


9
9
53-rasm. Iplar to`rining parallaksi 
Iplar to`rining parallaksi. Truba to`g`ri fokuslanmasa, iplar to`ri parallaksi 
vujudga keladi. To`g`ri fokuslanganda tasvir qq
1
iplar to`ri tekisligi RR
1
da (fokal 
tekislikda) hosil bo`ladi. Parallaks borligini bilish uchun okulyar oldida ko`z g o`ng yoki 
chapga, yuqori yoki pastga (g
1
va g
2
nuqtaga) harakat qildiriladi; shu vaqt tasvir qq
1
nuqta t da o`zgarmay tursa (53-rasm, a) to`g`ri fokuslangan bo`ladi. Agar fokuslash 
etarli darajada to`g`ri bo`lmasa, tasvir iplar to`ri oldida (53-rasm, b) yoki orqasida 
(53rasm, v) hosil bo`ladi. Bu hodisa iplar to`rining parallaksi deyiladi. Buni yo`qotish 
uchun kremaler vintini bir oz burash, ya`ni to`g`ri fokuslash kerak.
Ichki fokuslanadigal truba. Tashqi fokuslanadigan trubalarni fokuslashda 
okulyar tirsagi ob`ektiv tirsagida tashqi tishlar (zubchatka) yordamida harakat qiladi, 
bunda truba uzunligi o`zgaradi va havodagi chang-tuzon va namlik ta`sirida tishlar 
kirlanishi va zanglashi mumkin,
54-rasm. Ichki fokuslanadigan ko`rish trubasi 
L—ob`ektiv, L
3
—murakkab okulyar, L
2
—fokuslash linzasi, V
1
V
2
—to`rning 
tuzatgich vintlari, 00
1
—optikaviy o`q; 1—ob`ektivli tirsak, 2—patrubka, 3—iplar 
to`ri, 4—okulyar trubkachasi, 5—kremaler vint, 6—diafragma, 7—okulyar tirsagi, 
8—okulyar va ob`ektiv tirsaklar birlashgan joyi, t—to`r markazi. 

Yüklə 4,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin