Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   289
Raqamli mobil aloqa

2011
2010
2009
2008
2007
ITU-R ga to‘liq
texnologik taklif
berilishi
ITU-R
tomonidan
3GPP takliflari
Ishlab chiqish davri
O‘rganish davri
10 reliz
7.1-rasm. 
ITU-R tomonidan 3GPP relizlarini
tasdiqlatish jadvallari.
Internet tarmog‘ining rivojlanishi va simsiz aloqa yordamida 
global tarmoqlarga ulanish g‘oyasi simsiz texnologiyalarning rivoj-
lanishiga katta turtki bo‘ldi. 2005-yilga kelib, simsiz Internetdan 
foydalanuvchilar soni o‘nlab millionlarni tashkil etdi. Shu bois 
o‘tgan asrning 90-yillari oxirlariga kelib yirik telekommunikatsiya 
kompaniyalari tomonidan ko‘p sonli korporativ (ya’ni, umumiy 
standart asosida tuzilmagan) texnologik yechimlar ishlab chiqildi. 


108
U davrda bu texnologiyalar bir-biriga mos bo‘lmasada, ammo bu 
jarayon Wi-Fi tizimlarini keng rivojlantirish g‘oyasining samarali-
ligini tasdiqladi. Shu bilan birga Wi-Fi tizimlari “so‘nggi milya” 
muammosini hal qila olmasliklari ham ma’lum bo‘ldi. Bu hol esa 
2003-yilda qator kompaniyalar tomonidan asosiy vazifasi (o‘z no-
midan kelib chiqqan holda) turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
taklif etilgan yechimlarning o‘zaro moslashuvini ta’minlashdan 
iborat bo‘lgan WiMAX forumining 
(ingl. WiMAX Forum)
tash-
kil etilishiga sabab bo‘ldi. WiMAX forumi o‘z oldiga standartlar 
bazasini yaratish maqsadini emas, balki jihozlarni sertifikatlashti-
rish vazifasini qo‘ydi, yangi texnologiyalarni standartlashtirish esa 
IEEE doirasida olib borildi. 2005-yilda axborot hamjamiyatining 
Umumjahon Sammiti 
(ingl. World Summit on Information Society, 
WSIS)
WiMAX texnologiyasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni 
quyidagicha shakllantirdi: 
1. WiMAX yordamida uncha katta bo‘lmagan aholi yashash 
joylari, olis hududlar va ajralib qolgan joylarning axborot va kom-
munikatsiya texnologiyalari xizmatlariga ulash. Bunda rivojlana-
yotgan mamlakatlarda aholi soni 100 kishidan ortiq bo‘lgan 1,5 
million aholi yashash joylari telefon tarmoqlariga umuman ulan-
maganligi va yirik shaharlar bilan kabelli aloqaga ega emasligi 
hisobga olinishi kerak.
2. WiMAX yordamida foydalanuvchi o‘zi yetishi mumkin 
bo‘lgan hududida yer yuzining yarmidan ko‘p aholisiga axborot va 
kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarini ta’minlash. Bunda 
2005-yilda Internetdan foydalanuvchilarning umumiy soni taxmi-
nan 960 million kishini yoki dunyoning umumiy aholisining 14,5 
foizini tashkil etishini hisobga olinishi lozim. 
Yuklatilgan vazifalarni hisobga olgan holda WiMAX tex-
nologiyasining yaratishdan asosiy maqsad keng spektrli uskunalar 
(kompyuterlar, “aqlli uy” maishiy texnikasi, portativ uskunalar 
va mobil telefonlar) va ularning mantiqiy birlashmasi – lokal 
tarmoqlar bilan universal simsiz ulanishni taqdim etish bo‘lib 
qoldi.


109
WiMAX texnologiyasiga mansub standartlar “IEEE 802.16” 
belgisini oldi. Ulardan birinchisi — IEEE 802.16.2002 hatto Wi-
MAX Forumi tashkil etilishidan oldin qabul qilingan edi. Bugungi 
kunda WiMAXning asosiy standartlari bu 2004- va 2005-yillarda 
o‘zaro muvofiqlashtirib qabul qilingan ikki bir-biridan farqla-
nuvchi versiyalari mavjud: ya’ni IEEE802.16-2004 — “turg‘un” 
simsiz ulanish standarti va IEEE802.16-2005 — standartning 
“mobil” varianti.
Shu orada, mobil aloqa dunyosining yirik operatorlari va jihoz-
lar ishlab chiqaruvchilar birgalikda yangi 4G texnologiyalarini va 
ularning real funksional imkoniyatlarini aniqlash maqsadida si-
novlar o‘tkazdilar. 2005-yildayoq, Yaponiyaning yirik operatori
– NTT DoCoMo, mobil aloqa yangi standarti bilan ishlashdagi 
yutuqlarini xabar qildi, ya’ni simsiz kanallar bo‘yicha 100Mbit/
sek tezlikda ma’lumot uzatish bo‘yicha muvvaffaqiyatli tajribalar 
o‘tkazdi. 2006-yilning ikkinchi yarmida yirik milliy va xalqaro 
ope ratorlar keyingi avlod mobil tarmoqlarini yaratish bo‘yicha 
rasmiy hamkorlikni boshladilar. 
“Next Generation Mobile Network 
Cooperation”
(NGMNC) nomini olgan ishchi guruh to‘rtinchi 
avlod mobil tarmoqlari oldiga qo‘yiladigan talablarini aniqlash 
uchun butun dunyoning GSM va CDMA operatorlarini birgalik-
da to‘pladi. 
Guruhning asosiy a’zolari Sprint Nextel (AQSH), T-Mobile 
(Germaniya), Vodafone (Buyuk Britaniya), KPN (Gollandiya) 
va Orange (Fransiya) kompaniyalari bo‘ldi, keyinchalik esa ular-
ga NTT DoCoMo (Yaponiya) va China Mobile (Xitoy) kom-
paniyalari qo‘shildilar. Guruhning bosh texnologik vazifalaridan 
biri barcha 3G texnologiyalarining, xususan UMTS va EV-DO 
tizimlarining, 4G darajasiga asta-sekin o‘tishini ta’minlash bo‘ldi 
(7.2-rasm).
Yangi mobil aloqa tizimlariga o‘tishga tayyorgarlik ishlari tur-
li hududlarda o‘ziga xos tarzda bormoqda. Bu jarayonda Xitoy-
da ishlar qanday borgani ancha qiziqarlidir. U yerda 3G dan 
4Gga o‘tish bo‘yicha tadqiqot loyihasi 2001-yildan ishga tushgan. 


110
2007-yilda Shanxayning Changning tumanida bir necha oy-
lik sinovlardan so‘ng, o‘sha davr uchun “olamshumul” bo‘lgan 
100Mbit/sek tezlikda ma’lumotlarni simsiz uzatishni ta’minlay-
digan mobil aloqa tarmog‘i dunyoda birinchi marta rasmiy ishga 
tushirildi (bunday tezliklar o‘sha vaqtda faqat optik tolali texnologi-
yalarda olinardi). Ta’kidlash lozimki, 4G tarmoqlarining Xitoyda 
keng rivojlanishi Olimpiada-2008 tufayli qo‘llab-quvvatlandi. 
Multimedia axborotni uzatuvchi keng
polosali simsiz tarmoqlari
(IP telefoniya, ma’lumotlar, videotasvir)
Sotali telefoniya + 
ma’lumot uzatish
IP telefoniya, ma’lumot va 
videotasvirni uzatish
Multimedia axborotni 
uzatuvchi keng polosali simsiz 
tarmoqlari (IP telefoniya, 
ma’lumotlar, videotasvir)
Multimedia axborotni 
uzatuvchi keng polosali simsiz 
tarmoqlari (IP telefoniya, 
ma’lumotlar, videotasvir)
GSM-
WSDMA-
HSDPA-
HSUPA-LTE
CDMA-CDMA 1x
EVDOR-1Rev A-
EVDOR-1Rev B-
EVDOR-1Rev C-
4G texnologiyasi
IEEE 802.16.2004
(turg‘un WiMAX)
IEEE 802.16e
(mobil WiMAX)
802.11a,bg,n
(Wi Fi)
802.11s
(MESH)

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin