120
Professional mobil radioaloqa (PMR) turi bugungi kunda tran-
king radioaloqa tizimlari sifatida ma’lum bo‘lib, HRT tarkibida
eng “keksa” hisoblanadi. Bu aloqa turi o‘tgan asrning 30-yillari-
da paydo bo‘lib, yetmish yildan ortiq vaqt davomida insoniyat-
ga xizmat qilib kelmoqda. Ma’lumki, PMR tizimlariga jamiyat
xavfsizligi xizmatlari va huquq tartibini muhofaza qilish uchun
turli vakolatli tarmoqlar (tez tibbiy yordam va favqulodda vazi-
yatlar bo‘yicha, munitsipial va transport xizmatlari, yirik indus-
trial obyektlar va boshqalar) kiradi. Qabul qilingan xalqaro klassi-
fikatsiya bo‘yicha PMR tizimlarining ikki sinfi, ya’ni professional
mobil radioaloqa tizimlari — PMR
(ingl. Professional (Private)
Mobile Radio)
va umumiy foydalanish mobil radioaloqa tizim-
lari – PAMR
(ingl. Public Access Mobile Radio)
mavjud. Birinchi
sinfdagi tizimlar bir foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi
tasarrufida bo‘ladi va umumiy foydalanish tarmoqlariga chiqish
imkoniyatiga ega bo‘ladi, lekin tijoriy xizmatlarni ko‘rsatmaydi.
PMR tizimlarining ikkinchi sinfi esa ko‘plab foydalanuvchilarga
korparativ asosda UFTT (PSTN) tarmoqlariga chiqish imkoniya-
tini beradi va operator tomonidan yaratiladi.
Tranking rejimida ishlaydigan PMR tizimlarining farqli o‘zi-
ga xos xususiyati – bu umumiy boshqarish shinasi yordamida
bir-birlari bilan bog‘langan bir nechta retranslyatorlardan iborat
saytning (retranslyatsiya punktining) mavjud chastota resursidan
umumiy foydalanish hisobiga radiochastotalarni samarali ishlatish
qobiliyatidir. Shuningdek, PMR tizimlarida radioefirni “yengil-
latishga” abonent radiostansiyasining uzatkichi doimiy ravishda
emas, balki faqat maxsus tugma – tangenta
Dostları ilə paylaş: