Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
63
Soliqlarni undirish tartiblarining oʼzi ham soliqlarni undirishga xizmat qiluvchi qoʼshimcha qonun
va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish va soliqlarni undirish jarayonida uslubiy asos boʼluvchi va
amaliy undirish jarayonini taʼminlovchi koʼrsatkichlar (
mezonlar) tizimini yaratish hisoblanadi. Bunday
koʼrsatkichlar tizimi esa odatda soliq elementlari deb ataladi. Аmmo, soliq tamoyillarini qoʼllagan holda
soliqqa tortilishi jarayonlarini mukammal darajada izohlab bera olmaydi. Soliqqa tortish jarayonida esa
bu masalani yechishda soliq bazasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Soliq tizimini tartibga solishda hukumat turli usul va choralardan yetarlicha foydalanadi va
zaruriy harakatlarni amalga oshiradi. Jumladan soliq bazasini aniqlashning
jahonda turli metodlari
mavjud bo’lib, ular har bir mamlakatning ijtimoiy
-iqtisodiy, siyosiy holatidagi siyosatidan, qolaversa,
geografik joylashbi,
iqlimiy xususiyatlaridan, qolaversa, diniy va mentalitet
qarashlari orqali
shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: