1.3.2. WiMAX texnologiyasining yaqin yillardagi
rivojlanish istiqbollari
Hozirgi kunda asosan IEEE 802.16.2004 va IEEE 802.16e ver-
siyalari orqali ma’lum bo‘lgan WiMAX standarti kabelli tarmoqlar
darajasidagi yuqori o‘tkazish qobiliyatini va katta radiusli hududda
keng polosali ulanishni ta’minlaydigan simsiz aloqa texnologiya-
sidir. WiMAX jihozlari 2–11GGs diapazonida 10MGs kenglikda-
gi bir nechta kanallarda ishlaydi. Turli davlatlarda chastotalarning
o‘ziga xos tarzda taqsimlanishi WiMAX texnologiyasidan har xil
diapazonlarda ishlash imkoniyati zaruratini taqozo etadi. Masa-
lan, WiMAX uchun Shimoliy Amerikada 2,5GGs va 5GGs dia-
pazonlari, Markaziy va Janubiy Amerikada 2,5GGs; 3,5GGs va
5GGs diapazonlari, Yaqin Sharq, Afrika, G‘arbiy va Sharqiy Yev-
ropada 3,5GGs va 5GGs diapazonlari, Osiyo va Tinch okean
regionida esa 2,3GGs; 3,5GGs va 5GGs diapazonlaridagi chasto-
talar ishlatilishi ko‘zda tutilgan.
Real tizimlarda IEEE802.16 standartining barcha rejimlari va
imkoniyatlari hali o‘z ifodasini topmagan bo‘lsa-da, yangi tex-
nologiya ishlamoqda va rivojlanmoqda. IEEE802.16 standartidagi
OFDMA TDD rejimini simsiz aloqa global standartlari – IMT-
2000
(IMT-2000 OFDMA TDD WMAN)
tarkibiga kiritish haqidagi
HTIning 2007-yilning 19-oktyabridagi qarori buning tasdig‘idir [6].
22
Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, WiMAX faqat texnologiya si-
fatidagina emas, balki axborot fazosini qurishdagi yangi yondashuv
sifatida ham e’tirof etiladi. Ammo bu texnologiyaning kelgusida
qan chalik muvaffaqiyatli bo‘lishini mobil aloqaning istiqbolli stan-
dartlari (xususan, LTE va LTE Advanced standartlari) bilan raqo-
bat belgilaydi va buni vaqt ko‘rsatadi. Hozircha WiMAX tarmoqlari
o‘z rivojini davom ettirmoqda, IEEE 802.16 standartlari ham bir
joyda turmayapti. Xususan, yaratilish va muhokama etish bosqichi-
da qator yangi to‘ldirishlar turibdi. Ayni paytda tizimning ma’lu-
mot almashish tezligini oshirish (100Mbit/sek dan yuqori), spektral
samaradorligini va aloqa sifatini ko‘tarish, yangi mobillik (harakat)
darajalarini kiritish va foydalanuvchilarning katta guruhlarini sa-
marali qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan yangi radiointerfeysni
ko‘zda tutgan IEEE 802.16m loyihasi faol muhokama qilinmoqda.
Shu bilan birga, IEEE 802.16 Rev2 standartining aniqlashtirilgan
versiyasining paydo bo‘lishi ham kutilmoqda. Bu versiyaga ko‘p
oraliqli rele tarmoqlari bo‘yicha to‘ldirishlar (802.16j) va boshqa
qator hujjatlar kiradi.
Ko‘rib turganimizdek, mobil va keng polosali aloqa tizimlari va
texnologiyalari ulkan rivojlanish jarayonida turibdi hamda inson
faoliyatining turli sohalariga yanada ko‘proq kirib bormoqda. Bu
jarayonlarni chuqur o‘rganish, mobil texnologiyalar rivojlanishi
masalalaridan xabardor bo‘lish, ularning istiqbollari va rivojlanish
tendensiyalarini bilish mamlakatimizda mobil aloqa tizimlarining
rivojlanishi va joriy etilishining ratsional strategiyalarini aniqlash
uchun juda muhim. Shundan kelib chiqib, mustahkam nazariy va
amaliy bilimlarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlash dolzarb
masala hisoblanadi va “nazariyot-amaliyot” bog‘lovini puxtalash-
ga xizmat qiladi. Aloqa tizimlarining zamonaviy rivojlanishini tur-
li jarayonlar, chunonchi: bir tomondan, statsionar va mobil tar-
moqlarning birlashishi (konvergensiya, internetga mobil ulanish,
IP-telefoniya), boshqa tomondan, aloqa tarmoqlarining global-
lashtirilishi (mikrosotalardan makrosotalarga va yo‘ldoshli tarmoq-
larga) va, nihoyat, abonent terminallarining universallashtirilishi
23
(3G, 4G har xil tarmoqlarida ishlay oladigan ko‘p tizimli, ko‘p
rejimli va ko‘p funksiyali “aqlli telefonlar” — smartfonlar) orqali
ifodalash mumkin. Yagona global tarmoq infratuzilmasini yaratish
g‘oyasi aslida ancha avvaldan mavjud bo‘lib, “IMT-2000” dasturi
doirasida simsiz ulanish, sotali va sun’iy yo‘ldoshli aloqa universal
tizimlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi ilgari surilgan
edi. Yagona xalqaro standart yaratishning asosiy g‘oyasida yuqori
funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan va shu bilan birga qimmat
bo‘lmagan portativ terminallar yordamida xizmatlar taklif etish
ko‘zda tutilgan edi. Ma’lumki, uchinchi avlod tizimlari darajasi-
da ushbu maqsadga erishish mumkin bo‘lmadi, lekin IMT-2000
doirasida bu yo‘nalishdagi ishlar to‘xtab qolmadi va standartlarni
birlashtirish bo‘yicha yangi g‘oyalar IMT-Advanced nomini olgan
to‘rtinchi avlod tarmoqlarini yaratish dasturida o‘z aksini topdi.
2009-yilning 7-oktyabrida 3GPP hamkorlik loyihasi IMT-Ad-
vanced dasturi tarkibiga kiritish uchun LTE-Advanced (3GPP 10
Reliz) texnologiyasini rasman taqdim qildi. Bu taqdimot barcha
3GPP va 3GPP-2 hamkorlik tashkilotlari: ARIB, ATIA, CCSA,
ETSI, TTA va TTS tomonlaridan qilingan edi. LTE-Advanced
texnologiyasi spetsifikatsiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar
2010–2011-yillar davomida bajarildi.
Shu orada, mobil aloqa dunyosining yirik operatorlari va jihoz-
lar ishlab chiqaruvchilar birgalikda yangi 4G texnologiyalarini va
ularning real funksional imkoniyatlarini aniqlash maqsadida si-
novlar o‘tkazdilar. 2005-yildayoq, Yaponiyaning yirik operatori
— NTT DoCoMo, mobil aloqa yangi standarti bilan ishlashdagi
yutuqlarini xabar qildi, ya’ni simsiz kanallar bo‘yicha 100Mbit/
sek tezlikda ma’lumot uzatish bo‘yicha muvvaffaqiyatli tajribalar
o‘tkazdi. 2006-yilning ikkinchi yarmida yirik milliy va xalqaro ope-
ratorlar keyingi avlod mobil tarmoqlarini yaratish buyicha rasmiy
hamkorlikni boshladilar.
“Next Generation Mobile Network Coope-
ration”
(NGMNC) nomini olgan ishchi guruh to‘rtinchi avlod
mobil tarmoqlari oldiga qo‘yiladigan talablarini aniqlash uchun
butun dunyoning GSM va CDMA operatorlarini birgalikda to‘pla-
24
di. Guruhning asosiy a’zolari Sprint Nextel (AQSH), T-Mobile
(Germaniya), Vodafone (Buyuk Britaniya), KPN (Gollandiya) va
Orange (Fransiya) kompaniyalari bo‘ldi, keyinchalik esa ularga
NTT DoCoMo (Yaponiya) va China Mobile (Xitoy) kompani-
yalari qo‘shildilar. Guruhning bosh texnologik vazifalaridan biri
barcha 3G texnologiyalarining, xususan UMTS va EV-DO tizim-
larining, 4G darajasiga asta-sekin o‘tishini ta’minlash bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |