20
himoyachi
oxirgi
pozitsiyani
egallaydi.
Ko`pincha
to`siq
qo`yuvchi
himoyachilarga darvozaning ularga yaqin burchagini berkitish yuklanadi.
Raqiblar son jihatdan ustunlikka ega bo`lib
qolgan holatda, himoyachilar
avval hujumning rivojlanishini to`xtatishga harakat qilishlari kerak. Ikki himoyachi
uch hujumchiga qarshi kurashda quyidagicha harakat qilininishi lozim. Agar to`p
burchakdagi hujumchida bo`lsa, unga yaqin himoyachi hujumga o`tadi, boshqasi
esa xavfli bo`lgan hududni taxminan darvoza qarshisining markazini egallaydi.
Agar to`p o`rtadagi o`yinchida bo`lsa, unga himoyachilardan
biri hujum qiladi,
ikkinchisi esa qolgan ikki hujumchiga baravar bo`lgan oraliqdagi holatni egallaydi.
Agar jamoa son jihatdan kamchilikni tashkil qilsa (5x6), u holda
himoyachilar to`p bilan hujum qilayotgan tomonga
zichlashishi tufayli qarama-
qarshi tomonda bo`sh o`yinchini qoldirishga imkon yaratadi. Demak, son jihatdan
kamchilikni tashkil qilish himoyachilarni to`p yo`nalishi tomon siljishga majbur
etadi. O`yin davomida son jihatdan ustunlik holatidan to`g’ri foydalanish zarurdir.
Agar jamoada olti himoyachi besh hujumchiga qarshi o`ynasa, u holda bo`sh
qolgan himoyachi, markazda darvoza qarshisiga
joylashadi va boshqalarni
“straxovka” qiladi yoki raqiblardan to`pni olib qo`yishga intiladi.
Bekinib kirish.
Bu guruh harakatlari turi ta’qib davrida himoyachilarga
bir-birlarining orasida ro‘y berishi mumkin bo’lgan to‘siqlar va
to‘qnashuvlarning oldini olishga imkon beradi. Ko‘pincha bu o‘zaro
harakatlar shaxsiy va aralash himoyada qo’llaniladi. Bekinib kirishni qo’llab
o‘tishda imtiyoz quyidagilarga beriladi:
1. To‘pli hujumchini ta’qib etayotgan sherigiga;
2. To‘p tomon harakatlanayotgan sherigiga;
3. Aralash himoyadagi shaxsiy ta’qib etuvchi o‘yinchiga.
Dostları ilə paylaş: