435
bo‘yicha faqat tayanch stansiya tomonidan taqdim etildi. Bunda TS
AAUga “yuqoriga” kanalda vaqt intervalini ajratadi va uning UL-
MAP kartadagi joylashishini ko‘rsatadi, AUning boshlang‘ich init-
sializatsiyasi va kanalga so‘rov aniq ruxsat
etish mexanizmi asosida
ular uchun maxsus ajratilgan vaqt intervallarida amalga oshadi. TS
AUga SFID servis oqimi turiga bog‘liq ravishda kanalga ruxsat etish
vaqtini va davomiyligini tayinlaydi. AU ham kanaldagi ma’lum polo-
sa o‘lchamini so‘rashi, ham unga berilgan kanal resursini o‘zgartilishi
haqida so‘rashi mumkin. Aniq AUning kanal resursi AU tomoni-
dan maxsus boshqaruvchi xabarlar yordamida yoki kanal resurslariga
barcha AUlardagi zarurat borligiga TS tomonidan so‘rovlar
(ingl.
polling)
orqali navbatdagi ulanishda o‘zgarishi mumkin.
Standartda ikkita har bir alohida bog‘lanish uchun va ma’lum
AUning barcha ulanishlar uchun ruxsat etish rejimlari ko‘zda
tutilgan. Birinchi rejimda kanal resurslaridan foydalanishda katta
ixchamlik va tejamkorlik ta’minlanadi. Ikkinchi rejim xizmat ax-
borotlari sig‘imini sezilarli kamaytiradi
va alohida AU uchun QoS
yagona darajasini kafolatlaydi.
Dostları ilə paylaş: