322
Yaqin Sharq va Afrika (YeYaShA) hududlarining ko‘plab
davlat-
lari namoyon etmoqda.
UMTS tarmoqlarining asosiy diapazoni
Bu polosalar (1920—1980MGs va 2110—2170MGs)
YeYaShA va OTO hududlarida 150 dan ortiq davlatlarda UMTS
tarmoq larini qurish uchun ajratilgan. Bu diapazonda ko‘plab op-
eratorlar ikki, uch, ba’zi
hollarda esa, to‘rttadan 5MGs lik polo-
salarga ega. Ulardan ko‘plari hozirgacha faqatgina bir 5MGs lik
polosani ishlatsada, ammo ma’lumot almashuvi bo‘yicha mobil
xizmatlarning o‘sishi va UMTS/HSPA
tarmoqlari tomon rivoj-
lanish jadallashishi hisobiga hozircha bu diapazonlarda LTE tar-
moqlarini qurish uchun qanday va qancha polosalar bo‘shatilishi
aniq emas.
Bu AQSH da va qisman
OTO hududida ishlatiladigan
(YeYaShA hududida ishlatilmaydi) alternativ diapazon (1850—
1910MGs va 1930—1990MGs) hisoblanadi. Uni 700MGs diapa-
zonidagi va AWS xizmatlari polosalari to‘lib bo‘lganidan keyingi-
na o‘zlashtirish mumkin.
850MGs diapazonidagi sotali tarmoqlar polosalari
Bu diapazon (824—849MGs va 869—894MGs) cheklangan xarak-
terga ega, ya’ni kam davlatlarda ishlatiladi (masalan, AQSHda).
U ham 700MGs diapazondagi va
AWS xizmatlari polosalari
to‘lganidan keyin da’vogar polosa sifatida ko‘riladi.
Yuqorida berilgan ma’lumotga yakun yasab, LTE tarmoqlarini
qurish uchun ko‘rib chiqilgan barcha
potensial chastotalar diapa-
zonlari 21.1-jadvalda ko‘rsatilgan.