236
s oblanib, ularni paydo bo‘lishining asosiy
sababi yuqorida aytib
o‘tilgan abonentning turli tipdagi tarmoqlar orasida ko‘chib yu-
rishi jarayonida mobillikni ta’minlash talabidir. S-GW va P-GW
shlyuzlarini yagona
shlyuz sifatida nomlanganda, IASA
(ingl. In-
ter Access System Anchor)
nomi ishlatiladi, agarda ular yagona
tarmoq elementi sifatida ishlatilgan bo‘lsa, bunday element – ula-
nish shlyuzi aGW
(ingl. access GW)
deb nomlanadi.
EPC tarmog‘ining funksional elementlarini
qurilma jihatdan
birlashshtirish yoki tarmoq bo‘yicha taqsimlash mumkin,
bu esa
qo‘llaniladigan qurilmalar va tarmoqning xususiyatlariga bog‘liq.
Masalan, MME hamda S-GW modullari o‘zaro aralash bo‘lishi
yoki tarmoqning turli tugunlarida joylashgan bo‘lishi mumkin.
Nazorat savollari:
1. WiMAX tayanch tarmog‘i tugunlarining o‘zaro ta’sirlashishi
qanday amalga oshadi? Tayanch nuqtalarning funksiyalarini qis-
qacha bayon eting.
2. WiMAX tarmog‘idagi mobil ruxsat etish rejimini bayon eting.
3. WiMAX tarmog‘i topologiyasi umumiy ko‘rinishda qanday ko‘ri-
nadi? WiMAX tarmog‘i topologiyasining modifikatsiyasini keltiring?
4. WiMAX tarmog‘i Mesh rejimda qanday tashkil etiladi?
5. WiMAX tarmoqlarini qurishga bog‘liq qanday murakkab-
liklar mavjud?
6. Nurlarni shakllantirilishi usulini (beamforming) bayon eting.
Nurlarni shakllantirilishi usulini qo‘llanilishining qanday
ijobiy
tomonlari mavjud.
7. Nurlarni shakllantirilishi usuli va MIMO texnologiyalarini
birlashtirishda qanday murakkabliklar mavjud?