10-AMALIY ISH
TRANSPORTDA LOGISTIKA XARAJATLARINI VA TARIFLARNI
SHAKLLANTIRISH
Ishdan maqsad
: transport jarayonlaridagi moddiy va boshqa oqimlar, logistika
xarajatlarining mazmun-mohiyati, logistika xarajatlarining optimal tashish darajasi va
unga bog’liq texnologik jarayonlar bilan bog’liqligini o‘rganish.
Quyidagi savollarga javob keltiring
:
1. Transport jarayonlaridagi moddiy va boshqa oqimlar (taqdimot tayyorlash).
2. logistika xarajatlarini hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlari va logistika
xarajatlarining tasnifi (ma’ruza materiallari asosida).
3. Logistika xarajatlariga ta’sir etuvchi omillar. Transportda logistika xarajatlari
(ma’ruza materiallarini mustahkamlash).
1. Transport jarayonlaridagi moddiy va boshqa oqimlar
Material oqim -
bu logistik operatsiya va funktsiyalar qo’llanilayotgan va
harakat holatida bo’lgan moddiy resurslar, tugallanmagan ishlab chiqarish
mahsulotlari (yarim fabrikatlar) va tayyor mahsulotlardir.
Modddiy resurslarga –
mehnat predmetlari kiradi. Ular xom ashyo, asosiy va
yordamchi materiallar, yarim fabrikatlar, komplektlashtiruvchi buyumlar,
yoqilg’i, yig’iluvchi birliklar, texnologik qurilmalar, asosiy fondlarni
ta’mirlash uchun lozim bo’lgan ehtiyot qismlar shu kabilardan iboratdir.
Material oqimlar quyidagi parametrlar bilan xarakterlanadi :
• mahsulot, yarim fabrikat va xom ashyolarning nomlari, turlari, hajmi va
miqdori;
• ularning hajmiy kattaliklari –chiziqli o’lchovlari, yuzasi, hajmi;
• og’irlik xarakteristikalari – umumiy massasi, brutto va faqat o’zining netto
og’irliklari;
• fizik-kimyoviy xossalari;
• yuk tarasining xarakteristikasi;
• omborxonada saqlash va transport vositalarida tashish sharoitlari;
• bahosi, narx-navosi va shu kabi ko’rsatkichlari.
Servis oqimi -
bu logistik tizimda tashqi va ichki iste’molchilar ehtiyojlarini
qondirish maqsadida bajarilayotgan xizmatlar oqimidir.
Dostları ilə paylaş: |