4.2. 3G standartlari
UMTS standarti (
ingl. Universal Mobile Telecommunications
System – “Mobil aloqa universal tizimi”)
– uchinchi avlod mobil
aloqa tizimlari turkumiga kiruvchi sotali aloqa texnologiyasidir.
Ushbu standartda radioefir orqali ma’lumot uzatish uslubi sifatida
W-CDMA texnologiyasidan foydalanilgan. UMTS tizimi 3GPP
loyihasiga muvofiq standartlashtirilgan va Yevropa ishlab chiquv-
chilari tomonidan HTIning IMT-2000 dasturi bo‘yicha talablari-
ga javob beradi. Raqobatdagi tizimlardan ajralib turishi uchun
UMTS standarti gohida 3GSM deb ham yuritiladi. Shu bilan, bir
tomondan, uni 3G – uchinchi avlod texnologiyalariga tegishliligi
ta’kidlansa, ikkinchi tomondan, uni GSM tarmoqlarining “keyin-
gi avlodiligi” nazarda tutiladi.
4.2.1. UMTS standarti.
UMTS standartining xarakteristikalari
Kanallarni kod asosida bo‘lish (CDMA) texnologiyasining
kirib kelishi mobil aloqa tizimlarining rivojlanishiga katta turtki
bo‘ldi va 3G tarmoqlarida 2G tarmoqlarida erishilmagan im-
koniyatlarga erishishga zamin yaratdi. Bunga yorqin misol —
bu radiosignalining quvvatiga nisbatan qabul qilgichning yuqori
sezgirligi asosida signalni nurlanish quvvatini tezkor tarzda
boshqarish imkoniyati paydo bo‘lganidir. Shuningdek, UMTS
texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlariga quyidagilarni ham
kiritish mumkin:
• RRS – tarmoq radioresurslarini yanada ixchamroq
boshqarish;
53
• xizmatlar sifati
(ingl. Quality of Service
–
QoS)
ni “boshi-
dan-oxirigacha” (ya’ni, “so‘nggi foydalanuvchidan – so‘nggi foy-
dalanuvchigacha” zanjirida) boshqarishni qo‘llanilishi;
• yangi “transport” kanallarini kiritish hisobiga signal uzatuv
chi fizik muhitdan foydalanishning samaradorligini oshirish;
• MGW va SoftSwitch mediashlyuzlarini tadbiq etish yo‘li
bilan tayanch tarmog‘i
(ingl. Core Network)
trafigini optimal-
lashtirish;
• tarmoqda IP protokolidan foydalanishni maksimal ken
-
gaytirish;
• adaptiv (moslashuvchan) ovoz kodeklarining xilmaxilligi
(AMR-NB, AMR-WB, AMR-WB+);
• turg‘un aloqa tarmoqlari bilan konvergensiyalash (SS7 sig
-
nalizatsiyasi asosida);
• “IP asosidagi ovoz”
(ingl. VoIP)
xizmatidan foydalanish im-
koniyatlari;
• intellektual antenna tizimlari (yo‘naltirish diagrammasini
adaptiv holda boshqaruvchi “smart-antennalar”)dan foydalanish
imkoniyatlari.
Biroq, UMTS standartining (va barcha 3G standartlarining)
2G standartlariga nisbatan asosiy ajratib turuvchi xususiyati –
bu ma’lumot uzatish tezligini mumkin qadar oshirilishi bo‘lsa
ajab emas. UMTS tizimining asl darajasida ma’lumot uzatish
tezligini nazariy 2Mbit/sek gacha yetkazish imkoni mavjud.
HSPA va HSPA+ kabi UMTS bazasida qurilgan yangi tex-
nologiyalarning ishlatilishi natijasida, yuqorida bayon etilga-
nidek, muvofiq ravishda 14Mbit/sek va 100Mbit/sek gacha
tezliklarni ta’minlash mumkin. Shu bilan, UMTSning hatto
asl variantidagi tezlik ko‘rsatkichlari ham GSMdagi 9,6kbit/
sek yoki hatto GPRSdagi 171kbit/sek va EDGEdagi 474kbit/
sek tezlik ko‘rsatkichlariga nisbatan so‘zsiz progress (o‘sish)
hisoblanadi va Internet tarmoqlariga va boshqa “tezkor” ser-
vislarga mobil terminallar orqali keng polosali ulanish im-
koniyatlarini beradi.
|