IS-95 standartining asosiy xususiyatlari.
Bu standartni ishlab
chiqishdan asosiy maqsad KSAT sig‘imini analoglilarga qaraganda
kattalashtirishdir. CDMA tizimiga qo‘yiladigan texnik talablar
aloqa sanoati assotsiyasi (TIA) tomonidan quyidagi standartlarda
ifodalangan:
IS-95-CDMA radiointerfeysi
IS-96-CDMA so‘zlashuv xizmatlari
IS-97-CDMA ko‘chma stansiya
IS-98-CDMA tayanch stansiyasi
IS-99-CDMA ma’lumotlarni uzatish xizmati
210
Tizim AMPS/DAMPS standartlari KSAT tarmoqlari uchun
ajratilgan 800 MHz diapazonda ishlash uchun mo‘ljallangan.
CDMAning texnologik afzalliklaridan biri bo‘lib aloqani sir saqlash
(maxfiyligi) hisoblanadi, shuning uchun xabarlarni shifrlash talab
qilinmaydi.
IS-95 standarti Uolsh funksiyalarining 64 ketma-ketliklari
asosida chastotalar spektrini to‘g‘ri kengaytirishni qo‘llaydi.
So‘zlashuv xabarlari o‘zgarish tezligi 8000 bit/s bilan CELP
algoritmi bo‘yicha o‘zgartiriladi, kanallarda esa xalaqitga
chidamlilikni oshirish uchun qo‘shimcha simvolni hisobga olgan
holda 9600 bit/s gacha yetkaziladi. Tizim 4800, 2400 va 1200
bit/s tezliklarda ishlash rejimini ta’minlaydi. “Pastga” uzatishda
tizimda 1/2, “yuqoriga” esa 1/3 tezlik bilan o‘ramli kodlashtirish
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, uzatilayotgan xabarlarning
navbatma-navbatligi, qabulda esa “yumshoq” yechimli Viterbi
dekoderi qo‘llaniladi.
Qualcomm CDMA standartidagi aloqa kanal 1.25 MHz
polosani egallaydi, azosiy tavsiflari va texnik parametrlari esa
13.5-jadvalda keltirilgan.
13.5-jadval
Qualcomm CDMA standartining asosiy tafsifi va texnik
parametrlari
MS uzatish chastota diapazoni 824,040–848,970 MHz
BTS uzatish chastota diapa-
zoni
869.040–893.970 MHz
MS tashuvchi chastotasining
nisbiy nomo‘tadilligi
+ 2,5 *10-6
BTS tashuvchi chastotasining
nisbiy nomo‘tadilligi
+ 5 *10
-8
211
Modulyatsiya turining nisbiy
nomo‘tadilligi
QPSK (BTS), O-QPSK (MS)
Uzatiluvchi signal spektrining
keng ligi
– sathi 3 dB bo‘yicha
– sathi 40 dB bo‘yicha
PTKning takt chastotasi
1,25 MHz
1,50 MHz
1,2288 MHz
PTKdagi elementlar soni
– BTS uchun
– MS uchun
32768 bit
2
42
– 1 bit
BTSning 1 ta tashuvchisidagi
kanallar soni
1 pilot kanali
1 signalizatsiya kanali
7 shaxsiy chaqiriq kanallari
55 aloqa kanallari
MSning kanallari soni
1 foydalanish kanali
1 aloqa kanali
Ma’lumot uzatish tezligi
– sinxronizatsiya kanalida
– shaxsiy chaqirish va foydalanish
kanalida
– aloqa kanalida
1200 bit/s
9600,4800 bit/s
9600,4800,2400,1200 bit/s
BTS uzatish kanallaridagi
kodlash
(sinx. kanali. shaxsiy chaqiriq.
aloqasi)
O‘ta aniqlik bilan kodlash
r=1/2,K=9
MS uzatish kanallaridagi kod-
lash
U=1/3, K=9 Uolsh signali
bilan 64 lamchi kodlash
Qabul qilgichdagi axborot
bit energiyasining shovqin
spektral zichligining nisbati
(E
n
/N
0
)
6–7 dB
212
BTSning maksimal samarali
uzatish quvvati
50 Vt gacha
MS ning maksimal samarali
uzatish quvvati
– 1 sinf
– 2 sinf
– 3 sinf
6,3 W
2,5 W
1,0 W
MS uzatgichining quvvatni
boshqa rish aniqligi
+/- 0,5 Db
Qabul qilishda akslanish natijasida har xil kechikish bilan kelgan
signallarga alohida ishlov beriladi, so‘ng vazn bo‘yicha qo‘shish
amalga oshiriladi. Qabulning bunday tarzda amal qilinishi ko‘p
nurlilik effektining salbiy ta’sirini yetarli darajada pasaytiradi.
Signallarga alohida raqamli ishlov berish uchun har bir qabul
kanalida 4 ta korrelyator BTSda, 3 ta korrelyator MSda parallel
ravishda ishlaydi. Bundan tashqari parallel ishlovchi korrelyatorlar
sotalarni kesib o‘tishda “Estafetali uzatib berish”ning (
Soft
Handoff
) ohista o‘tish rejimini amalga oshirish imkoniyatini
yaratadi. Bu MSning ikkita va undan ko‘p BTSlar tomonidan
boshqarilishi hisobiga yuzaga keladi.
CDMA standartining umumlashtirilgan strukturaviy sxemasi
quyidagi sxemada keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, keltirilgan
sxemaning asosiy elementlari KSATning analogli va raqamli
standartlarida qo‘llaniladigan elementlariga o‘xshashdir. Tafovut
faqat sifatni baholovchi va kadrni tanlovchi
(SU – Selection
Unit)
qurilmaning qо‘llanilishidadir. Bundan tashqari, “estafetali
uzatishning” ohista rejimini amalga oshirish uchun turli
kontrollerlar (BSC) tomonidan boshqariluvchi BTS lar orasiga
SU va BSC (Inter BSC Soft Handoff) o‘rtasidagi uzatish liniya
kiritiladi.
Aloqa o‘rnatish protokollari CDMA dagi to‘g‘ri
(forward),
teskari
(reverse)
, “yuqoriga” uzatishlarga bo‘lingan mantiqiy
kanallardan foydalanadi.
213
To‘g‘ri pilot kanali MSning tarmoq bilan sinxronlashuvi va
BTS signallarini vaqt, chastota va faza bo‘yicha nazorat qilish
uchun xizmat qiladi.
Sinxronlashtirish kanali BTSni, pilot signal nurlashish darajasini,
BTSdagi PTKning fazalarini identifikatsiyalash uchun foydalaniladi.
BTS
SU
SU
BTS
BTS
BTS (Base Tranceiver Station)
– Tayanch qabul qiluvchi uzatuvchi stansiya
BSC (Base Station Controller)
– Tayanch stansiyalar kontrolleri
OMC (Operation and Maintenance Centre)
– Boshqarish va xizmat ko‘rsatish markazi
SU (Selector Unit)
– Kadr saralaydigan qurilma
DB(Date Base)
– Abonentlar va qurilmalar haqida ma’lumotlar bazasi
MSC(Mobile Switching Centre)
– Ko‘chma aloqa kommutatsiya markazi
BTS
BSС
BSС
BSС
BSС
PSTN
ISDN
PDH
BSС
CDMAli tizimda o‘zaro xalaqitni pasaytirish va buning
natijasida tarmoq sig‘imini kengaytirish usullaridan biri bo‘lib
bu nutq aktivligining detektorini va CELP algoritmli vokoderni,
shuningdek analog so‘zlashuv signalini raqamli signalga
aylantirishning o‘zgaruvchan tezligini ishlatish asosida nutqni
uzlikli uzatish hisoblanadi.
IS-95 standartida xabarlar uzatilishi kadrlar bilan amalga
214
oshiriladi, qo‘llanilayotgan qabul texnologiya esa har bir axborot
kadridagi xatolarni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Bunda, agar
xatolar soni yo‘l qo‘yiladigan qiymatdan oshib ketsa, unda kadr
o‘chiriladi
(frame erasure)
. O‘z navbatida “bitlarni o‘chirish
chastotasi” E0/N0 munosabat bilan aniqlanadi. Sotadagi aktiv
abonentlar soni ko‘payganda, o‘zaro xalaqitlar tufayli E
0
/N
0
nisbat pasayadi, xatolar takrorlanishi esa oshadi. Bunday xatolar
kattaligi bo‘yicha umumiy normalar hali qabul qilinmagan,
shuning uchun turli xil ishlab chiqaruvchi firmalar o‘zlari
tomonidan tez-tez uchrab turadigan xatolarning joiz qiymatini
qabul qilishadi. Masalan Qualcomm firmasi xatolarning tez-tez
sodir bo‘lish qyimat kattaligini uch foizga teng deb hisoblaydi,
bunda CDMA tizimining sig‘imi AMPS tizimiga qaraganda
20..30 marta kattalashadi. O‘z navbatida Motorola firmasi yo‘l
qo‘yiladigan xatolar soni bir foizga teng deb hisoblaydi, unda
AMPS tizimiga qaraganda CDMA tizim sig‘imi faqat 15 marta
kattalashadi.
Motorola firmasining ma’lumotlariga asosan E
0
/N
0
=7…
8dB nisbatda va yo‘l qo‘yilgan xatolar takrorlanishi bir foiz
bo‘lganda uch sektorli sotada 60 tagacha aktiv kanallar tashkil
qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |