257
Ma’lumotlar buferini qayta yo‘naltirishda, “xendover” haqida
qaror qabul qilingandan so‘ng “uy” eNB AU uchun mo‘ljallan-
gan va buferda saqlangan barcha ma’lumotlarni mehmon eNB ga
X2 interfeysi yordamida jo‘natadi.
Agarda eNB tugunlari orasi-
da X2 interfeysi tashkil qilinmagan bo‘lsa, u holda AUga barcha
ma’lumotlar MME orqali S1 interfeysi yordamida yo‘naltiriladi.
Ikki marta yuborish mexanizmida S-GW shlyuzi ma’lumotlarni
AUning joylashish tasodifi eng yuqori bo‘lgan eNBlar guruhiga (“uy”
eNBni ham qo‘shgan holda ikki yoki ko‘proq eNBlarga) yuboradi.
Aytib o‘tish joizki, ma’lumotlarni ikki marta yuborish mexanizmi ma-
gistral liniyalarning ancha katta o‘tkazuvchanligini talab qiladi, lekin
ma’lumotlarning yo‘qolishidan to‘liq kafolatlamaydi.
Katta muammo
ma’lumotlarni yuborish vaqtini aniqlashdadir: agar yuborish vaqtdan
ilgari amalga oshsa, bu magistral liniyalarda yuklanishni oshishiga, agar
kechiktirilsa — ma’lumotlar paketini yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Shularni hisobga olgan holda, 3GPP
loyihasi LTE tarmoqlari
ichidagi “xendover” jarayonlarida ma’lumotlar buferini qay-
ta yo‘naltirish mexanizmini ishlatishga qaror qildi. Bunda “uy”
eNB trafikning turiga qarab uni qayta yo‘naltirish bo‘yicha o‘zi
qaror qabul qilishi mumkin. Misol uchun, agar trafik real vaqt
masshtabida bo‘lmasa, qayta yo‘naltirishda ma’no bor, aks holda
– bundan ma’no yo‘q (16.6-rasm).
Mezbon eNB
Mehmon eNB
S-GW
CQI
kanali holati
haqida ma’lumotnoma
a)