Ishdan maqsad: rip protokoli yordamida multimediya tarmoqlarida marshrutizatsiya jarayonini sozlash. Nazariy qism



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix10.12.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#138926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-10 Amaliy mashg`ulot MATdoc

– router ortida 1 raqamli avtonom tizim mavjudligini 
anglatadi.
Router(config-router)#neighbor 10.3.0.2 remote-as 3 
– 10.3.0.2 manzilli interfeys orqali 
3 raqamli avtonom tizimga ulanish mumkunligini anglatadi.
Router(config-router)#neighbor 10.1.0.2 remote-as 2 – 
10.1.0.2 manzilli interfeys orqali 
2 raqamli avtonom tizimga ulanish mumkunligini anglatadi.
Bu R1 marshrutizatorga to‘g‘ridan – to‘g‘ri ulangan tarmoqlar: 
Router(config-router)#network 10.1.0.0 mask 255.255.255.252
Router(config-router)#network 10.3.0.0 mask 255.255.255.252 


Router(config-router)#network 192.168.10.0 mask 255.255.255.0 
Shu tariqa R2 marshrutizatorida ham yuqoridagi kabi sozlash jarayoni 
amalga oshiriladi. Sozlash jarayoni quyidagi 5.30-rasmda tasvirlangan. 
5.30-rasm 
Yuqoridagi 5.30-rasmda qizil xudud orqali ajratilgan yozuvlar shuni 
anglatadiki, R1 marshrutizatorda BGP protokoli bo‘yicha sozlash jarayoni bajarib 
bo‘linganligi sababli, R1 va R2 marshrutizator o‘rtasida BGP protokoli bo‘yicha 
marshrutizatsiya ma’lumotlarni almashinish boshlandi.
Shuningdek R3 marshrutizatorida ham yuqoridagi kabi sozlash ishlari 
amalga oshiriladi. Ushbu marshrutizatorni sozlashda ham R2 va R1 
marshrutizatorlarda BGP bo‘yicha marshrutizatsiyani sozlash amalga oshirilib 
bo‘linganligi sababli bu marshrutizatorlar bilan BGP protokoli orqali bog‘lanish 
jarayoni o‘rnatildi. Bu 5.31-rasmda qizil xudud orqali ajratilgan.


5.31-rasm 
Shu bilan tashkil etilgan tarmoqda BGP protokoli orqali marshrutizatsiya 
jarayonini sozlash yakunlanadi. Endi turli avtonom tizimlarda joylashgan 
kompyuterlar o‘rtasida ma’lumot almashinish jarayonini tekshirib ko‘rishimiz 
mumkin. Bunda marshrutizatorlar o‘rtasidagi paketlarni uzatishda marshrut BGP 
protokoli asosida amalga oshiriladi. 1-avtonom tizimdagi PC0 dan 3-avtonom 
tizimdagi PC2 (192.168.30.2 manzilli) ga 
ping 
jo‘natish orqali ular o‘rtasidagi 
ma’lumot almashinuvi jarayonini tekshirib ko‘rish mumkin.
5.32-rasm 
Bunda PC0 dan PC2 ga uzatilishda paketlar qanday marshrut orqali 
jo‘natilishini ham ko‘rib chiqish mumkin (5.33-rasm).


5.33-rasm 
Yuqoridagi 5.33-rasmdan ko‘rinadiki PC0 dan PC2 ga paketlar uzatilishida 
marshrut 
R1 
marshrutizatorning 
192.168.10.1 
manzilli 
interfeysi, 
R3 
marshrutizatorning 10.3.0.2 manzilli interfeysi orqali tashkil etildi. Ya’ni xoplar 
soni eng minimal bo‘lgan marshrut (eng qisqa yo‘l) tanlandi. 
5.34-rasm 
BGP protokoli asosida marshrutizatsiya jarayoni tashkil etilganda uning rad 
etishlarga chidamliligini tekshirib ko‘rish uchun yuqoridagi 5.34-rasmda 
tasvirlangan marshrutdagi 10.3.0.2 manzilli interfeysini o‘chirib ko‘ramiz va bunda 
marshrutning qayta tiklanishini tekshiramiz. Buning uchun R3 marshrutizatorning 
Gig0/2 (5.35-rasm,1) interfeysi o‘chiriladi (5.35-rasm,2). Dastlabki marshrut 
tashkil etilgan interfeysning ishdan chiqishi xolatida BGP protokoli asosida yangi 
marshrut tashkil etilishi lozim edi va bu amalga oshdi. R3 marshrutizatorning Gig 
0/2 interfeysi ishdan chiqganda jo‘natilayotgan paketlarning ikkitasi yo‘qotildi va 
marshrut qayta tashkil etildi (5.35-rasm, 3). 


5.35-rasm. BGP protokoli bo‘yicha marshrutning qayta tiklanishini tekshirish 
Qayta tiklangan marshrutni qanday tashkil etilganligini tekshirib ko‘rish 
mumkin. 
5.36-rasm 
Yuqoridagi 5.36-rasmdan ko‘rinadiki qayta tiklangan marshrut R1 
marshrutizatorning 192.168.10.1 manzilli interfeysi, R2 marshrutizatorning 
10.1.0.2 manzilli interfeysi va R3 marshrutizatorning 10.2.0.2 manzilli interfeysi 
orqali tashkil etildi. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin