Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   289
Raqamli mobil aloqa

Nazorat savollari:
1. IEEE 802.16d standartiga qisqacha xarakteristika (tavsif) bering.
2. IEEE 802.16e standartiga qisqacha xarakteristika (tavsif) bering.
3. IEEE 802.16d va IEEE 802.16e standartlarining qanday 
umumiy xossalari va asosiy farqlari mavjud? 
4. Tayanch stansiya va ASN shlyuzning ishlashini bayon eting.
5. WiMAX tayanch tarmog‘i tugunlarining o‘zaro ta’sirlashishi 
qanday amalga oshadi? Tayanch nuqtalarning funksiyalarini qis-
qacha bayon eting.
6. IEEE 802.16 standartining beshta ish rejimlarini bayon eting.


480
34-bob. TURLI CHASTOTALAR DIAPAZONLARIDA 
VA DUNYONING TURLI DAVLATLARIDA SPEKTR 
TAQSIMLANISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
34.1. Litsenziyalanmaydigan chastotalar polosasi
Litsenziyalanadigan deyilganda qoidaga ko‘ra, rostlovchiga bu 
chastotalar polosasini ishlatgani uchun to‘laydigan foydalanuv-
chilarga (operatorlarga, tashkilotlarga, kompaniyalarga) “qat’iy 
biriktiriladigan” chastotalar polosasi tushuniladi. Litsenziyalan-
maydigan polosalar bepul asosda istalgan foydalanuvchi uchun rux-
sat etiladigan polosalar hisoblanadi. IEEE 802.11a/b/g/n (Wi-Fi) 
standartlari, masalan, litsenziyalanmaydigan polosalarga asoslan-
gan va bunda u bu chastotalar doirasida raqobat qiladigan tex-
nologiyalardan yetarlicha “himoyalangan” bo‘lib qoladi. Bunda 
shuni ta’kidlaymizki, “litsenziyalanmaydigan chastotalar” tushun-
chasi yetarlicha o‘ziga xos va faqat Yevropaning bir necha davlat-
lari va AQSH uchun xarakterlidir. Boshqa davlatlarda esa, barcha 
foydala nishga ruxsat etiladigan chastotalar litsenziyalanadi.
Litsenxiyalanmaydigan
Litsenziyalanmaydigan
Wi-Fi
U-NII
pastki o‘rta
polosali
5150–5350
(802.11a)
U WCS
2305-2320
2345-2360
3,5 GGs diapazoni
3400-3600
MMDS
2500-2690
2700-2900
U-NII/ISM
yuqori polosali
5725–5850
ISM (802.11b/g)
2400-2480
3300-3400
WiMAX boshlang‘ich formulalari
WiMAX kelajak profillari
Litsenziyalanadigan Litsenziyalanadigan
Litsenziyalanadigan
34.1-rasm. 
2GGsdan 6 GGsgacha diapazonda KSU tizimlari 
uchun ruxsat etiladigan chastotalar polosasi.
Litsenziyalanmaydigan chastotalar polosasi (qayerda ularga 
ruxsat etilsa) avvalo, KSU xizmatlari uncha katta bo‘magan kom-
paniya-provayderlari uchun o‘ziga tortadi, chunki ular tarmoq-


481
larni qurishda vaqtni va mablag‘ni tejaydi. So‘nggi hisobda, bu 
oxirgi foydalanuvchiga xarajatlarni kamaytiradi va keng polosali 
ulanishning alternativ simli uzatish xizmatlariga raqobatbardosh 
bo‘lib qoladi.
Litsenziyalanmaydigan spektr ayniqsa AQSHda o‘ziga tortgan, 
chunki u yerda 2GGs dan 6GGs gacha diapazondagi litsenziyala-
nadigan chastotalardagi kamchiliklar sinalmoqda. Boshqa tomon-
dan, litsenziyalanadigan chastotalar polosasiga “ega” bo‘lgan yirik 
operatorlar “VIP-sinf” kabi xizmatlarni taqdim etishi mumkin, 
shuning uchun ularning xizmatlari ishonchli va sifatli bo‘ladi va 
bu ularning raqobatli afzalligini oshirishga xizmat qiladi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin