iii
Letter from the
Ministry of Public Education
Hurmatli o‘qituvchi,
Sizning ingliz tilini chet tili sifatida o‘rgatishdagi muhim rolingiz va globallashgan dunyoda o‘sib-ulg‘ayayotgan
O‘zbekiston bolalari va yoshlarining yutuqlariga qo‘shayotgan hissangiz har qachongidan ham yuqori tahsinga
sazovor.
O‘zbekistonda o‘quvchilarga XXI asrda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni
egallashga imkon beradigan ingliz tilini o‘qitishning yangi bosqichi boshlandi.
Shu maqsadda, O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim
dasturi bilan hamkorlikda Cambridge University Press tomonidan nashr etilgan bir qator darsliklarni qabul qildi va
moslashtirdi. Ushbu kitoblar ingliz tili va tillarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha o‘zbekistonlik va xalqaro ekspertlar
tomonidan sinchkovlik bilan ko‘rib chiqildi va tanlandi.
Bundan tashqari, kitoblarning ushbu nashrlari O‘zbekiston
o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun maxsus tayyorlandi.
Umid qilamizki, ushbu darsliklar turkumi siz va sizning o‘quvchilaringizga yoqadi va foydali bo‘ladi!
Dostları ilə paylaş: