3
Irbolayeva Iroda Sodiqjonovna
1986-yil 3-mart kuni Pop tumanida tavallud
topgan.
2004-2008-yillarda
Namangan
davlat
universitetida tarix fakultetida tahsil olgan.
Mehnat
faoliyatini 2008-yilda Namangan shahar 27-umumiy
oʻrta ta’lim maktabida tarix fani oʻqituvchisi vazifasida
boshlagan. Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 2-umumta’lim
maktabida 2009/2014 va 5-umumta’lim
maktabida
2014/2020-yillarda oʻz faoliyatini davom ettirdi.
2020-yildan
boshlab
Davlatobod
tumani
91-umumta’lim maktabida tarix va tarbiya fanlaridan dars berib kelmoqda.
I.Irbolayeva ilgʻor, ijodkor va yuqori kompetensiyaga ega boʻlgan
qobiliyatli pedagog boʻlib, oʻquvchi yoshiga va sinfiga mos tarzda darslar
tashkil etib boradi. Tarix, huquq, milliy istiqlol gʻoyasi
fanlaridan turli
mavzularda dars ishlanmalar tayyorlagan.
2018-yil oʻrta ta’lim maktablarining 10-sinflariga dars beruvchi
oʻqituvchilar uchun tashkil etilgan qisqa
muddatli kursning sertifikati,
viloyat olimpidasida “Eng namunali hakam”, “Yil ayoli-2019” koʻrik-tanlovi
tuman bosqichida “Oʻz kasbining ustasi” nominatsiyalarida gʻoliblikni
qoʻlga kiritgan. Uning tarixiy, pedagogik
va metodologik mavzulardagi
10 dan ortiq maqolalari respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalari, respublika
va xalqaro ilmiy jurnallarida nashr etilgan.
2019-2020-oʻquv yili davomida “Eng namunali dars ishlanma”
tanlovida 2-oʻrinni egallagan. “Yevropada reformatsiya” mavzusidagi dars
ishlanmasi 2020-yil yanvar oyida viloyat miqiyosida ommalashtirilgan.
2020-yil fevral oyida tayanch maktabda 10-sinflarda “Oʻzbekiston
fan va
madaniyati - gʻalaba uchun xizmatda” mavzusida koʻrgazmalar bilan ishlash
qulayliklari haqidagi dars ishlanamasi tuman miqiyosida ommalashtirilgan.
2021-yil mart oyida navbatdan tashqari attestatsiya imtihonlaridan
muvaffaqiyatli oʻtib, oliy toifali tarix fani oʻqituvchi maqomiga erishdi.
I.Irbolayeva bundan keyingi mehnat faoliyatida ham oʻz
bilimi va
tajribasi bilan tarix fanini samarali metod va usullardan foydalanib oʻqitishda
hamda yangi innovatsiyalar bilan yosh avlodga sidqidildan bilimlar berib
borishiga ishonch bildiramiz.
Dostları ilə paylaş: