WiMAX tarmoqlarini yoyishning qiyinchiliklari
To‘rtinchi avlod tarmoqlariga qo‘yiladigan talablarga mos ra-
vishda WiMAX tizimlariga aloqa seanslarini qayta ishlash dinamik
algoritmlarini ta’minlash, radioefir shartlariga mos ravishda signal
qayta ishlash usullarini soddalashtirish kabi talablar qo‘yiladi.
Agar WiMAX tizimlari “signal-shovqin” nisbatining yuqori
ko‘rsatkichiga va ishonchli signalga ega bo‘lsa, yuqori tezlikli
uzatish rejimini tanlash mumkin, bunda signal qabul qilgichlar-
da oson va aniq dekodlanadi. Radiomuhitning yomon parametrli
holatlari da tizim ancha chidamli chignal qayta ishlash usullari ni
tanlaydi (masalan, OFDM simvolidan foydalanib kam bitli yuqori
quvvatli signal chiqarish), bu esa signalni aniqroq dekodlash im-
konini beradi. Shuning uchun WiMAX tarmoqlarini yo yish bir
qator murakkabliklarga ega, bunda nafaqat signal pog‘onasi va
CINR koeffitsientlari hisobga olinadi, shuningdek Abonent
uskunalari uchun kanal resurslarini dinamik taqsimlash mexa-
nizmlari bilan aniqlanadi. Ko‘plab aloqa tizimlari 2–3 profildagi
aloqa seanslariga ega, shuningdek WiMAX tizimlarida bir vaqtda
7 tagacha profil mavjud bo‘lishi mumkin, lekin WiMAX tizim-
larida signalni qayta ishlash algoritmlari boshqa simsiz tizimlarga
nisbatan ancha murakkabroq bo‘lib tuyiladi.
33.4. WiMAX tarmoqlarida radiochastota
diapazonidan foydalanish.
WiMAX tizimlari uchun
radiochastotalarni taqsimlashda butun dunyo an’analari
WiMAX bu keng polosali simsiz ulanish (KSU) tarmoqlarini yara-
tish uchun ishlab chiqilgan texnologiya bo‘lib, ular an’aviy sotali alo-
qa tizimlari ishlatmaydigan chastotalar polosasida, ya’ni 2GGs dan
yuqori diapazonda ishlaydi. WiMAX tarmoqlari ishlatadigan chas-
totalar spektri 2,3GGs va 2,7GGs orasidagi diapazondagi polosa-
ni (Shimoliy Amerikada foydalaniladigan), turg‘un xizmatlar uchun
3,3GGs va 3,8GGs orasidagi diapazondagi polosani, shu ningdek,
477
Wi-Fi va simsiz telefoniyada foydalaniladigan “litsenziyalanmagan”
2,4GGs va 5,8GGs polosani o‘z ichiga oladi. Zamonaviy IEEE
802.16 standartlari 2GGs va 6GGs orasidagi butun chastotalar di-
apazonini qo‘llab-quvvatlasada, WiMAX forumi 2,5GGs, 3,5GGs
va 5,8GGs polasalarda sertifikatlarni olishga yo‘naldi. Qurilgan Wi-
MAX tarmoqlarining asosiy ulushi 3,5GGs diapazonga to‘g‘ri keladi,
bu yerda butun dunyoda o‘rnatilgan uskunalarning 40 foiziga to‘g‘ri
keldi, keyin 5GGs; 5,2GGs; 5,4GGs; 5,6GGs; 5,8GGs diapazonlar
keladi. KSU jahon bozorining 85 foizi atrofidani operator tarmoqlari
tashkil etadi, qolgan qism esa xususiy korporativ tarmoqlarga to‘g‘ri
keladi [51].
Lekin, bunda WiMAX tizimlari uchun alohida radiochasto-
talar polosasi ajratilmadi. WiMAX uchun 2,5GGs yoki 3,5GGs
chastotalar diapazonidagi “biriktirilgan” spektr haqida gapiril-
ganda ham bu diapazonlarda chastotalar polosasining turliliga ega
bo‘linadi. Masalan, AQSH, Kanada va Lotin Amerikasining bir
necha davlatlarida KSU tizimlari uchun spektr 2,3GGs polosa-
larda va 2,5GGS hamda 2,7GGs orasidagi diapazonda ruxsat eti-
ladi, u holda Wi-Fi tizimlari va simsiz telefonlar uchun 2,4GGs
polosa ishlatilayotgani bois, unga ruxsat etilmaydi. Chastotalarni
taqsimlashda 3,5GGs polosada va 3,3GGs va 3,8GGs orasidagi
diapazonda murakkab vaziyat vujudga keldi.
Bosh muammo shundaki, ko‘zda tutilgan polosalar turli tarqa-
lish xarakteristikali turli diapazonlar qismlaridan, uzatkichlar
quvvatlariga talablar va uskunalarni ishlatilishi imkoniyatlaridan
iborat. Vaziyat yanada murakkablashadiki, keng polosali simsiz
ulanishga taqsimlangan spektr hatto alohida olingan kontinent-
larda ham deyarli garmonlashtirilmagan. Lekin, hatto prinsipial
umumiy spektr texnik ajratilishi mumkin bo‘lgan joylarda ham
siyosiy reja muammosi vujudga keladi, chunki turli davlatlarda
radiochastota spektrini ishlatish bo‘yicha turli talablar amal qiladi.
Natijada, xalqaro va milliy spektrdan foydalanish qoidalari labi-
rintida WiMAX tizimlarini rivojlantirish uchun yo‘llarni qo‘yish
oson bo‘lmaydi va katta kuchlarni talab qiladi.
|