Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   289
Raqamli mobil aloqa

Nazorat savollari:
1. To‘rtinchi avlod mobil aloqa (4G) tizimlariga tavsif bering.
2. 4G avlod tarkibiga qanday texnologiyalar kiradi (yoki kirishi 
taxmin qilinmoqda)?
3. Mintaqalarda 4G tarmoqlarning hozirgi rivojlanish holati 
qanday?
4. 4G tarmoqlarida qanday ilovalarga imkoniyat yaratiladi? 4G 
tizimlarida qanday kontentdan foydalanish ko‘zda tutilgan? 
5. Yaqin yillarda LTE texnologiyasining rivojlanish istiqbollari 
qanday?
6. WiMAX tizimlarining qisqacha xarakteristikalarini bering.


106
7-bob. 4G AVLOD TEXNOLOGIYALARINING 
RIVOJLANISHI UCHUN SHART-SHAROITLAR
7.1. To‘rtinchi avlod mobil va keng polosali aloqa tizimlarining 
rivojlanish tarixi
Aloqa tizimlarining zamonaviy rivojlanishini turli jarayonlar, 
chunonchi: bir tomondan, statsionar va mobil tarmoqlarning 
birlashishi (konvergensiya, Internetga mobil ulanish, IP tele-
foniya), boshqa tomondan, aloqa tarmoqlarining globallashtiri-
lishi (mikrosotalardan makrosotalarga va yo‘ldoshli tarmoqlar-
ga) va, nihoyat, abonent terminallarining universallashtirilishi 
(3G, 4G har xil tarmoqlarida ishlay oladigan ko‘p tizimli, ko‘p 
rejimli va ko‘p funksiyali “aqlli telefonlar” – smartfonlar) 
orqali ifodalash mumkin. Yagona global tarmoq infratuzilmasi-
ni yaratish g‘oyasi aslida ancha avvaldan mavjud bo‘lib, “IMT-
2000” dasturi doirasida simsiz ulanish, sotali va sun’iy yo‘ldoshli 
aloqa universal tizimlarining yangi avlodini yara tish konsepsi-
yasi ilgari surilgan edi. Yagona xalqaro standart yaratishning 
asosiy g‘oyasida yuqori funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan 
va shu bilan birga qimmat bo‘lmagan portativ terminallar yor-
damida xizmatlar taklif etish ko‘zda tutilgan edi. Ma’lumki, 
uchinchi avlod tizimlari darajasida ushbu maqsadga erishish 
mumkin bo‘lmadi, lekin IMT-2000 doirasida bu yo‘nalishdagi 
ishlar to‘xtab qolmadi va standartlarni birlashtirish bo‘yicha 
yangi g‘oyalar IMT-Advanced nomini olgan to‘rtinchi avlod 
tarmoqlarini yaratish dasturida o‘z aksini topdi. 2009 yilning 
7-oktyabrida 3GPP hamkorlik loyihasi IMT-Advanced dasturi 
tarkibiga kiritish uchun LTE-Advanced (3GPP-10-Relizi) tex-
nologiyasini rasman taqdim qildi. Bu taqdimot barcha 3GPP 
va 3GPP-2 hamkorlik tashkilotlari: ARIB, ATIA, CCSA, 
ETSI, TTA va TTS tomonlaridan qilingan edi. LTE-Advanced 
texnologiyasi spetsifikatsiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar 
2010–2011-yillar davomida bajarildi. 


107
Parallel ravishda keng polosali simsiz texnologiyalar rivojlana 
bordi. Simsiz tarmoqlar standartlarini yaratish sohasidagi bosh-
lang‘ich nuqta sifatida IEEE tashkiloti tomonidan 1990-yilda 
802.11 qo‘mitasining tashkil etilishi hisoblanadi. Mazkur qo‘mita 
“Wi-Fi” tijorat nomini olgan simsiz lokal tarmoqlarini yaratish 
bilan shug‘ullanadi. Wi-Fi ilk tizimlarida 100 metrgacha bo‘lgan 
masofalarda 2Mbit/sek gacha bo‘lgan ma’lumot uzatish tezli-
gi ta’minlanar edi. Bugungi kunda ushbu texnologiyaning yangi 
standartlari (IEEE 802.11n) 300 Mbit/sek gacha tezlikni bir necha 
yuzlab metr masofalargacha ta’minlashga qodir. Wi-Fi texnologi-
yasi o‘zining yangi IEEE 802.11ac versiyasi bilan 4G tarkibiga 
kirishlikka nomzod deb baholanmoqda. 
ITU-R ga yakuniy 
taklif berilishi
Ekspert baholash
B38
2nd WS
WS
B39 B40
B41 B42
B43 B44
B45
B1
B2
B3
B4
B5
B6
B7
B8
B9
B10
B1
B45
B46 B47
B48
Spesifikatsiyalar

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin