253
peyd jingi yuboriladi. AUning bir necha TA lar orasida harakat
qilganida qayta-qayta TAU jarayonini bajaravermaslik uchun,
LTE tizimida AUning bir vaqtning o‘zida bir nechta TA zonalari-
da ro‘yxatdan o‘tishi ko‘zda tutilgan.
16.4-rasm.
“Noaktiv LTE” holatida TAU jarayoni va “pastga”
yo‘nalishda trafikni o‘tkazish jarayoni.
3GPP doirasida shu masala bilan bog‘liq LTE tizimlarida
“afzal kuzatuv zonasi” mexanizmini ishlatish bo‘yicha qizg‘in
munozaralar olib borilgan. Ilgarigi texnologiyalarda (misol
uchun
GSMda), odatda, turg‘un kuzatuv zonalari ishlatilgan. Lekin, ho-
zirgi kunda TAU trafigini sotalar orasida bir tekis taqsimlaydigan
va har bir AUning “mobillik” xususiyatlarini hisobga olgan holda
TAU jarayoniga sarflanadigan umumiy yuklatishni kamaytirish
hisobiga (ya’ni, “ping-pong” effektidan xalos qiladigan) yanada
mukamallashtirilgan uslublar mavjud.
Xususan, 3GPP loyihasida standartga qo‘shish
uchun bir
necha quyidagi nomzod mexanizmlar taklif qilingan edi: bir-biri-
ni qoplov chi TAlar, ko‘p sonli TAlar va masofa asosidagi TA-
lar sxemalari. Natijada, 3GPP doirasidagi mulohazalarga asosla-
nib ko‘p sonli TAlar sxemasi qabul
qilindi va u ortiqchalik
(rus.
254
дублирование)
ga yo‘l qo‘ymaydi deb hisoblandi. Bunday sxema-
da AU bir emas bir nechta TAlar yig‘indisi
(ingl. TA set
)da ro‘y-
xatdan o‘tgan bo‘lishi mumkin (16.5-rasm).
Shunday qilib, bu sxemada AU o‘z harakatida ro‘yxatdan o‘tgan
TAlar guruhi zonasida bo‘lganida TAU jarayoni bajarilmaydi. AU
o‘z TA lar guruhi chegarasidan chiqishi bilan TAU jarayoni boshla-
nadi. Natijada ushbu AU uchun qayd qilingan TAlar guruhi yangi-
lanadi yoki uni tarkibi o‘zgaradi. TAlar guruhining shakllanishi har
bir AU uchun “personallashtirilgan”
asosda amalga oshiriladi va
bunday moslashuvchanlik TAU jarayonlari hisobiga umumiy tar-
moq yuklanishini ancha kamaytirishiga imkon beradi.
AU2 TA2 TA4 TA3 da
ro‘yxatga
olingan
AU1 TAU protsedurasini eNB1 orqali
amalga oshiradi
AU1, TA1,
TA3, TA2 da
ro‘yxatga olingan
AU2 TAU protsedurasini
eNB2 orqali amalga
oshiradi
AU1 TAU protsedurasini
eNB3 orqali amalga oshiradi
X-TAU protsedurasini amalga oshiradi
AU3 TA5 da
ro‘yxatga olingan
Dostları ilə paylaş: