181
HSDPA
(ingl. High-Speed Downlink Packet Access – “pastga”
yo‘nalishida ma’lumotlarni yuqori tezlikda paketli uzatish)
– mu-
taxassislar tomonidan to‘rtinchi avlod texnologiyalariga o‘tishda
oraliq bosqichlaridan biri sifatida baholanayotgan mobil aloqa
texnologiyasidir. HSDPA texnologiyasida ma’lumot uzatishning
maksimal nazariy tezligi 14,4Mbit/sek gacha etishi mumkin, mav-
jud tarmoqlarda amaliy erishilgan tezlik esa 3Mbit/sek ni tashkil
etadi.
HSDPA texnologiyasi kabi
HSUPA
(ingl. High-Speed Uplink
Packet Access – “tepaga” yo‘nalishida ma’lumotlarni yuqori tezlik-
da paketli uzatish texnologiyasi)
takomillashgan modulyatsiyalash
usullari hisobiga foydalanuvchining W-CDMA AUsidan BSga
ma’lumot uzatishni tezlatishga imkon beradigan mobil aloqa tex-
nologiyasi hisoblanadi.
Nazariy jihatdan HSUPA texnologiyasi “yuqoriga”
ma’lumot larni maksimal 5,76Mbit/sek gacha bo‘lgan tezlikda
uzatishga mo‘ljallangan bo‘lib, bu bilan AUdan BSga ma’lu-
motlarning katta oqimini talab qiluvchi uchinchi avlod ilova-
larini (masalan, vi deokonferensiya) ishga tushirish imkonini
beradi.
Dostları ilə paylaş: