139
tizim kadri) ko‘lamida boshqa faol abonentlarga taqdim etilgan-
dan butunlay farqli vaqt intervali T ajratiladi. Shu tufayli har bir
kanalning signali boshqalar bilan ustma-ust tushmasdan o‘zi ning
individual vaqt intervalida (so‘zda) joylashadi (9.2-a rasm). Shu
bilan birga abonentlarning signallar spektri butun tizimga ajratil-
gan
D
f
r
chastotalar polosasini egallashi mumkin va to‘la ustma-ust
tushishi ham mumkin. Shu singari o‘xshash resurs taqsimlanishni
tasvirlash uchun 9.2-b
rasm keltirilgan, va undan ko‘rinib turibdi-
ki chastota va vaqt bo‘ylab jamlangan resurs vertikal k tasmacha-
lar shaklida “ke silgan”, va ularning har qaysisi mumkin bo‘lgan
butun chastota diapazonini egalashi bilan birga ajratilgan (T
0
)
vaqt ning faqatgina K qismini egallaydi.
Ideal holatda vaqt bo‘yicha kanallar signallarining ustma-ust
tushmasligi ularning ortogonalligini ta’minlaydi va, demak,
ularning o‘zaro ta’sirini yo‘qotadi. Amalda esa,
tizim polosasi
chegaralanganligi sababli avvalgi kanallar signallarining o‘tish
protsesslari kelgusining paydo bo‘lishiga qadar tugamasligi
mumkin va so‘nggi navbatda keluvchilari bilan qo‘shilishi nati-
jasida (ayqashish) har tomonlama (kanallararo) xalaqitlarni hosil
qilishi mumkin.
Qo‘shni kanallarning ta’sirini, ya’ni kanallararo xalaqitlarning
sathini pasaytirishga himoya vaqt intervallarini kiritish bilan eri-
shilyapti, bu esa o‘z navbatida axborotni uzatish mumkin bo‘lgan
vaqt diapazonining kamaytirilishiga, ya’ni aslida,
uzatish tezligi-
ning pasayishiga olib keladi.
Ikkinchi avlod D-AMPS, GSM va PDC raqamli standart-
larda chastota va vaqt bo‘yicha taqsimlashlarning kombinat-
siyasini KCHAKF/KVAKF qo‘llash o‘rin topayapti. Bunday
kombinatsiyalar doyirasidagi tizimda
har bir chastota kanali
vaqtinchalik slotlarga bo‘linadi. Shu bilan birga har bir abonent
kanaliga faqatgina qisman chastota yoki vaqt resurslari ajratib
beriladi.
Aytilganlarni 9.2-d rasmda ko‘rish mumkin va bunda tasvir-
langanidek tizimning jami resursi endi tasmachalarga kesilmay-
140
di, balki ikkala o‘lchami ham
imkon qadar eng katta qiyma-
tidan kichik bo‘lgan tomonli to‘g‘ri to‘rtburchaklarga bo‘linadi.
Bu yerda soddagina qilib shuni qayd qilish mumkinki, ular-
ning kombinatsiyasi tayinlangan resurs ko‘lamida kanallar soni
bo‘yicha hech qanday nazariy yutuq bera olmaydi, chunki ta-
yinlangan imkoniyat ortogonal signallarning sonini qat’iy
chega-
ralaydi. Shuning uchun bu yerda birikmani amaliy qo‘llashning
sababi qandaydir potensial afzalliklar bilan emas, balki ko‘proq
ayrim ishlab chiqaruvchi korxonaning texnologik siyosati bilan
bog‘liqdir. GSM standartining efir interfeysidagi vaqt bo‘yicha
taqsimlangan ko‘p stansiyali foydalana olishni barpo qilish mi-
soliga murojaat qilaylik.
a
b
d
Dostları ilə paylaş: