1
3
91-rasm. Raqamli nivelirning sanoq olish sxemasi
TO`NTARISH – to`ntarilgan belgilardan (nishonlardan) foydalanishni beradi.
O`RNATISH – nivelirning parametrlarini o`rnatishni beradi va elektron teodolitni
o`rnatishda initsializatsiya protsedurasini eslatadi.
4.3.3. O`lchash protsedurasiga ta`sir qiladigan faktorlar
O`lchash jarayonidagi har bir protsedura, xato manbai bo`lishi mumkin va uning
oxirgi natijaga ta`sirini baholash talab qilinadi.
Yo`naltirish (nishonlash) va fokuslash.
Ko`rsatish mumkinki, 2 m oraliqdagi tasvirni olish uchun reyka enining 0.3 mm
kerak, 100 m oraliqdagi tasvirni olish uchun – faqat 14 mm keark. SHtrix-kodning eni
50 mm bo`lgani uchun, reykaning yuzi bilan (oldingi, yuz tomoni bilan) nivelirga qarshi
o`rnatilishi shart emas, natija, xatto reyka ko`rinish chizig`iga 45°
li burchak tusida
tursada, sanoq olinishi mumkin.
Balandlikning o`zgarish aniqligi tasvirning ravshanligi bilan bog`liq emas,
ammo, o`tkir fokuslangan ravshan tasvir, o`lchash uchun kerak bo`lgan vaqtni
kamaytiradi.
Tebranishlar va illiqlik xilpillashi.
1
3
SHtrix-kod tasviriga, shamol, transport harakati va boshqalar ta`sirida vujudga
kelgan kompensatorning tebranishiga o`xshab, ta`sir qiladi. Ammo, raqamli nivelirlash
ko`rsatuvlarni
talab qilmaganligi sababli, uning o`rniga kod seksiyasi bilan bog`liq,
xilpillash va tebranish uning uchun mo`shkil holat emas. Reykadagi masshtab xatolari
o`rtalashtiriladi.
Illyuminatsiya (yoritish).
Usul shtrix-kodning oq oraliqlaridan yorug`likning qaytishiga asoslanganligi
sababli reykani yorttish ahamiyatli bo`lib qoladi. Kun vaqtida yorug`likka bulutlik,
qo`yosh, kechki payt, soyalar ta`sir qilishi mumkin. Bu holatlarning hammasi nivelir
tomonidan hisobga olingan va ular yorug`lik kamayganda o`lchash vaqtining uzayishi
bilan xal bo`ladi.
Agarda nivelir sun`iy yoritishda foydalanilayotgan bo`lsa, uning spektr tarqalishi
kundagi yorug`lik bilan mos bo`lishi keark.
Reykalarni qo`llash.
Ayrim sharoitlarda shtrix-kod seksiyasining kerak bo`lgan bir qismi, soyalangan
bo`lishi (ravshan ko`rinmasligi) mumkin. Balandlik va masofalarni o`lchash
uchun
kodning kamida 30 elementi, hech bo`lmasa 70 mm reykaning seksiyasi kerak bo`ladi.
Bu, reyka seksiyasining 5 mm dan ko`p oraligidagi 30% gacha seksiyasi, soyalangan
bo`lishi mumkin. Seksiya 5 mm dan kam bo`lsa, reykaning hamma seksiyalari kerak
bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: