Egovlash usullari. Egovlashda kuchni taqsimlanishi
Reja:
1.
Metallni qo’lda qirqish asboblari.
2.
Metall list materiallari turlari.
3.
Metalllami kesish texnologiyasi.
Metallni qirqish.
Metallni bo’laklarga bo’lish
uchun arralashpolotnosi,
qaychi va boshqa kesuvchi asboblardan foydalaniladi.
Metallni qirqish uchun asbob . Qalin bo’lgan listli, polosali kesimi doira shaklida
bo’lgan, profilli metallarni qirqish uchun qo’l-temir arrasi ishlatiadi. U paz, shlis,
aylana
bo’ylab
belgi
qilish
uchun
ham
ishlatiladi
(8-rasm).
Temir arra polotnosi tishlarini shunday o’rnatish kerakki, uning egilgan tishlarining
uchlari ushlagichga teskari bo’lsin. Sal tortilgan polotnoning tishlari arralagan
payitda sinib ketishi mumkin, aksincha agar polotno juda qattiq tortilib o’rnatilsa,
sal qiyalikdan ham polotno sinib ketadi.
Polotno tishlarinng qayrilish burchagi odatda 60 ° ni tashkil qiladi.
Metallni
qirqayotgan paytda ishqalanish kuchini kamaytirish uchun ikki tomonga qayiriladi.
Polotno to’lqinsimon qilib ishlangani uchun uning qirqish eni 0,25-0, 6 mm ko’proq
bo’ladi. Temir arra polotnosining uzunligi odatda 250-350 mm, eni 12-15 mm,
qalinligi 0,6-0, 8 mm bo’lib« tishlar qadami 0,6-1,2 mm ni tashkil qiladi.