Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   289
Raqamli mobil aloqa

2.1-rasm. 
Tizimli protokollarni multipleksirlash.
ARSO-25 raqamli tranking aloqasi standarti “ochiq stan-
dart” statusiga ega bo‘lib, Shimoliy va Janubiy Amerika
shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya davlatlarida 
keng qo‘llaniladi. ARSO-25 loyihasiga bog‘liq tadqiqotlar va 
standartlash ishlari 1992-yilda tugatilgan, lekin standartning 
spetsifikatsiyalari bir necha marta qayta to‘ldirildi. ARSO-25 
standarti analog va raqamli tarmoqlarni hamda tranking va kon-
vensional tarmoqlarning o‘zaro ishlash imkoniyatini ta’minlay-
di. Shuningdek, mavjud bo‘lgan analog tarmoqlaridan raqamli 


31
tarmoqlarga ravon o‘tish maqsadida standart ikki bosqichda 
amaliyotga tatbiq etilmoqda. Texnik nuqtayi nazardan ikkinchi 
bosqichga o‘tish chastotalar to‘ri qadamini ikki marta kamay-
tirish (ya’ni 6,25kGs gacha) va spektral jihatdan samarador 
bo‘lgan CQPSK modulyatsiya usulidan foydalanish kabi yangi-
liklar hisobiga bo‘lmoqda [8]. Shu bilan birga, kanallarni vaqt 
bo‘yicha ajratish, ya’ni TDMA texnologiyasidan foydalanish 
hisobiga APCO-25 tizimlarini TETRA standarti bilan birlash-
tirish masalasi ham ilgari surilmoqda.
2.2-rasm. 
Tizimli arxitektura.
GSM sotali aloqa standartining yutuqlaridan ta’sirlanib, ETSI 
instituti 1994-yilda TETRA
 (ingl. Trans European Trunked Ra-
dio
) “Raqamli tranking aloqa transevropa ochiq standarini” 
yaratdi. Keyinchalik standartga boshqa mintaqalarning ham kat-
ta qiziqishi tufayli uning ta’sir etish hududi faqat Yevropa bilan 
cheklanib qolmadi va hozirgi vaqtda TETRA qisqartmasi “Yer 
sirti tranking radioaloqasi” 
(ingl.
Terrestrial Trunked Radio



32
nomi bilan yoyilmoqda. TETRA standarti asosiga turli chasto-
talar diapazonlarida va aloqa protokollari bilan farq qiladigan 
tarmoqlarni minimal xarajatlarda yaratishga imkon beradigan 
universal texnik yechimlar qo‘yilgan. TETRA tizimi chastota 
resursini tejash bilan bir qatorda (25 kGs chastotalar polosasi-
da 4 ta mantiqiy kanal) istiqbolda 3-avlod xizmatlarini taqdim 
etish va turli joriy etish ssenariylarini ko‘zda tutib, funksional-
likni oshirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ta’minlaydi. TETRA 
standarti rivojlanishda davom etmoqda va uning bazasida yuqori 
tezlikda ma’lumotlarni simsiz uzatish tizimlari ishlab chiqilmoq-
da (standartning hozirgi TETRA V+D versiyasi 28,8kbit/sek 
maksimal ma’lumot uzatish tezligini ta’minlaydi). Kanallarning 
paketli kommutatsiyalovchi standartining TETRA PDO yangi 
versiyasida esa 32kbit/sek tezlikka erishiladi. Bundan tashqari, 
standartning ishchi chastotalar diapazonini kengaytirish, uni 
dengiz va aviatsiya xizmatlari (vertolyotlar va uchish tezligi 500 
km/soat bo‘lgan yengil samolyotlar), qishloq joylarida aloqani 
tashkil etish (100 km gacha masofalarda) va boshqa vazifalar 
uchun moslashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda [9].
PMR tizimlarining keyingi rivojlanishi foydalanuvchilarning 
o‘sib borayotgan talablarini qondirish uchun aloqa rivojlanishi-
ning zamonaviy an’analarini hisobga oluvchi yangi xizmatlarni 
o‘z spetsifikatsiyalariga kiritishga qaratilgan. Xususan, umumiy 
foydalaniladigan tarmoqlar (Internet) hamda korporativ tarmoq-
lar orasida tarmoqlararo o‘zaro ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan 
IP protokoli asosida qurilgan tarmoqlardan foydalanish taklif 
etilmoqda. Bunday tarmoq qo‘llanilganda texnologiya o‘ta yuqori 
ma’lumot uzatish tezligini talab qiladigan ilovalarga mo‘ljallanadi. 
Boshlang‘ich yuqori tezlikdagi ilovalar uchun bir necha o‘nlab 
Mbit/sek tezliklardan foydalanilsa-da, keyinchalik PMR tizim-
larining yangi ishlanmalari 155Mbit/sek dan yuqori tezliklarni 
ta’minlashga qodir bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bunda to‘la mo-
billik va keng hududlarni qoplash (“rouming” imkoniyatlari) kabi 
afzalliklar saqlanadi.


33
Shuningdek, PMR tizimlarini LTE mobil aloqa texnologiyasi 
sari rivojlantirish ustida ham ishlar olib borilmoqda va shu tariqa 
4G avlodi darajasida PMR hamda sotali aloqa funksionallarining 
yanada yaqinlashishi kutilmoqda. 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin