Исследование в XXI веке апреля, 2023 г 357 Oʻzbek tilshunosligining shakllanishida professor ayub gʻulomovning



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix10.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#139160
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8
Turdiyeva Iroda (3)


часть 
1
 
«
Новости образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
апреля
, 2023
г 
362 
sintagmatik munosabati tobe aloqaga xoslangan soʻz qoʻshilmalari — qoʻshma soʻzlardan 
farqlash uchun xizmat qiladi. Lekin, shunga qaramay, juft va qoʻshma soʻzlar bir umumiy 
lugʻaviy — grammatik tizim (soʻzlar qoʻshilmasi)ning har xil ichki gomogen guruhlari 
maqomida boʻladi. Bu kichik axborotda juft soʻzlar va ularning tarkibiy qismlariaro amal 
qiluvchi mantiqiy — mazmuniy munosabatlarning ayrimlari haqida fikr yuritiladi. Juft 
soʻzlarning qismlararo biz nazarda tutgan mantiqiy-mazmuniy munosabatlardan tashqari, 
yana bir qator lugʻaviy-mazmuniy (leksik — semantik) munosabatlar ham amal qiladi. 
Ularga quyidagilar kiradi: 1) giponimiya munosabati; 2) sinonimiya; 3) antonimiya 
munosabati;4) partonimiya munosabati. Soʻz qoʻshilishi — aslida grammatik (sintaktik) 
jarayon. Juft soʻzlar ham dastlab ana shu jarayonga mansub boʻladi. Lekin ularning tarkibiy 
qismlararo grammatik xususiyatlari bora — bora kuchsizlashib, soʻnadi, oqibatda juft 
soʻzlar soʻz yasalishi va lugʻaviy sath hodisalariga aylanadi. Juft soʻzlarning qismlararo oʻziga 
xos mantiqiy — mazmuniy munosabatlar mavjud boʻladi. Bunday munosabatlarga 
kon’yuksiya va diz’yunksiya munosabatlari kiradi; geteronimiya munosabati ularga 
hamrohlik qiladi. Kon’yuksiya umumiy makonda bir vaqtda ketma — ket voqelanuvchi 
kamida ikki narsa—hodisa munosabatini bildiradi, oʻzbek tilida va,ham,hamla bogʻlovchilari 
yordamida shakllanuvchi biror tavsifdagi birliklar vositasida lisoniy tus oladi. Diz’yunksiya 
esa zidlanish xarakterida tasdiq va inkor tarzida voqelanuvchi oʻzaro muqobil narsa — 
hodisalar munosabatini bildiradi; yo, yoki,yoxud yordamchilari vositasida shakllangan 
lisoniy birliklarning paradigmatik imkoniyatlarini roʻyobga chiqaradi. Juft soʻzlarning 
kon’yuksiya tazyiqida paydo boʻlishining sababi shundaki, ular aslida teng aloqali sintaktik 
butunliklarning lugʻaviy birliklarga aylanishi — leksikalizatsiyasi tufayli paydo boʻlgan. Shu 
bois nutqda juft soʻzlarga ma’no va shaklda teng keluvchi sintaktik muqobillar faol 
ishlatiladi. Qiyoslang: ota — ona (ota va ona), katta — kichik (katta va kichik GʻGʻ katta —
yu kichik), borli — kelli (bordi va keldi GʻGʻ bordi — yu keldi). Juft soʻzlar tarkibiy qismlariga 
xos mantiqiy — mazmuniy munosabatlar ularni (juft soʻzlarni) qoʻshma soʻzlardan farqlash 
uchun xizmat qiladi. Qoʻshma soʻzlar tarkibiy qismlari aro kon’yuksiya munosabati mavjud 
boʻlmaydi. Kon’yuksiya mantiqan teng huquqli qismlar aloqasini roʻyobga chiqaradi. Juft 
soʻzlarning tarkibiy qismlarida ham mantiqiy teng huquqli narsa — hodisalar munosabati 
ifodalangan boʻladi. Kon’yuksiya va kon’yuksiya munosabati bilan bir qatorda, juft 
soʻzlarning tarkibiy qismlariaro ba’zan dizyunksiya munosabati ham mavjud boʻladi. 
Tarkibiy qismlari kon’yuksiya munosabatiga asoslangan juft soʻzlar tarkibiy qismlari 
dizyunksiya munosabatiga asoslangan juft soʻzlardan farq qiladi. Tarkibiy qismlariaro 
kon’yuksiya munosabati amal qiluvchi juft soʻzlar lugʻaviy (leksik) birliklar tavsifida boʻladi, 
tilning soʻz yasalishi sathida oʻrganiladi. Tarkibiy qismlariaro dizyunktsiya munosabati ish 
koʻruvchi juft soʻzlar lugaviy — grammatik birliklar tizimiga mansub boʻladi, tilning 
morfologik sathida oʻrganiladi. Tarkibiy qismlariaro kon’yuksiya munosabati amal qiluvchi 
juft soʻzlar lugʻviy — grammatik kategoriya (soʻz turkumlari)ning ot, sifat, fe’l va ravish 
guruhlariga mansub boʻladi (yuqorida keltirilgan misollarga e’tibor bering). Tarkibiy 


Международный научный журнал

9
(100), 
Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin