426
30-bob. WIRELESSMAN-OFDMA REJIMI UCHUN RNY
DARAJASINING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI
30.1. WirelessMAN-OFDMA rejimidagi kadrning tuzilmasi
WirelessMAN-OFDMA rejimidagi kadrning tuzilmasi ko‘p ji-
hatdan yuqorida ko‘rib chiqilgan kadrlar tuzilmalariga o‘xshash,
lekin o‘zining farqlariga ham ega. Kadrning uzunliklari 2; 2,5; 4;
5; 8; 10; 12,5; va 20 ms larni tashkil etishi mumkin. OFDMA
kadri subkanallar to‘plamini o‘z ichiga oladigan OFDMA simvollar
ketma-ketligidan iborat. OFDMA simvollardan iborat ma’lumotlar
paketlari turli subkanallarda bir vaqtda uzatilishi mumkin. Sub-
kanallar bo‘yicha nimeltuvchilarni taqsimlash (ya’ni
bir subkanalga
nimeltuvchilarni taqsimlash) uzatish yo‘nalishga va nimeltuvchilar-
ni taqsimlash usuliga bog‘liq. IEEE 802.16 standarti ham “past-
ga”, ham “yuqoriga” kanalda nimeltuvchilarni taqsimlashning bir
necha usullarini tavsiflaydi. Prinsipial
jihatdan ular FUSC
(ingl.
Full Usage of the Subchannels)
TS uzatkichi tomonidan to‘liq ish-
latiladigan va RUSC
(ingl. Portial Vsage of the Subchannels)
sub-
kanallar qisman, ya’ni butun ruxsat etiladigan dia pazon to‘liqsiz
ishlatiladigan turlarga ajratiladi. RUSC va FUSC usullarida (va
ularning variatsiyalarida) har bir subkanalga barcha ruxsat eti-
ladigan fizik kanal bo‘yicha bir tekis taqsimlangan nimeltuvchilar
taqdim etiladi. Lekin boshqa yondashuv
subkanallarda ketma-ket
(qo‘shni) nimeltuvchi chastotalar to‘plamidan foydalanishdan foy-
dalaniladi. Bunday yondashuv adaptiv antenna tizimlarida ishlash
uchun mo‘ljallangan AMS
(ingl. Adaptive Modulation and Coding)
uslubida ishlatilgan. AMS usulida ham 2048 ta nimeltuvchi ishlati-
ladi, ulardan 160 tasi pastki va 159 tasi himoya
intervallarini tashkil
etadi, markaziy chastota esa ishlatilmaydi. Qolgan nim eltuvchilar
har biri 9 ta nimeltuvchidan bo‘lgan 192 ta chastota guruhlariga
(ingl. bin)
ketma-ket bo‘lib chiqiladi.
Har bir guruhdagi markaziy
(beshinchi) nimeltuvchi pilot hisoblanadi.AMS rejimida subkanal
bir chastota guruhini vaqt bo‘yicha oltita ketma-ket OFDM sim-
427
vollarni yoki ikki chastota guruhini
va uchta OFDMA simvollarni
ishlatadi. AMS subkanallarning tuzilmasi “pastga” va “yuqoriga”
subkadrlarda bir xil. Bunda nimeltuvchilarni qayta o‘rnatish sub-
kanal chegaralarida amalga oshiriladi.
Ta’kidlaymizki, bitta subkadr chegaralarida subkanallar bo‘yicha
nimeltuvchilarni taqsimlash turli RUSC, FUSC, AMS va bosh-
qa taqsimlash mexanizmlaridan foydalanish mumkin.
Standartda
“qayta o‘rnatish hududlari” chegaralari
(ingl. Permutation Zone)
DL-MAP va UL-MAP subkadrlar kartalarida aniqlanadi.
OFDMA rejimida ma’lumotlarni uzatish uchun minimal resurs
“slot” hisoblanadi. Slot bir subkanalni va bittadan o‘rtacha OFD-
MA simvollar ketma-ketligini egallaydi. “Pastga”
subkadrda slot-
ning uzunligi FUSC rejimda bir simvolga RUSC rejimda esa ikkita
simvolga teng. “Yuqoriga” subkadrda slotning uzunligi doimo uchta
OFDMA simvollarga teng. WirelessMAN-OFDMA
rejimi uchun
RNY darajasining asosiy ko‘rsatkichlari 30.1-jadvalda keltirilgan.
30.1-jadval
Dostları ilə paylaş: