Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   289
Raqamli mobil aloqa

WiMAX tizimining tavsifi
WiMAX tizimining Wireless MAN simsiz tarmoqlar tizimiga 
kiradi. WiMAX atamasi inglizcha 
“Worldwide Interoperability 
for Microwave Access”
nomini qisqartirishdan kelib chiqadi
bu so‘zma-so‘z tarjima qilganda “Mikroto‘lqinli radioaloqa 
(O‘YuCh) asosidagi tarmoqlarga ulanish uchun butun dunyo 
o‘zaro ta’sirlashish”ini bildiradi.
Mazkur texnologiya har xil turdagi uskunalar uchun 
(avtomatlashtirilgan ishchi stansiyalari va portativ kompyuterlardan 
tortib mobil telefonlargacha) katta masofalarga yuqori tezlikli 
simsiz universal aloqani taqdim etish maqsadida ishlab chiqilgan. 
WiMAX atamasi IEEE 802.16 standartlar atamasini ommalashti-
rish maqsadida 2001-yil iyunida asos solingan sohaviy forum 
(WiMAX Forum)
tomonidan taklif etilgan [38].
IEEE 802.16 standartlarining ilk versiyalarida 10GGs dan 
66GGs gacha bo‘lgan yuqori chastotali diapazonlarda to‘g‘ri 
ko‘rinish hududida 
(ingl. Line of Sight, LOS)
ishlaydigan tizimlar 
tavsiflangan. Keyinchalik 2GGs dan 11GGs gacha diapazonlarda 
to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmagan hududlarda ham 
(ingl. None Line 
of Sight, NLOS)
ishlaydigan tizimlarni qo‘llab-quvvatlaydigan 
standartlar qo‘shimchalarini ishlab chiqishga urg‘u berilgan.
IEEE 802.16-2004 (shuningdek IEEE 802.16d yoki qisqaritirib 
“16d”) nomi bilan ma’lum bo‘lgan standartni yaratishda standart-
ning avvalgi versiyalaridagi barcha ishlanmalardan foydalanilgan. 
Bu tadbirlar binolar ichida radioqamrovni yaxshilashga imkon berdi 
va o‘z navbatida, stol ustida ishlatiladigan abonent uskunalarini 
yaratishga imkon berdi. 
2005-yilning dekabrida IEEE 802.16e (“mobil WiMAX” yoki 
“16e versiyasi”, ba’zi hollarda “IEEE 802.16-2005”) sifatida 
ma’lum bo‘lgan standart ustida ishlar yakunlandi va hozirgi 
kunda u IEEE 802.16 standartlar oilasida eng dolzarb standart 
bo‘lib qoldi. Hozirda telekommunikatsiyalar bozorida yuqorida 
ko‘rsatilgan WiMAX standartlarining asosan ikkitasi, ya’ni faqat 


465
turg‘un terminallar bilan ishlaydigan IEEE 802.16d standarti va 
turg‘un, ko‘chma va mobil abonentlar bilan aloqa o‘rnata oladigan 
IEEE 802.16e standarti namoyon etilgan. 2012-yilda WiMAX 
ning yangi standarti – IEEE 802.16m tasdiqlanishi kutilmoqda.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin