Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   289
Raqamli mobil aloqa

“IS-54” standarti (korporativ nomlanishi D-AMPS
) asos 


130
qo‘ydi. U AQSHda ishlayotgan analog AMPS tizimlarining 
sig‘imini oshirish maqsadida ishlab chiqildi va TIA assotsiatsi-
yasi tomonidan 1989-yilda tasdiqlandi. D-AMPS standartida bir 
chastota kanalida (kanal ning kengligi 30kGs) 3 ta nutq kanalini 
ishlatish imkoniyatini beradigan yangi texnik yechimlar kiritil-
di. Bu standart asosidagi birinchi tarmoqlar 1992-yilda ishga 
tushirildi. AQSHda D-AMPS standarti (AMPS bilan birga) uzoq 
vaqt asosiy tizim bo‘lib turdi. 2000-yilda mamlakatda bu stan-
dartlar abonentlari soni 50 mln atrofida bo‘lgan [14]. Shu yer-
da aytib o‘tish lozimki, D-AMPS standartining tarqalishi faqat 
Shimoliy Amerika bilan cheklanib qolmay, dunyoning boshqa 
hududlarida ham, xususan, Janubiy Amerika, Janubi-Sharqiy 
Osiyo, Yaqin Sharq mamalakatlariga ham tarqaldi. Chunonchi, 
AMPS/D-AMPS standartlari MDH davlatlarida ham, xususan, 
bizning mamlakatimizda ham keng ommalashgan edi.
Sotali aloqaning raqamli texnologiyalarini rivojlantirishda Ya-
poniya ham Yevropa va AQSHdan qolishmadi va o‘zining 
PDC
(ingl. Personal Digital Cellular — Personal raqamli sotali aloqa 
tizimi)
deb nomlangan raqamli standartini ishlab chiqdi. Ushbu 
yapon standarti 1994-yilda tasdiqlandi. PDC standarti asosidagi 
tarmoqlar asosan mamlakat miqyosida foydalanish uchun ishla-
tildi va jahon bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi. O‘sha yillarda 
Yaponiyada PDC tarmog‘i mamlakat aholisining deyarli 99 foizi 
yashaydigan hududini qamrab olgan edi.
Axborotlarni raqam asosida uzatish va qayta ishlash rejimiga 
o‘tish tufayli standartlarning sonini sezilarli kamaytirishga erishil-
di. Shunday qilib, 1995-yilga kelib jahonda asosan uch raqamli 
standart: GSM, D-AMPS (IS-54, keyinchalik IS-136-TDMA) va 
PDC tarmoqlari ishlar edi.
Mobil aloqa tizimlarining rivojlanishida 1989-yil o‘ta mazmunli 
bo‘ldi, chunki bu yili Qualcomm (AQSH) kompaniyasi kanallarni 
kodli ajratish (CDMA) texnologiyasi asosida yangi raqamli tizim-
ni yaratdi. CDMA texnologiyasi asosida birinchi tijorat sotali 
aloqa tarmog‘ini ishlatish 1995-yilning sentyabrida Gonkongda 


131
boshlandi. Bundan biroz avvalroq, XTI tomonidan IS-95 (tijo-
rat nomi 
cdmaOne
) standarti tasdiqlandi va bu standart M.1073 
MSE-R spetsifikatsiyalar tarkibiga kirdi. cdmaOne tizimi Uolsh 
funksiyasi, ya’ni 64 ta kodli psevdo tasodifiy ketma-ketliklar 
yordamida spektrni to‘g‘ridan to‘g‘ri kengaytirilishi 
(ingl. Direct 
Spread CDMA DS-CDMA)
usuli asosida qurilgan edi. Bu tizimda 
9,6kbit/sek tezlikka ega bo‘lgan, shakllantirilgan signal butun po-
losa bo‘ylab kengaytirilib, 1,2288Mchip/sek chip tezligida uzatilar 
edi. cdmaOne standarti asosida qurilgan, turg‘un va harakatdagi 
aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan sotali tarmoqlar soni keskin orta 
boshladi va 2000-yilga kelib dunyodagi sotali aloqa abonentlari 
umumiy sonining qariyb 15 foizini tashkil qildi [15]. cdmaOne 
tizimi asosan nutqni uzatish sifatini oshirish va katta sig‘imli tar-
moqlarni qurish talab etilgan hollarda qo‘llanildi.
1990-yildan boshlab HTI hamda ETSI (Yevropa), ARIB (Ya-
poniya), ANSI (AQSH) mintaqaviy standartlashtirish tashkilotlari 
tomonidan butun dunyoda 3 avlodga (3G) mansub sotali alo-
qa standartini yaratish uchun yagona (umumiy) talablarni ishlab 
chiqish bo‘yicha ishlar boshlandi. Bu talablar 3G tizimlarining 
minimal mezonlari to‘plami sifatida kiritildi va ko‘p va’dalar be-
ruvchi “IMT-2000 dasturi” 
(ingl. International Mobile Telecom-
munications – 

Xalqaro mobil aloqa”)
nomini oldi. Ammo uchin-
chi avlod darajasida yagona aloqa standartini yaratish maqsadiga 
amalda erishib bo‘lmadi va natijada “Uchinchi avlod mobil aloqa 
tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik dasturi” (3GPP) 
tomonidan GSM tarmoqlarini 3G tomonga evolyutsion yo‘l bilan 
rivojlantirish maqsadida UMTS standarti ishlab chiqildi. Parallel 
ravishda boshqa — 3GPP-2 hamkorlik dasturi tomonidan cdma-
One standartini 3 avlod sari rivojlantirish maqsadida CDMA-2000 
standarti yaratildi va bu standart, asosan, Amerika bozori uchun 
mo‘ljallandi. UMTS va CDMAlardan tashqari 3G texnologiyala-
riga FOMA (Yaponiya) va TD-SCDMA (Xitoy) tizimlari, shu-
ningdek, UMTS standartining vaqtli dupleks (TDD) asosidagi 
TD- CDMA versiyasi ham kiritildi. 


132
XXI asr boshlariga kelib esa telekommunikatsiya sanoatida yan-
gi – to‘rtinchi avlod texnologiyalarini yaratish zarurati ta’kidlandi 
va yana mobil aloqaning yagona global standartini yaratish g‘oya-
si ilgari surildi. Natijada, mutaxassislarning fikricha, shu g‘oyani 
amalga oshirish uchun yetarlicha salohiyatga ega bo‘lgan mobil 
aloqaning LTE texnologiyasi paydo bo‘ldi.
Bo‘lim xulosasida shuni qo‘shimcha qilish lozimki, mobil 
tizimlarining rivojlanishi makrosotali tarmoqlardan mikrosotali va 
pikosota/femtosotali tarmoqlar tuzilmalariga o‘tish yo‘lidan ham 
bormoqda. Bunday tarmoqlardan foydalanish zich qurilishli va 
yopiq zonali (ofislar, yer osti avtomobil turar joylarida va bosh-
qalarda) shahar tumanlarida abonentlarga xizmat ko‘rsatishga im-
kon beradi. Mikrosotali tizimlarni qurish prinsiplari makrosotali 
tizimlarnikidan farqlanadi: ularda chastotaviy rejalashtirish mav-
jud emas, “xendover” ta’minlanmaydi va signal sathini o‘lchash 
amalga oshirilmaydi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin