Raqamli mobil aloqa


Sotali mobil aloqa tizimlarning real abonent sig‘imi



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   289
Raqamli mobil aloqa

9.5. Sotali mobil aloqa tizimlarning real abonent sig‘imi
Bundan oldingi quyi bo‘limlarda har xil turdagi sotali ko‘chma 
radioaloqa tizimlarini bayon qilishda ularning abonentlik sig‘imi, 
ya’ni xizmat ko‘rsatiluvchi abonentlar soni ochiqchasiga emas yo‘l 
bilan, radioaloqa kanallar soni bilan aniqlanadi. Albatta, bu yerda 
tushunarli, bu ikki tushunchalar bir xil emas. Xizmat ko‘rsatiluv-
chi tizim abonentlari sonini aloqa kanallari soni bilan chegaralash 
ratsional emasdir, chunki hamma abonentlarning baravariga alo-
qaga chiqish ehtimolligi odatda kichikdir. Shu sabali, aloqa kanali 
mavjud bo‘lsa, tizim k dan ko‘proq abonentlarga xizmat ko‘rsati-
shi mumkin, garchi shunday ehtimol borki, undan asosan ayrim 
hollarda abonentlar foydalana olmaydilar va qanchalik abonentlar 
soni aloqa kanallar soniga nisbatan ko‘p bo‘lsa, bu ehtimollik 
ham ko‘pdir.
Bundan bir butun ikki xil masala kelib chiqadi va uning 
shartlari quyidagicha tushintiriladi: berilgan ehtimolda foyda-
lanishga rad qilishli tayinlangan sanoqdagi aloqa kanallarga ega 
bo‘lgan tizim qancha abonentga xizmat qila oladi, yoki tayin-
langan ehtimolda tizimdan foydalanishga rad qilishli aloqa 
kanallarning qanday soni tizimga xizmat uchun kerak bo‘ladi.
Qo‘yilgan masalani yechilishi ommaviy xizmat ko‘rsatish 
nazariyasining mazmuniga asoslangan. Haqiqatdan ham mobil 
radioaloqa o‘zining mazmuni jihatdan ommaviy xizmat ko‘rsatish 
tizimning namunasidir, ya’ni tasodifiy chaqiriqlar oqimi bilan 
aloqa seansining tasodifiy davomiyligi bilan xizmatdagi aloqa 
kanalining so‘nggi sonini bildiradi.
Tasodifiy chaqiriqlar oqimining umumiy xarakteristikasidan eng 
ko‘pi bo‘lib ularning kelib tushishining o‘rtacha chastotasi u vaqt 
birligidagi chaqiriqlar soni bilan o‘lchanadi (misol, chaqiriq soat 
soni) va aloqa seansining o‘rtacha davomiyligi T, vaqt birligida ifoda 
etiladi. Ko‘paytma A = y T oqim yuklanishining o‘rtacha trafikni 
aniqlaydi (trafik jadalligi, oqim yuklanishi, aloqa kanaliga tushgan 
umumiy yuklanishni) va teletrafika nazariyasi sohasida ishlari bilan 


148
mashhur Daniya olimi A.K. Erlang nomi bilan ataluvchi Erlang kat-
taligida o‘lchanadi. Shuni ta’kidlash zarur, aloqa kanalidagi yukla-
nish u va T xarakteristikalarni odatda tizimning eng katta yuklangan 
intervalida baholashadi, ya’ni pik soatlarda aniqlashadi.
Tayinlangan vaqt mobaynidagi chaqiriqlar t diskret tasodi-
fiy kattalik bo‘lib Puasson taqsimlanishi bilan odatda tushun-
tiriladi: bu yerda t vaqt ichida kelib tushuvchi chaqiriqlarning 
k ehtimolligidir. Aloqa seansining davomliligi (bitta kanalning 
bandligi) t uzluksiz tasodifiy kattalikdir va uning ehtimollik 
zichligi ekspo nensial ko‘rinishda qabul qilinadi (T – o‘rtacha 
qiymati).
Yangi chaqiriq tushish paytigacha bo‘sh kanallarga ega bo‘lgan 
tizimning qanday o‘zini olib borishiga qarab uchta quyidagi mo-
dellarga ajratiladi:
• kutish vaqti cheklangan tizim (Erlang modeli A) bo‘sh kanal 
bo‘lmagan holatda chaqiriq navbatga qo‘yiladi va tayinlangan 
vaqt o‘tishida, agar shu vaqt davomida band bo‘lgan kanallar-
ning birortasi bo‘shamasa, inkor (annulyatsiya) qilinadi;
• rad qilishli tizimlar, ya’ni bo‘sh kanallar bo‘lmagan holatda 
chaqiriqlar bekor qilinadi;
• kutish tizimlar, ya’ni chaqiriqlar navbatga qo‘yiladi va kanal 
bo‘shashini uzoq vaqt kutadi (Erlang modeli S).
Sistemadan foydalanishga rad qilishning ehtimolligini aniqlash 
bo‘yicha fomulalar mavjud. Ammo lekin ular juda katta va foyda-
lanilmaydi. Amalda aloqa kanali tizimi uchun berilgan blokirov-
ka ehtimolligida mumkin bo‘lgan yuklanishni Erlangda hisoblash 
maqsadida ularni grafik shaklida yoki jadval ko‘ri nishda taalluqli 
texnik adabiyotlarda berilgan ma’lumot ishlatiladi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin