5.18-rasm.
Yuqoridagi 5.18-rasmdan ko‘rinadiki Router-1 marshrutizator paketni
jo‘natishda eng qisqa marshrutni tanladi. Ya’ni paketni uzatishda uni Router-2
orqali emas balki to‘g‘ridan to‘g‘ri Router-3 ga uzatdi.
Bundan tashqari har bir marshrutizatorda uning CLI komandalar interfeysida
quyidagi komanda orqali RIP bo‘yicha marshrutizatsiya jadvalini ko‘rish:
Router#show ip route rip
Bu komanda yordami quyidagi ma’lumotlar xosil bo‘ladi:
5.19-rasm. Marshrutizatorda RIP protokoli bo‘yicha marshrutizatsiya
jadvalini ko‘rish
Yuqoridagi 5.19-rasmda tasvirlangan jadvaldan ko‘rinadiki Router-1 dan
192.168.2.0 tarmoqga chiqish 192.168.10.2 manzilli interfeys orqali amalga
oshiriladi. Jadvaldagi 00:00:25 bu jadvalning oxirgi marta qancha vaqt oldin
yangilanganini anglatadi, ya’ni 25 soniya oldin bu marshrutizatsiya jadvali
yangilangan. Ma’lumki RIP protokoli asosidagi tarmoqlarda har 30 soniyada
marshrutizatorlardagi marshrutizatsiya jadvali yangilanadi.
Dostları ilə paylaş: