305
“Pastga” kanalda tayanch belgilaridan tashqari, sotalarni iden-
tifikatsiyalash va sinxronlashtirish
uchun xizmat qiladigan sin-
xronlashtirish belgilari ham uzatiladi.
LTE tizimida “pastga” kanalda signalni shakllantirish ax-
borotlarni raqamli uzatuvchi zamonaviy tizimlardagidan ko‘p
farqlanmaydi (20.4-rasm). Jarayon kanal kodlashi,
skrembl lash,
modulyatsion simvollarni shakllantirish, ularni antenna portlari
va resurs elementlar bo‘yicha taqsimlash
va OFDM simvollar-
ni yaratish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Kanal kodlashi
MAC-darajasidan keladigan ma’lumot bloklari uchun nazorat
summalarini (CRC-24) hisoblashni ko‘zda tutadi.
Bundan
so‘ng nazorat summalik bloklar koder vositasida 1/3 tezlik-
da kodlanadi. LTEda qisqartirishli kodlash yoki turbo-kodlash
qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan. Kodlashdan so‘ng
oqim aralashti-
rish
(rus. перемежение)
jarayonidan o‘tib skremblerga tushadi
va u yerda skrembllash muolajasidan o‘tadi. Keyin kompleksli
modulyatsiya simvollari shakllanib (QPSK, 16-QAM va 64-
QAM), ular resurs elementlari bo‘yicha taqsimlanadi. Bundan
keyin, OFDM-simvollari yaratiladi
va ularning ketma-ketligi
berilgan chastota diapazonida chiquvchi YUCH signalni shakl-
lovchi modulyatorga yuboriladi. Qabul qilgich tomonida bu ja-
rayonlarni barchasi teskari tartibda bajariladi.
Yuqorida
bayon etilganidek, E-UTRAN radioulanish tar-
mog‘ida “pastga” yo‘nalishi uchun 4-ta transport kanali
aniqlangan:
Dostları ilə paylaş: