121
LTR, Multi-Net, Accessnet, Smartnet, EDACS, MPT-1327)
tarmoqlarini qurishda
yetarli darajada ixcham emas, ma’lumot
uzatishda imkoniyatlari cheklangan, bir-birlari bilan moslash-
maydigan, yuqori konfidensiallikni va sanksiyasiz ulanishdan
ishonchli himoyani ta’minlay olmaslik kabi kamchiliklarga ega.
Bu “nuqsonlar” esa ko‘p sonli bir-birlari bilan moslashmaydigan
analog standartlarni almashtirish uchun yaratilgan raqamli PMR
standartlarida bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan. Raqamli tranking
tizimlarining ixcham arxitekturasi tufayli axborotlarni yuqori hi-
moyalash darajasini ta’minlovchi regional va milliy ko‘lamlardagi
tarmoqlarni
yaratish va ularda individual, guruhli va keng qam-
rovli chaqiruvlarni uzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hozirgi kunda eng rivoj topgan raqamli PMR tizimlari Yev-
ropada aloqa sohasida standartlar bo‘yicha ETSI instituti ishlab
chiqqan TETRA loyihasi hamda Amerikaning jamiyat xavfsizligi
tashkilotlari aloqa boshqaruvchilari Assotsiatsiyasining ARSO-25
loyihasi hisoblanadi. Bundan tashqari, raqamli PMR bozorida
“korxonaviy” standartlar statusini olgan EADS (Fransiya)
firma-
sining TETRAPOL tizimi, Motorola (AQSH) firmasining iDEN
tizimi, Ericsson (Shvetsiya) firmasining EDACS tizimi va bosh-
qalar ishlatilmoqda.
ARSO-25 raqamli tranking aloqasi standarti “ochiq standart”
statusiga ega bo‘lib, Shimoliy va Janubiy Amerika, shuningdek,
Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya davlatlarida keng qo‘llaniladi.
ARSO-25 loyihasiga bog‘liq tadqiqotlar va standartlash ishlari
1992-yilda
tugatilgan, lekin standartning spetsifikatsiyalari bir
necha marta qayta to‘ldirildi. ARSO-25 standarti analog va raqam li
tarmoqlarni hamda tranking va konvensional tarmoqlar ning o‘za-
ro ishlash imkoniyatini ta’minlaydi. Shuningdek, mavjud bo‘lgan
analog tarmoqlaridan raqamli tarmoqlarga ravon o‘tish maqsa-
dida standart ikki bosqichda amaliyotga tatbiq etilmoqda.Texnik
nuqtayi nazardan ikkinchi bosqichga o‘tish chastotalar to‘ri qa-
damini ikki marta kamaytirish (ya’ni 6,25kGs gacha) va spektral
jihatdan samarador bo‘lgan CQPSK modulyatsiya usulidan foy-
122
dalanish kabi yangiliklar hisobiga bo‘lmoqda [8]. Shu bilan birga,
kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish, ya’ni
TDMA texnologiyasidan
foydalanish hisobiga APCO-25 tizimlarini TETRA standarti bilan
birlashtirish masalasi ham ilgari surilmoqda.
GSM sotali aloqa standartining yutuqlaridan ta’sirlanib, ETSI
instituti 1994-yilda TETRA
(ingl. TransEuropean Trunked Radio)
“Raqamli tranking aloqa transyevropa ochiq standarini” yaratdi.
Keyinchalik standartga boshqa mintaqalarning ham katta qizi-
qishi tufayli uning ta’sir etish hududi faqat Yevropa bilan chek-
lanib qolmadi va hozirgi vaqtda TETRA qisqartmasi “Yer sirti
tranking radioaloqasi”
(ingl. Terrestrial Trunked Radio)
nomi bi-
lan yoyilmoqda. TETRA standarti asosiga turli chastotalar diapa-
zonlarida va aloqa protokollari bilan farq qiladigan tarmoqlarni
minimal xarajatlarda yaratishga imkon
beradigan universal texnik
yechimlar qo‘yilgan. TETRA tizimi chastota resursini tejash bilan
bir qatorda (25kGs chastotalar polosasida 4 ta mantiqiy kanal)
istiqbolda 3-avlod xizmatlarini taqdim etish va turli joriy etish
ssenariylarini ko‘zda tutib, funksionallikni oshirish bo‘yicha kat-
ta imkoniyatlarni ta’minlaydi. TETRA standarti rivojlanishda
davom etmoqda va uning bazasida yuqori tezlikda ma’lumotlarni
simsiz uzatish tizimlari ishlab chiqilmoqda (standartning hozirgi
TETRA V+D versiyasi 28,8kbit/sek maksimal ma’lumot uzatish
tezligini ta’minlaydi). Kanallarning paketli kommutatsiyalovchi
standartining TETRA PDO yangi versiyasida esa 32kbit/sek tez-
likka erishiladi. Bundan tashqari, standartning
ishchi chastota-
lar diapazonini kengaytirish, uni dengiz va aviatsiya xizmatlari
(vertolyotlar va uchish tezligi 500km/soat bo‘lgan yengil samo-
lyotlar), qishloq joylarida aloqani tashkil etish (100 km gacha
masofalarda) va boshqa vazifalar uchun moslashtirish bo‘yicha
ishlar olib borilmoqda [9].
PMR tizimlarining keyingi rivojlanishi foydalanuvchilarning
o‘sib borayotgan talablarini qondirish uchun aloqa rivojlanishi-
ning zamonaviy an’analarini hisobga
oluvchi yangi xizmatlarni
o‘z spetsifikatsiyalariga kiritishga qaratilgan. Xususan, umumiy
123
foydalaniladigan tarmoqlar (Internet) hamda korporativ tarmoq-
lar orasida tarmoqlararo o‘zaro ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan
IP protokoli asosida qurilgan tarmoqlardan foydalanish taklif
etilmoqda. Bunday tarmoq qo‘llanilganda texnologiya o‘ta yuqori
ma’lumot uzatish tezligini talab qiladigan ilovalarga mo‘ljallanadi.
Boshlang‘ich yuqori tezlikdagi ilovalar uchun bir necha o‘nlab
Mbit/sek tezliklardan foydalanilsa-da, keyinchalik PMR tizim-
larining yangi ishlanmalari 155Mbit/sek
dan yuqori tezliklarni
ta’minlashga qodir bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bunda to‘la mo-
billik va keng hududlarni qoplash (“rouming” imkoniyatlari) kabi
afzalliklar saqlanadi [10].
Shuningdek, PMR tizimlarini LTE mobil aloqa texnologiyasi
sari rivojlantirish ustida ham ishlar olib borilmoqda va shu tariqa
4G avlodi darajasida PMR hamda sotali aloqa funksionallarining
yanada yaqinlashishi kutilmoqda.
Dostları ilə paylaş: