Raqamli mobil aloqa


-bob. SOTALI ALOQA TIZIMLARINING



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   289
Raqamli mobil aloqa

10-bob. SOTALI ALOQA TIZIMLARINING
EVOLYUTSIYASI
10.1. Tranking radioaloqa tizimlari
Qayd qilib o‘tilganidek, mobil aloqaning ilk tijorat tarmoqlari 
70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshlarida paydo bo‘lgan. 
Ularning barchasida ovozni uzatishda analogli chastotaviy modu-
l yatsiyadan foydalanilgan. Birinchi avlod sotali aloqa standartlari-
ga, odatda, quyidagilar kiritiladi (10.1-jadvalga qarang):
• AMPS
(ingl. Advanced Mobile Phone Service
— 
“Takomil-
lashtirilgan mobil telefon xizmati”, shuningdek, “Shimoliy Ameri-
ka standarti” nomi bilan mashhur. 800MGs diapazonda ishlagan, 
1983-yilda foydalanishga tushirilgan)
— AQSH, Kanada, Marka-
ziy va Janubiy Amerika, Avstraliya kabi hudud va davlatlarda 
keng qo‘llanilgan; O‘z vaqtida (1995-yilda) jahondagi mobil 
aloqa tarmoqlaridagi barcha abonentlarning 1/3 qismiga xizmat 
ko‘rsatgan va D-AMPS raqamli modifikatsiyasi bilan birgalikda 
eng keng tarqalgan sotali tizim bo‘lgan. Jumladan, Rossiyada 
AMPS regional standart sifatida (asosan D-AMPS varianti-
da) tasdiqlangan va eng keng tarqalgan standart hisoblangan. 
O‘zbekistonda AMPS/D-AMPS standartlari “Uzdunrobita” 
hamda “Rubicon Wireless Communications” operatorlari to-
monidan ishlatilgan [18];
• TACS
(ingl. Total Access Communication System
— 
“Umu-
mulanishli aloqa tizimi”, 900MGs diapazonda ishlagan, 1985-yilda 
ishga tushirilgan)
— Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, 
Irlandiya davlatlarida foydalanilgan, Amerikaning AMPS standar-
ti asosida ishlab chiqilgan. ETACS (Yevropa) va JTACS/NTACS 
(Yaponiya) modifikatsiyalariga ega bo‘lgan. TACS analog stan-
dartlari orasida tarqalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan. 1995- 
yilda abonentlar bazasi bo‘yicha ham u jahonda ikkinchi o‘rinni 
egallagan, lekin 1997-yilga kelib tez rivojlangan raqamli standart-
lar tomonidan to‘rtinchi o‘ringa tushirib qo‘yilgan;


155
• NMT­450
(ingl. Nordic Mobile Telephone 
– 
“Shimoliy dav-
latlar mobil telefoni”, 450MGs diapazonda ishlagan, 1981-yilda ish-
ga tushirilgan)
mobil aloqa tarixidagi ilk standartdir. Skandinaviya 
davlatlarida va jahonning boshqa ko‘plab mintaqalarida foydalanil-
gan. “Skandinaviya standarti” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Jahon-
ning analog standartlari orasida tarqalishi bo‘yicha uchinchi o‘rinni 
egallagan. Aholi nisbatan siyrak joylashgan hududlarda uzoq ma-
sofalarda aloqa ta’minlash uchun ancha qulay bo‘lgan. 1985-yilda 
NMT-450 bazasida 900MGs diapazonida ishlaydigan NMT-900 
standarti ishlab chiqilgan. U tizimning funksional imkoniyatlarini 
kengaytirish va abonent sig‘imini sezilarli oshirishga imkon yarat-
gan. O‘zbekistonda sotali aloqa davri boshlanishida NMT-450 
standarti asosida “Uzdunrobita” QK o‘z faoliyatini boshlagan;

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin