Ingenerlik geodeziyasi



Yüklə 4,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/88
tarix05.12.2023
ölçüsü4,35 Mb.
#138433
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88
Ingenerlik geodeziyasi

5.4.1. GPS segmentlari
GPS tizimi uchta segmentga bo`linishi mumkin: fazo (kosmik) segmenti, 
nazorat segmenti va foydalanuvchining segmenti.


1
6
102-rasm. GPS sun`iy yo`ldoshlarlari 
Kosmik (fazoviy) segment 400 kg sun`iy yo`ldoshlardan tashkil topgan, uchta 
zahira nikel-kadmiy batareyasi bilan ikkita quyosh paneli yerdamida energiya bilan 
ta`minlanadi (102-rasm). Boshqaruv fazasi hozirgi paytda uchta zahirasi bilan 26 sun`iy 
yo`ldoshlardan tashkil topgan. Ular deyarlik dumaloq orbitada yerni aylanish vaqti 12 
soat (11 soat 58 minut) bilan yer sathidan 20200 km balandlikda joylashgan. Oltita 
teng joylashgan orbita yassiligi (103-rasm) ekvatorga 55° burchak bilan egilgan, 
natijada gorizont ustida besh soat bo`lishini ta`minlaydi. Tizim buning bilan, hech 
bo`lmaganda to`rtta sun`iy yo`ldoshlar har doim ko`rinish doirasida bo`lishini 
kafolatlaydi.
Har bir sun`iy yo`ldoshlar o`zining 10.23 MGs ga teng bo`lgan (asosiy) 
chastotasiga ega va yuqori balandlikdagi chastota doirasida ikkita radio signalini 
yuboradi. Lj signali 1575.42 MGs (10.23 x 154), L2 esa 1227.60 MGs (10.23 x 120) 
chastotasiga ega. Bu signallar modullashtirilgan, kodi Qo`pol topib olish – Coarse 
Acquisition (C/A), hozir standart S-kodi va aniq P-kodi deb ataladi. Kodlar – bular, 
1.023 MGs chastotada (S-kod) va 10.23 MGs chastotada (P-kod) yuboriladigan soxta 
tasodifiy binar (ikkilamchi) qatorlardir (izchillikdir) (104-rasm). R-kod joyning aniq 
belgilanishiga (PPS) xizmat qiladi, S-kod – joyni standart holatida aniqlash xizmatidir 
(SPS). SPS absolyut nuqtaning joylashishini 100-300 m gacha aniqlikda, PPS esa – 5-10 
m gacha aniqlikda ta`minlaydi.
Aslida kodlar – bu, sun`iy yo`ldoshlardagi ultraaniq soatlar (ossillyatorlar) bilan 
bog`langan vaqtinchalik belgilardir. Har bir sun`iy yo`ldoshlarda 10-13 sekund 
atrofidagi aniqlikka ega bo`lgan uchta rubidiy yoki seziy soatlari bor. Bundan tashqari, 


1
6
L1 va L2 lar formatlashtirilgan, sekundiga 50 bit beriladigan sun`iy yo`ldoshlarning 
identifikatsiyasi, efemeridlar (osmon jismlarining jadvallari), vaqt to`g`risidagi 
axborot, ionosfera ma`lumotari va haqoza axborot ma`lumotlari bor.
Nazorat segmenti vaqtni belgilash, orbitalar va xususiy sun`iy 
yo`ldoshlarlarning mexanik sharoitlarini boshqarish vazifasini bajaradi. Na vaqtni 
belgilash tizimi, na orbitalar, ularni uzoq muddatga nazoratsiz qoldirish uchun, etarli 
darajada turgun emaslar.
Hozirgi paytda sun`iy yo`ldoshlarlar Colorado Springs dagi markazlashtirilgan 
boshqaruvi bilan Kwajalein, Hawaii, Ascension va Diego Garcia da joylashgan beshta 
nazorat stansiyalari bilan kuzatilmoqda.
 
103-rasm. GPS sun`iy yo`ldoshlarlarining birlashmasi: 24 sun`iy 
yo`ldoshlar, 6 orbital yassilik, egilish 55°, balandlik 20 200 km, aylanish 
vaqti 12 soat. 
(Wild Heerbrug tomonidan berilgan)
104-rasm. 10.23 MGs chastotada yuboriladigan soxta tasodifiy chastota 


1
6
GPS dan foydalanib o`rinni qayd qilishning asosiy prinsipi teskari kestirma 
prinsipi bo`lgani uchun, uchta nuqtalargacha (sun`iy yo`ldoshlarlargacha) ma`lum 
masofalardan foydalanib sun`iy yo`ldoshlarlarning o`rnini aniqlash (ma`lum 
koordinatalar tizimida) juda muhim bo`ladi. Sun`iy yo`ldoshlarlarning joylashuvini, 
ular tomonidan yuboriladigan “translyasiya qilinadigan (beriladigan) efemerid” deb 
ataladigan ma`lumotlardan olinadi. Joylashuvi to`g`risidagi ma`lumotlar hamma 
kuzatayotgan stansiyalardan ishlov berish uchun markaziy boshqaruvga yuboriladi. 
Ushbu ma`lumotlar sun`iy yo`ldoshlarning ilgarigi orbitadagi o`rni bilan 
kombinatsiyasi, sun`iy yo`ldoshlarning jolashuvini bir necha soat oldin prognoz qilish 
imkonini beradi. Ushbu axborot har sakkiz soatda, kyinchalik foydalanuvchiga 
yuborish uchun, sun`iy yo`ldoshlarga to`ldiriladi (yuboriladi). Hozirgi paytda orbitadagi 
joyni aniqlash 10 metrgacha aniqdir, agarda u yangilab turilmasa, yomonlashishi 
mumkin.
Markaziy boshqaruvi AQSHning dengiz observatoriyasining (US Naval 
Observatory - Vashingtonda, Kolumbiya okrugi - Vashingtonda, DC.) vaqtinchalik 
standartlari bilan bog`langan. Shunday usul bilan sun`iy yo`ldoshlardagi vaqt universal 
bilan bog`lanib yuboriladigan vaqt bir biriga moslanishi mumkin. Muntazam yangilatib 
turishni talab qiladigan boshqa ma`lumotlar – bu, o`lchangan masofalarga sinish 
tuzatmasini hisoblash uchun ionosferani belgilaydigan ko`rsatkichlardir.
Foydalanuvchining segmenti, asosan energiya bilan ta`minlovchi
asbob bilan ixcham priyomnik\protsessordan va yo`naltirilmagan antennalan iborat 
(105-rasm). Protsessor odatda, daladagi ma`lumotlarga ishlov berish uchun 
mikrokompyuterni ifodalaydi.
GPSning priyomniklari.
Priyomniklar asosan soxta-oralik yoki ma`lumotli faza to`g`risidagi 
ma`lumotlarni, hech bo`lmaganda to`rtta sun`iy yo`ldoshlardan oladilar. GPS 
texnologiyalari juda tez rivojlanayotganligi sababli, faqat eng muhim protsedura 
tavsiflarini ko`rib chiqish mumkin. Foydalanilayotgan priyomniklarning turlari (106-
rasm) foydalanuvchi tomonidan qo`yilayotgan talablar bilan bog`lik bo`ladi. Misol 
uchun, agarda GPS joyning ham absolyut, ham nisbiy o`rnini aniqlash uchun lozim 
bo`lsa, unda soxta-oralikdan (harakat doirasidan) foydalanish kerak. Agarda talab – 


1
6
yuqori aniqlikda nisbiy o`rinni topish bo`lsa, unda kuzatildigan element, ma`lumotli 
faza bo`ladi. Ushbu dastlabki mulohazalardan ko`rinib turibdiki, soxta-oralik bilan 
haqiqiy vaqtda joyni aniqlash uchun foydalanuvchiga axborotlarning navigatsiyasi 
blokiga (Broadcast Ephemerides – translyasiya efemeridlariga) kirish imkoni bo`lishi 
kerak. Agarda ma`lumotli to`lqin foydalanilsa, unda ma`lmotlar postprotsessorda 
ishlov berilsa, unda tashqaridagi aniq efemerid foydalanilishi mumkin. SHunday qilib, 
axborotlarning navigatsiya bloki muhim bo`lsa, kod bilan bog`langan priyomnik 
foydalaniladi. Agarda talab ma`lumotli fazada va postprotsessorda bo`lsa, unda kodsiz 
priyomnikdan foydalanish afzalroq bo`ladi.

Yüklə 4,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin