187
na sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari yordamida amalga oshirilishi
mumkin. Shuning uchun, 1995-yilda HTIda ikkita dasturni, ya’ni
yuqorida ta’kidlangan FPLMTS va GMPCS
(ingl. Global Mobile
Personal Communications by Satellite – “Global yo‘ldoshli aloqa per-
sonal tizimi”)
ni
birlashtirib, “Butun dunyo mobil aloqa tizimi” –
IMT–2000
(ingl. International Mobile Telecommunications)
dasturini
yaratish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bunda “2000” soni tasodi-
fan tanlanmadi: u dasturning ishga tushish yili, unda ishlatilishi re-
jalashtirilgan radiochastota diapazoni (MGsda) va ko‘zlangan ma’lu-
mot uzatish tezligi (kbit/sek da) kabi ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq.
Shunday qilib, IMT-2000 – bu Yer usti va yo‘ldoshli aloqa
manfaatlarida to‘liq xizmatlar to‘plamini taqdim etuvchi milliy,
regional va xalqaro tarmoqlarni tatbiq etishda ko‘maklashuvchi va
standartlashtirish bo‘yicha uzoq muddatli dastur shaklida qabul
qilindi.
3G tarmoqlarini rivojlantirish rejasida ikkita: diskriminatsion
va nodiskriminatsion yondashuv ishlab chiqilgan edi.
Birinchi
yondashuvda, jami ajratilgan chastota resurslari barcha ishtirok-
chilar orasida tengga teng taqsimlanishi ko‘zda tutilgan edi. Ik-
kinchi holda, bir necha istiqbolli texnologiyalar ajratib olinishi
va kelgusida faqat ularni rivojlantirish taklif etilgan edi. Lekin,
konsepsiyani ishlab chiqish bosqichidan aniq loyihalarga o‘tish
jarayonida turli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar manfaatlarini
yagona standart doirasida birlashtirishning ilojisi yo‘qligi yaqqol
ko‘rinib qoldi.
IMT-2000 standartlarini yaratish ustida olib borilgan ishlar
shuni ko‘rsatdiki, o‘sha davrda faqatgina umumiy tavsiyalarni
ishlab chiqish masalalari muvaffaqiyatli yechilishi mumkin ekan.
2G tarmoqlaridan 3G tarmoqlariga o‘tish evolyutsiyasining tah-
lili jahonning turli regionlaridagi ayrim apparatura ishlab chiqa-
ruvchilar manfaatlarida jiddiy farqlar
mavjudligi va ularni bir-
lashtirishning deyarli imkoniyati yo‘qligini ko‘rsatdi. Masalan,
bir qator taqdim etilgan uchinchi avlod Yer usti va yo‘ldoshli
aloqa tizimlarining loyihalarida keltirilishicha, amalda bir xil
188
darajadagi xizmatlar taqdim etilsada, biroq radioulanish uslubla-
rida prinsipial turli, ya’ni TDMA va CDMA texnologiyalaridan
foydalanilgan. Shular sabab, ushbu bosqichda
har xil loyihalarni
birlashtirish va jahon miqyosida yagona standart yaratish imkoni
bo‘lmadi.
1998-yilga kelib, HTI qoshida Yevropa, Shimoliy Amerika va
Osiyo-Tinch okeani mintaqasining ko‘plab hududiy va milliy
tashkilotlari ishtirokida olib borilayotgan yangi texnologiyalarni
standartlashtirish jarayoni to‘liq tugatildi. Uchinchi avlod tizim-
lariga yagona talablarni ishlab chiqish va moslashtirishga qator
muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng, HTI bu muammoga o‘zga-
cha yondashishga qaror qildi. Xususan, uning yangi konsepsiya-
si, “global rouming” g‘oyasini saqlab,
uni yangi IFS
(ingl. IMT-
2000 Family of Systems)
nomini olgan uchinchi avlod tizimlarini
mavjud analog va raqamli tarmoqlari bilan birlashtirish uchun
g‘oyaviy asos sifatida ishlatish bo‘ldi. Bir necha standartlar gu-
ruhini qabul qilgan va bu bilan global xalqaro standarti g‘oyasi-
dandan voz kechgan HTI bu standartlarni yaqinlashtirishga
(garmonizatsiya) o‘z urinishlarini faollashtirdi. Shunday qilib,
dunyoda uchinchi avlod darajasida bir emas, balki standartlar
oilasi vujudga keldi.
Dunyoda ilk bor 1996-yilda
Ericsson kompaniyasi tomoni-
dan Chista (Shvetsiya) shahrida W-CDMA texnologiyasi
asosida 3G tajribiy tarmog‘i qurilib, ishga tushirildi. Bu tex-
nologiya Yevropada universal aloqa tizimi bo‘lgan UMTS –
Yer usti mobil segmenti loyihasiga asos bo‘ldi. CDMA-2000
asosidagi birinchi tarmoq 2000-yil oktyabr oyida Janubiy
Koreyada SK Telecom hamda LG Telecom kompaniyalari
tomonidan ishga tushirildi. FOMA (W-CDMA)ning ilk tar-
mog‘i 2002-yilda Yaponiyada NTT DoCoMo kompaniyasi
tomonidan ishga tushirildi. Yapon operatorlarini W-CDMA
texnologiyasida abonent sig‘imi yuqoriligi qiziqtirdi.
Birin-
chi TD-SCDMA tarmoqlari esa 2006-yildan boshlab, Xitoy-
da ishga tushirildi.
189
O‘zbekistonda birinchi 3G tarmoqlarini yaratish ishlari 2007-
yildan boshlandi. 2008-yilning oxiriga kelib, ikki operator
(MTS
va Bilayn)
3G tarmoqlarini tijorat maqsadida foydalanishga
tushirishi hamda Internetga keng polosali ulanish xizmatlari-
ni taqdim etishi haqida e’lon qildi. Uchinchi operator
(Ucell)
o‘zining 3G tarmog‘ini 2009-yilda ishga tushirdi. Shuningdek,
O‘zbekistonda 800MGs va 450MGs diapazonlarida CDMA-
2000 standarti asosida ishlovchi ikki tarmoq
(Perfectum Mobile
va UzMobile)
faoliyat olib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: