193
moqdagi barcha tayanch stansiyalar bitta chastotada ishlaydi, shuning
uchun chastotaviy rejalashtirish zaruriyati yo‘q. Abonent stansiyalari
(mobil stansiyalar) quvvatlarining sochilishiga bo‘lgan yuqori sezgir-
lik va tayanch stansiyalarni sinxronlash zaruriyati (IS-95 standarti)
mazkur texnogiyani joriy etishdagi asosiy qiyinchiliklardir. Tayanch
stansiyalarni sinxronlashda GPS (Global position system –
Yerning
sun’iy yo‘oldoshlari yordamida geografik joylanishni global aniqlash
tizim)dan foydalaniladi. Umumiy foydalanuvchi abonentlarni kod
bo‘yicha ajratuvchi CDMA sotali ko‘chma radioaloqa tizim birinchi
bo‘lib Qualcomm (AQSH) firmasi tomonidan ishlab chiqarildi va
MOTOROLA firmasi tomonidan muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
AQSHda CDMA tizimiga IS-95 deb nomlangan standart qabul
qilindi. Kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ishlovchi kommer-
siyali tizim birinchi bo‘lib dunyoda
Hutchison Telephone kom-
paniyasi tomonidan 1995-yilda joriy etildi. Mazkur tarmoq MO-
TOROLA firmasi uskunalaridan tashkil topgan bo‘lib, SC9600
stansiyalari va EMX 2500 kommutatsiya stansiyalari asosida quril-
gan. CDMA standartni yaratishda sotali aloqa tizimning sig‘imini
analoglilarga nisbatan kamida o‘n martaga oshirish va ajratilgan
chastota spektridan foydalanish effektivligini shu darajaga ko‘pay-
tirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
CDMA prinsipi xabarlarni oddiy uzatishda qo‘llanadigan chas-
totalarning polosasiga qaraganda polosasi ancha kengroq bo‘lgan
keng polosali signallardan foydalanishga asoslangan. Buning ne-
gizida ancha avvalgi vaqtdan beri harbiy radioaloqada shovqinsi-
mon yoki keng polosali signaldan (SHSS, KPS) foydalangan holda
qo‘llaniluvchi modulyatsiya uslubi yotadi (SHSS yoki KPS:
ingliz
tili adabiyotlarida spread spectrum atama “kengaytirilgan” yoki
“yoyilgan” spektr ma’nosini anglatadi. Ya’ni foydali axborot odat-
dagi tor polosaliga nisbatan ancha kengaytirilgan chastota diapa-
zoni bo‘yicha “yoyilib” tarqatiladi. Bu esa axborotning foydali bitlar
ketma-ketligini ancha qisqa bo‘lgan psevdotasodifiy ketma-ketliklar
impulslariga ko‘paytirish usuli bilan amalga oshiriladi. Natijada tor
polosali modulyatsiyaliga nisbatan ancha kattaroq chastotaviy dia-
194
pazonga va kichik intensivlikka ega bo‘lgan signal hosil bo‘ladi.
Kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali foydalana
olish CDMA standartida DSSS
(ingl. direct-sequence spread spec-
trum – “kengaytirilgan spektrning to‘g‘ri ketma-ketligi”)
modulyatsi-
yasi singari uslub qo‘llaniladi, ya’ni shovqinsimon signallarni.
Keng polosali (shovqinsimon) signalning bazasi bilan tavsifla-
nadi, va u spektr kengligi F ni uning davomiyligi T ga ko‘paytma-
sidan aniqlanadi:
B=
F T
Ma’lumotlar ikkilik simvollar ko‘rinishida raqamli uzatishda
keng polosali (shovqinsimon) signalning (KPS) davomiyligi T va
uzatish tezligi o‘zaro quyidagicha bog‘langan:
1
T
C
=
Demak, signalning bazasi B=F/C keng polosali (shovqinsi-
mon) signal (KPS) spektrining ma’lumot spektriga nibatan ken-
gayishini tavsiflaydi, bu esa o‘z navbatida ikkita uslub bilan yoki
ularning kombinatsiyalash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin:
1. Chastotalar spektrini to‘g‘ri
kengaytirish uslubi;
2. Tashuvchi chastotani saqrash yo‘li bilan o‘zgartirish uslubi.
Birinchi uslubga asosan tor polosali signal davomiyligi T ga
teng bo‘lgan psevdo tasodifiy ketma-ketlikka (PTK) ko‘paytirila-
di. O‘z navbatida PTKning har qaysisi davomiylikga ega bo‘lgan
N ta bitlardan tashkil topgan. Demak, KPS bazasi (11.1-rasm)
son jihatidan PTK elementlari soniga teng bo‘ladi:
B = T/t
0
=N
Tashuvchi chastotaning sakrashli o‘zgarishida esa, sintezator-
ning chiqish chastotasi PTKni shakllantirish qonuniga asosan tez
qayta o‘zgartirilishi amalga oshiriladi (12.2-rasm).
195
“Chastota bo‘yicha sakrash”
(yoki FH — Frequency Hop-
ping)
quyidagicha amalga oshiriladi: nisbatan kichik vaqt in-
tervallar orasida har bir individual gaplashish kanallarga mos
ravishda psevdo tasodifiy qonun bo‘yicha (kod bo‘yicha)
ayrim belgilangan chegara me’yorida uzatgichning (sin-
tezatorning) eltuvchi chastotasi o‘zining
qiymatini doimiy
o‘zgartirib turadi.
X
Gen
PSP
1/T
PSP
S
shps
T
t
(f
o
- 1/
o
)
(f
o
+ 1/
o
)
o
f
o
Dostları ilə paylaş: