Shu kabi 192.168.2.0 manzilli lokal tarmoqda turgan kompyuterga
192.168.2.2, 192.168.3.0 manzilli lokal tarmoqda turgan kompyuterga 192.168.3.3
kabi manzillarni biriktirishimiz lozim. Shundan so‘ngina tarmoqda OSPF protokoli
asosida marshrutizatsiya jarayonini amalga oshirilishini tekshirib ko‘rishimiz
mumkin.
5.23-rasm. Tarmoqda OSPF protokoli asosida marshrutizatsiya jarayonini
amalga oshirilishi
Yuqoridagi 5.23-rasmdan ko‘rinadiki Router 0 o‘ziga bevosita ulangan
192.168.1.0 manzilli lokal tarmoqdan kelgan paketlarni 192.168.3.0 manzilli lokal
tarmoqga uzatishda Router 1 oraqali tashkil etilgan marshrutni tanladi. Bu
tarmoqda barcha marshrutizatorlar orasidagi bog‘lanish tezligi bir xil bo‘lganligi
sababli Router 0 marshrutizator ushbu marshrutni tanladi.
Endi yuqorida takidlab o‘tgan tarmoqning ishonchliligini dinamik
marshrutizatsiya usulida yuqori bo‘lishini tekshirib ko‘rishimiz mumkin. Buning
uchun Laptop 0 dan 192.168.3.3 manzilli Laptop 2 ga ping jo‘natamiz. Bu vaqtda
Router 0 dagi Gig0/2 interfeysni o‘chiramiz. Aynan Gig0/2 interfeysini
o‘chirganimizning sababi OSPF protokoli bo‘yicha asosiy marshrut sifatida Shu
interfeys orqali o‘tgan marshrut tanlangan. Bu interfeysni o‘chirish orqali OSPF
protokoli paketlar uzatishni boshqa marshrutga ko‘chirishini va bu ko‘chirilish
tezligini tekshirishimiz mumkin bo‘ladi. Dastlab Laptop 0 dan 192.168.3.3
manzilla Laptop 2 ga katta sondagi exo-so‘rov jo‘natiladi va Shu vaqtda Gig0/2
o‘chiriladi. Buning uchun Laptop 0 ning komandalar qatorida quyidagi buyruq
kiritiladi va Enter tugmasi bosiladi:
Dostları ilə paylaş: